1-mavzu: auditga umumiy tavsif mavzu bo‘yicha testlar


-MAVZU. AUDIT STANDARTLARI



Yüklə 438,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix15.10.2023
ölçüsü438,35 Kb.
#155764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
АУДИТ ФАНИДАН ТЕСТ

3-MAVZU. AUDIT STANDARTLARI 
 
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR 
 
1. Auditorlik tekshiruvining mamlakat qonunlariga to‘g‘ri kelish-kelmasligi auditning qaysi 
turida ko‘rib o‘tiladi? 
A. Operatsion audit. 
B. Mos keluvchanlik auditi. 
C. Moliyaviy hisobotlar auditi. 
D. Majburiy audit. 
E. Tashabbuskorlik tarzidagi audit. 
2. Auditning shakllarini aniqlang. 
A. Korxonaning tashkil topishiga qarab bo‘linishini aytish mumkin.
B. Xo‘jalik subyektlarining ish yuritish shakllariga qarab bo‘linishi. 
C. Nodavlat va davlat, aralash auditi. 
D. Nodavlat, xususiy, jamoa, aralash. 
E. Shaxsiy, nodavlat, paychilik, aksionerlik korxonalar auditi. 
3. Auditning rivojlanishiga ko‘ra audit turlarini aniqlang. 
A. Tasdiqlovchi, operatsion audit. 
B. Mos kelish yoki tizimli audit. 
C. Mos kelmaslik yoki tavakkalchilikka asoslangan auditi.
D. Operatsion yoki tizimga solingan audit. 
E. Tasdiqlovchi, mos kelish yoki kelmaslik hamda tizimli, tavakkalchilikka asoslangan 
audit. 
4. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko‘ra quyidagi qaysi 
iqtisodiy subyektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi shart emas? 
A. Aksiyadorlik jamiyatlari. 
B. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari. 
C. Sug‘urta tashkilotlari. 
D. Investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlab 
turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari. 
E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 
5. Quyidagilarning qaysilari auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlariga xos? 
A. Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish 
B. Buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo‘jalik 
faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati. 
C. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish. 
D. Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o‘tkazish. 
E. Yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri. 
6. Auditorlik tekshiruvi ko‘rsatkichlar samaradorligi va unumdorligi bo‘yicha o‘tkazilishi 
auditning qaysi turida ko‘rib o‘tiladi? 
A. Operatsion audit. 
B. Mos keluvchanlik auditi. 
C. Moliyaviy hisobotlar auditi. 
D. Majburiy audit. 
E. Tashabbuskorlik tarzidagi audit. 
7. Tasdiqlovchi auditda asosiy e’tibor nimaga qaratiladi? 
A. Hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi. 
B. Muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratiladi 
C. Sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho 
beriladi. 
D. Yuqoridagilarning barchasi.


E. B, C. 
8. Maqsadli sistemali auditning asosiy mohiyati nimada namoyon bo‘ladi? 
A. Hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi. 
B. Muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratiladi 
C. Sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho 
beriladi. 
D. Yuqoridagilarning barchasi.
E. A va B. 
9. Tavakkalchilikka asoslangan auditda asosiy e’tibor nimaga qaratiladi? 
A. Hisob registrlari va hujjatlar tekshiriladi. 
B. Muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratiladi. 
C. Sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho 
beriladi. 
D. Yuqoridagilarning barchasi.
E. A va C. 
10. Sex boshlig‘i o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarini to‘liq bajarmaganligi tekshiruv davrida 
aniqlandi. Ushbu jarayon auditning qaysi shakli orqali aniqlanadi? 
A. Operatsion audit. 
B. Mos keluvchanlik auditi. 
C. Moliyaviy hisobotlar auditi. 
D. To‘g‘ri javob mavjud emas. 
E. Yuqoridagilarning barchasi. 



Yüklə 438,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin