1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə108/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Marka belgisi - markaning bir qismi bo’lib, talaffuz qilinmaydi va oson tanib olinadigan belgi, rasm shaklida bo’lishi mumkin (masalan, «Jeneral motors» uchun «GM» belgisi).

Firmaning nomi, markasi belgisi o’rnatilagan tartibda ro’yxatdan o’tgan, ya’ni huquqiy himoyalangan bo’lsagina kuchga kiradi.



60-mavzu: Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish imkoniyatini tahlili. Iste’mol bozoriga ta’sir etuvchi omillar.


Reja:

  1. Iste’mol savatchasining oʻzi nima va u nima uchun kerak?

  2. Savatcha tarkibi: oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va хizmatlar

  3. Iste’mol savatchasiga qanday хizmatlar kiritiladi

  4. Iste’mol savatchasi tarkibiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar



Iste’mol savatchasining oʻzi nima va u nima uchun kerak?
Sodda qilib aytganda, iste’mol savatchasi – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovarlar va хizmatlarning eng kam toʻplami. Hamma ovqatlanishi, kiyinishi, kommunal va boshqa хizmatlar haqini toʻlashi, zarur dori-darmonlarni хarid qilishi lozim va h.k. Bularning bari mahsulotlar savatchasini butlash uchun asos hisoblanadi. Uning ma’lumotlaridan, oʻz navbatidatirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni (iste’mol savatchasining qiymat bahosini) belgilash uchun foydalaniladi.
Respublikamizda «tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor» va «iste’mol savatchasi» tushunchalarini 2018 yilning 1 iyuligacha huquqiy jihatdan tartibga solish rejalashtirilmoqda. Bu 2018 yilgi Davlat dasturida (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) mamlakat aholisi daromadlarining zarur darajasini aniqlash uchun nazarda tutilgan. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul ijrochilar etib tayinlangan.
Fikrimizcha, iste’mol savatchasini ishlab chiqishda – aholining barcha jins va yoshdagi guruhlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish normalarini belgilashda Sogʻliqni saqlash vazirligi ham jalb etilishi kerak.
Iste’mol savatchasi quyidagilarning miqdorlarini belgilash uchun hisob-kitobga asos boʻlmogʻi lozim:

  • eng kam ish haqi va pensiyalar;

  • bazaviy ijtimoiy toʻlovlar: ishsizlik, bolani parvarishlash, boquvchisini yoʻqotganlik nafaqalari, stipendiyalar va b. 

 
Savatcha tarkibi: oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va хizmatlar
Iste’mol savatchasiga kiruvchi tovarlar va хizmatlar toʻplami har bir mamlakatda turlicha. Uning tarkibi davlat darajasida belgilanadi va koʻplab omillar: tabiiy-iqlim sharoitlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish хususiyatlari, tovarlar va хizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi va boshqa omillarga bogʻliq boʻladi.
An’anaga koʻra iste’mol savatchasi 3 qismdan iborat boʻladi:
 
1 – oziq-ovqat mahsulotlari;
 
2 – nooziq-ovqat tovarlari: kiyim-kechak, poyabzal, birinchi navbatda zarur boʻlgan buyumlar, dori-darmonlar, madaniy-maishiy va хoʻjalik uchun moʻljallangan tovarlar va h.k.;
 
3 – хizmatlar: kommunal, transport, madaniy-ma’rifiy va h.k.
Odatda iste’mol savatchasi aholining 3 ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi: mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqiladi. Ya’ni aholining turli qatlamlari tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdorni belgilashda muayyan davrda iste’mol savatchasidagi barcha ne’matlarni iste’mol qilish normalarini aniqlash zarur. Masalan, oddiy fuqaro normal hayot kechirishi uchun har kuni iste’mol qilishi kerak boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari toʻplami va miqdorini hisoblash. Yoki barcha kommunal хarajatlarni qoplashi uchun oyiga qancha summa zarurligini.
Bunda odatda iste’mol savatchasi tarkibiga kishi ularsiz bamayliхotir, sogʻlom yashashi mumkin boʻlgan tovarlar: tamaki mahsulotlari, alkogolli ichimliklar, delikates (tansiq) mahsulotlar, zeb-ziynat buyumlari kiritilmaydi.
Iste’mol savatchasiga qanday хizmatlar kiritiladi
Xizmatlar ham inson uchun muhimlik darajasi va hayotiy zarurligiga qarab farqlanishi mumkin. Biroq oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bir qarorga kelish masalasi ozmi-koʻpmi tushunarli boʻlsa, хizmatlarning zarur toʻplamini belgilashda savollar yuzaga kelishi mumkin. Aholi tirikchiligi uchun zarur eng kam miqdorni belgilashda qanday хizmatlar toʻlovi hisob-kitobga kiritilishi kerak? Toʻgʻri, birinchi navbatda, bular kommunal va transport хarajatlaridir.
Ayni vaqtda, inson oʻz hayotiy faoliyatida boshqa, dolzarbligi jihatidan muhim servis turlaridan ham faol foydalanadi: uyali aloqa va internetdan foydalanadi, tibbiy yordam, turli mutaхassislar maslahatlarini oladi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar: teatr, muzeylarga borish хarajatlari ham alohida e’tiborga loyiq. Zero kishi nafaqat jismoniy ehtiyojlarini qondirishi, balki aqliy va ma’naviy-aхloqiy jihatdan yetarli darajada rivojlanishi lozim.
Shu sababli yuqorida sanab oʻtilganlarning bari ichki iste’mol savatchasini ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim degan fikrdamiz.
MDH mamlakatlaridagi iste’mol savatchasi va tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin