«kichik fan» emas,
balki o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko‘mak beruvchi biologiyani
asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
Biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani sifatida
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim biologiya O‘qituvchini
tayyorlashda biologiya o‘qitish metodikasi o‘quv fani nihoyatda muhim o‘rin
tutadi. Bu o‘quv fanini o‘qitish jarayonida talabalarning biologiyani o‘qitish uchun
zarur kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Tabiiydirki, o‘quv fanida
fan to‘plagan hamma bilimlar emas, balki uning asoslari berqiladi. Ular o‘qitish
vazifalaridan, o‘quvchilarning yoshi, tayyorgarlik darajasini e’tiborga olgan holda
maxsus saralangan bilimlar majmuasidan iborat. Fandan farqli ravishda o‘quv
fanining asosiy vazifasi bilim va ma’lumot berishdir. O‘quv fani fanning ani
nusxasi emas. O‘quv fanini yaratishda fan tomonidan to‘plangan bilimlar va
tajribalar tizimini talabalarga berish ustunlik qiladi. U faqat ilmiy ma’lumotlarni
to‘plash tartibi emas, balki tushunchalarni umumlashtirish, aniqlashtirish, ilmiy
faktlarni, fikr – mulohazalarni tartibga solishdan tarkib topadi.
O‘quv fani o‘zining asosiy bilim va ma’lumot berish funksiyasidan kelib
chiqqan holda ma’lum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o‘qitish
metodikasi darsligi o‘z tuzilishi va mazmuniga ko‘ra fanga yaqinroq. U o‘z
tarkibiga ilmiy ma’lumotlardan tashqari fandagi ayrim munozarali masalalarni
echishga qaratilgan turlicha qarashlarni, xayotni topishda muvafaqiyatli yo
muvafaqiyatsiz izlanishlarni ham o‘zida ifoda qiladi. SHu bilan bir qatorda ilmiy
izlanishlar metodologiyasini, usullarini ham yaratadi. Biologiya o‘qitish
metodikasi o‘quv fani talabalarni nazariy va amaliy jihatidan tayyorlash jarayonida
faqat maktab biologiya kursining tuzqilishini bayon etish cheklanmay, umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus kasb – hunar muassasalarida biologiya bo‘yicha o‘qitishning
tashkil etishni o‘ziga xos tomonlari bilan ham tanishtiradi, biologiya o‘qitish
usullari, vositalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma malakalarni shakllantirishga
hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan minimal bilimlar majmuasini
talablar tomonidan o‘zlashtirishga imkon beradi. SHu bilan birgalikda zamonaviy
pedagogik, axborot texnologiyalarni o‘llash, biologiya o‘qitishda innovatsion
yondashish ko‘nikmalarni hosil qiladi.