2-MAVZU: AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Majburiy audit to‘g‘risidagi qonun dastlab qaysi mamlakatda qabul qilingan?
A. Fransiya.
B. Germaniya.
C. Angliya.
D. AQSH.
E. Gollandiya.
2. Auditning dastlabki rivojlanish bosqichi?
A.Tizimli audit.
B.Tasdiqlovchi audit.
C.Tavakkalchilikka asoslangan audit.
D.Aralash audit.
E.Baholovchi audit.
3. O‘zbekistonda davlat hokimiyati organlari auditorlik tekshiruvlarini…
A. O‘tkazishlari mumkin.
B. O‘tkazishlari mumkin emas.
C. O‘tkazishlari mumkin, litsenziyaga ega bo‘lsa.
D. VM qarori bilan.
E. Sud qarori bilan.
4. O‘zbekistonda malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi,
mustaqil, notijorat jamoat tashkiloti?
A. Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi.
B. Auditorlar palatasi.
C. Auditorlar kongressi.
D. Buxgalterlar palatasi.
E. Moliya vazirligi.
5. Auditning xalqaro standartlari qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan?
A. Xalqaro buxgalterlar uyushmasi.
B. AQSH auditorlar kengashi.
C. Yevropa ittifoqi auditorlar uyushmasi.
D. Auditorlik amaliyoti bo‘yicha xalqaro Komitet.
E. Milliy auditorlik uyushmalari qo‘mitasi.
6. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qachon qabul qilindi?
A. 1999, 25- may.
B. 2000, 26- may.
C. 2001, 13- aprel.
D. 2021, 25- fevral.
E. 2003, 4 - avgust.
7.
Quyidagi davlatlardan qaysi birida xalqaro audit standartlari milliy standartlarni
ishlab chiqishda qo’llaniladi?
А. Braziliya
B. AQSh
С. Kanada
D. Buyuk Britaniya
8. Quyidagi tashkilotlardan qaysi biri har yili majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishi shart
emas?
A. Aksionerlik jamiyatlari.
B. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari.
C. Sug‘urta tashkilotlari.
D. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar.
E. Investitsiya fondlari.
9. Majburiy auditorlik tekshiruvining o‘tkazish muddati qanday?
A. Hisobot yilidan keyingi yilning 15 - iyungacha.
B. Hisobot yilidan keyingi yilning 1 - fevraligacha.
C. Hisobot yilidan keyingi yilning 1- apreligacha.
D. Hisobot yilidan keyingi yilning 1- martigacha.
E. Hisobot yilidan keyingi yilning 1- iyunigacha.
10.
Jahon mamlakatlarida buxgalteriya hisobi va audit tizimining qanday modellari
mavjud?
А. Britan-Amerika modeli, Kontinental model, Janubiy Amerika modeli
B. Britaniya modeli, Kontinental model, Janubiy Amerika modeli
С. Amerika modeli, Kontinental model, Janubiy Amerika modeli
D. Britaniya modeli, Kontinental model, Amerika modeli
|