«Biologiyada o‘qitish shakllarining sistemasi», «Biologiyada o‘qitish metodlari», «Biologiyada ekologik tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiya o‘qitishning moddiy bazaviy sistemasi», «Pedagogika Oliy o‘quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik tayyorlash sistemasi» kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq
etilgan.
Maktablarda o‘kitiladigan biologiya o‘quv fanlarga qarab
«Biologiya o‘qitish metodikasi» fani «Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi», «Biologiya o‘qitish metodikasi», «Zoologiya o‘qitish metodikasi», «Odam va uning salomatligini o‘qitish metodikasi» va nihoyat «Umumiy biologiyaning o‘qitish metodikasi» kabi xususiy o‘qitish metodika fanlariga ajrat qiladi.
Biologiya o‘qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o‘quv fanlariga
oid o‘qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, prinsiplari, usullari, vositalari,
shakllari, biologiyani o‘qitish tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi.
Xususiy metodikalar esa u yoki bu o‘quv fanining mazmuni o‘quvchilarning yoshi
bilan bog‘liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar,
ekskursiyalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish, jihozlash
kabilarni diat markazida tutadi.
Biologiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika
bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o‘quvchilar tomonidan bilimlar,
ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirish qonunlarni o‘rgansa va u maktabdagi
barcha o‘quv fanlari uchun o‘qitish nazariyalarni va prinsiplarini ishlab chiqsa,
biologiya o‘qitish metodikasi biologiya bilan bog‘liq o‘qitish va tarbiyalash
mazmuni, shakllari, va metodlari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy
masalalarni ishlab chiqadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir. CHunki,
biologiyani o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan
taqdirdagina samara beradi. Masalan o‘smirlarda ya’ni V-VI sinf o‘quvchilarida
diat beqaror bo‘lgani sababli biologiya o‘qituvchisi dars jarayonida bir necha
metodlardan foydalanib, o‘quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda ularning
tafakkurini konkret ekanligini e’tiborga olib, ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq
foydalanadi. YUqori sinflarda esa o‘quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda
abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida o‘tkazqilishi
va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi.Biologiya o‘qitish metodikasi
biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari:
Biologiya, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, stitologiya, biokimyo,
embriologiya, sistematika, ekologiya, evolyustion ta’limot, antropologiya
molekulyar biologiya fan asoslarini o‘zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining
tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri
tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan
mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish,
o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin
maktab biologiya o‘quv fani bilan biologiya fani orasida muhim tafovutlar
borligini O‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik
va o‘lik tabiati to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazishi oraliq yangi bilimlarni hosil qilish
bo‘lsa, maktab biologiya o‘quv fanining maqsadi, o‘quvchilarning yoshiga mos
ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar
berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan
emas, balki fan asoslari – o‘quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar
mujassamlashgan. SHu bilan birga maktab biologiya kursi