1-mavzu. Amaliyot otiladigan obektning moliyaviy holatini moliya bozoridagi faoliyati bilan bogliq holda organishAO "Ozbekiston temir yollari" ning 2023 yil 1 chorak uchun statistik malumotlari
“Oʻzbekiston Temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining yuk tashish sohasi boʻyicha 2023-yil I chorak holatini koʻrib chiqadigan boʻlsak, 2022-yil I chorak koʻrsatkichlariga qaraganda 1653.8 tonnaga oshganligini va oʻtgan yilga nisbatan 6.6 foziga oʻsganligini kuzatishimiz mumkin. Kompaniyaning yoʻlovchi tashish sohasi boʻyicha 2023-yil I chorak holatini koʻrib chiqadigan boʻlsak, 2022-yil I chorak koʻrsatkichlariga qaraganda 123.5 ming yoʻlovchiga oshganligini va oʻtgan yilga nisbatan 19.3 foziga oʻsganligini kuzatishimiz mumkin. Kompaniyaning 2023-yilgi eksplutatsiyon temir yoʻl uzunligi 2022-yilga nisbatan 6.7 km.ga kamaygan boʻlsa, elektrikatsiya yoʻli esa 4.7 km.ga oshganligini kuzatishimiz mumkin. 2-mavzu. Kompaniyaning (AJ, MChJ) joriy emitentlik faoliyati tahlili va imkoniyatlarini organish Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida toʻlanadi. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va erkin joylashtiriladi. Obligatsiyalar haqida gap ketganda, Markaziy bank obligatsiyalariga alohida toxtalib otadigan bolsak, Markaziy bank obligatsiyalari — pul-kredit siyosati instrumenti bolib, foiz stavkalarini tartibga solish va tijorat banklarida mavjud ortiqcha likvidlilikni nisbatan uzoqroq muddatga jalb etish maqsadida chiqariladi. Xalqaro amaliyotda markaziy banklar tomonidan obligatsiyalar joylashtirish keng tarqalgan. Hukumat va korporativ qimmatli qogozlardan farqli ravishda Markaziy bank obligatsiyalarining asosiy maqsadi qarz majburiyatlarini jalb qilish emas, balki bank tizimi likvidliligini boshqarish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Obligatsiyalar qisqa muddatli bank likvidliligini jalb qilishga moljallangan bolib, 1 yilgacha bolgan muddatga chiqariladi. Bunda, tijorat banklari likvidlilik boyicha ornatilgan normativlarni bajarish uchun, shu jumladan, moliyaviy bozorlar yaxshi rivojlanmagan va boshqa likvid instrumentlar yetishmagan holatda, malum miqdordagi mablaglarni bank kassasida yoki Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragida saqlab keladi. Biroq, mazkur mablaglar hech qanday daromad olib kelmaydi. Markaziy bank obligatsiyalarining muomalaga chiqarilishi esa tijorat banklari uchun yuqori likvidli aktivga ega bolish bilan bir qatorda, malum miqdorda daromad olish imkoniyatini beradi. Markaziy bank obligatsiyalari tijorat banklari uchun yetarlicha jozibador instrument hisoblanadi, chunki mazkur obligatsiyalar xatarlarsiz malum miqdordagi kafolatlangan daromad olish imkonini beradi. Obligatsiyalar, yuqori likvidlik bozor instrumenti yoki garov taminoti bolganligi uchun, tijorat banklarining kreditlash imkoniyatlarini cheklamaydi. Umuman olganda, Markaziy bank obligatsiyalari quyidagi asosiy maqsad va vazifalarni uchun xizmat qiladi: Yüklə 318,21 Kb. Dostları ilə paylaş: |