7-MAVZU. AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA FIRIBGARLIKNI ANIQLASH
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri?
A. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, auditorlik tashkiloti
rahbari roziligi bilan foydalanishi mumkin.
B. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, audit o‘tkazayotgan
shaxs roziligi bilan foydalanishi mumkin.
C. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, korxona rahbari roziligi
bilan foydalanishi mumkin.
D. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, korxona joylashgan
tuman hokimi roziligi bilan foydalanishi mumkin.
E. Auditorlik tashkiloti audit o‘tkazish chog‘ida ekspert xizmatidan faqat, soliq idorasi rahbari
roziligi bilan foydalanishi mumkin.
2. Ekspertiza xizmati bo‘yicha pudrat shartnomasi . . . . . .
A. Auditorlik firmasi direksiyasi bilan korxona o‘rtasida tuziladi.
B. Korxona bilan taklif qilinayotgan mutaxassis o‘rtasida tuziladi.
C. Hech qanday shartnoma tuzilmaydi.
D. Auditorlik firmasi direksiyasi bilan taklif qilinayotgan mutaxassis o‘rtasida tuziladi.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
3. Ekspertiza xizmati bo‘yicha pudrat shartnomasi bo‘yicha haq to‘lash pudrat uchun . . . . . . . . . .
A. Kartochka naryadini topshirganda amalga oshiriladi.
B. To‘lov qaydnomasi topshirilganda amalga oshiriladi.
C. Dalolatnoma topshirilganda amalga oshiriladi.
D. Nakladnoy topshirilganda amalga oshiriladi.
E. Buxgalteriya ma’lumotnomasi topshirilganda amalga oshiriladi.
4. Pudratchi aybi bilan shartnomani bajarish imkoni bo‘lmaganda buyurtmachi haqning necha
foizini to‘lash shart?
A. Haqning 50% ini to‘lashi shart.
B. Haqning 25% ini to‘lashi shart.
C. Haq to‘lamasdan buzishga haqli.
D. Haqning 100% ini to‘lashi shart.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
5. Qaysi hollarda audit o‘tkazish vaqtida ekspert ishidan foydalanish mumkin emas?
A. Ekspert-korxona rahbari bo‘lsa.
B. Ekspert-korxona kreditori bo‘lsa.
C. Ekspert bilan yaqin qarindoshlik aloqalari bo‘lsa.
D. To‘g‘ri javob berilmagan.
E. Barcha javoblar to‘g‘ri.
6. Ekspert xulosasida quyidagilarning qaysi biri aks ettiriladi?
A. Kirish, xotima.
B. Kirish, tekshirish, tushuntirish, xotima.
C. Kirish, tushuntirish, dalillar tarkibi, xotima.
D. Tekshirish, tushuntirish, dalillar tarkibi, xotima.
E. Kirish, tekshirish, xotima.
7. Izlanish jarayoni va uning natijalari bayoni ekspert xulosasining qaysi qismiga tegishli?
A. Kirish.
B. Tekshirish .
C. Dalillar tarkibi.
D. Tushuntirish.
E. Xotima.
8. Taxminlarni o‘rganish vaqtida qabul qilingan tushuntirish va asoslashlar ekspert xulosasining
qaysi qismida ko‘rsatiladi?
A. Kirish.
B. Tekshirish.
C. Dalillar tarkibi.
D. Tushuntirish.
E. Xotima.
9. Ekspert xulosasida qanday majburiy rekvizitlar bo‘lishi lozim?
A. Hujjat nomi.
B. Hujjatning sanasi.
C. Ekspertning shaxsiy imzosi.
D. A, B.
E. A, B, C.
10. Ekspert xulosasi kimga taqdim qilinadi?
A. Auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlariga qo‘shiladi.
B. Korxona rahbariga beriladi.
C. Ekspertning o‘zida qolib, u og‘zaki tushuncha beradi.
D. Soliq idorasiga taqdim etiladi.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
|