1-Mavzu: Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi. Reja



Yüklə 17,96 Kb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü17,96 Kb.
#119032
  1   2   3
1-Mavzu Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tar


1-Mavzu: Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi.
Reja:

  1. Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarni turkumlash.

  2. Asosiy vositalarni baholash.

1. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasi (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar.
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.
Xizmat muddati va qiymatidan qatiy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan, maqsadli yo’naltirilgan asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
v) ko’rpa-to’shak anjomlari;
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalьkulyatorlar, stol ustiga qo’yiladigan asboblar va boshqalar);
d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
e) tiklanishi bo’yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;
j) kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo’lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (trallar, to’rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).
Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga o’tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.
Ko’p yillik ko’chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlariga kapital qo’yilmalar har yili butun ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki operativ ijara shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0110 "Er";
0111 "Erni obodonlashtirish";
0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish";
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar";
0130 "Mashina va asbob-uskunalar";
0140 "Mebel va ofis jihozlari";
0150 "Kompьyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";
0160 "Transport vositalari";
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar";
0180 "Ko’p yillik o’simliklar";
0190 "Boshqa asosiy vositalar";
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati to’g’risidagi axborotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.




  1. Yüklə 17,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin