1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə106/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Marketing strategiyasi. Marketing strategiyasi mazmunini yoritishdagi boshlang’ich nuqta bozorni segmentlash va maqsadli bozorlarni tanlab olish hisoblanadi. Har bir maqsadli segmentga, raqobatchilarning undagi o’rnini hisobga oladigan alohida marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Bunda umumiy yo’nalishlar hamda marketing kompleksi har bir tashkil etuvchisining ichki strategiyasi (tovar, baho, sotish va kommunikativ siyosat) ishlab chiqiladi. Natijalar 8.1-jadval shaklida keltirishi mumkin.

8.1-jadval.

Korxonaning marketing strategiyasi.


Mahsulot turi


Mahsulot turi bo’yicha bozorni segmentlash


Marketing turi


Hayotiylik davri bosqichi


Sotish kanallari


Marketing siyosati


Marketing harakatlari


Tovar

Baho

Sotish

Kommunikativ





















Bozorni qamrab olishning marketing strategiyasini tanlashda quyidagi uchta turidan foydalanish mumkin.





  • ommaviy marketing;

  • differentsial marketing;

  • yo’naltirilgan marketing;


Ommaviy marketing strategiyasiga amal qiluvchi korxonalar muvaffaqiyatining asosiy omillari bo’lib, mahsulot ishlab chiqarishning standartlashganligi va ommaviyligi hisoblanadi. Uni qo’llashni mahsulot butun bozorga yoki uning yirik segmenti uchun mo’ljallangan hollarda tavsiya qilinadi.

^ Differentsial marketing strategiyasi korxonada bozorning bir necha segmentlarida ular uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulot va marketing dasturi asosida faoliyat yuritishni talab qiladi. Bu o’zlashtirilayotgan har bir bozor segmentiga chuqur kirib borish orqali sotish xajmini o’sishiga imkon yaratadi.

^ Yo’naltirilgan marketing korxona faoliyatini bir yoki bir necha bozor segmentiga yo’naltirilishini talab qiladi. Buning asosiy sharti tanlangan segmentlarda albatta foyda yuqori darajada bo’lishi kerak. Bu strategiya resurslar cheklangan holatda qo’llash tavsiya qilinadi va mazmuniga ko’ra bozordagi o’z o’rnini egallash yo’nalishiga mos keladi. Undan kichik korxonalar foydalanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.


Korxonaning tovar siyosati

Tovar siyosati o’z ichiga quyidagi yo’nalishlarni oladi2:





  • assortiment siyosati;

  • yangi mahsulotni yaratish;

  • mahsulot sifati sohasidagi korxona strategiyasi;

  • dizayn strategiyasi;

  • tovarning bozor atributlari (belgilari);

  • servis xizmatini tashkil etish strategiyasi.


Assortiment siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi: tovarlar assortiment guruhlarini umumiy soni; alohida tovarlar umumiy sonini; assortimentlar guruhi doirasida har bir alohida tovarni taklif variantlari.

Tovar nomenklaturasining tuzilmasini alohida tovarlar hayotiylik davrining bosqichlari, tovarlar hayotiylik davrini uzaytirish usullari, korxonaning tovarlar strategiyasini asoslanishini tashkil etadi.

Assortiment siyosati bo’yicha ma’lumotlarni 8.2-jadval shaklida berilishi mumkin 8.2-jadval

Korxonaning assortiment siyosati.


Assortiment guruhi


Tovar turi


Modeli

Mahsulot tuzilmasi

Tovar hayotiylik davri bosqichi


Tovar hayotiylik davrini uzaytirish usuli


Tovar strategiyasi

















Korxona faoliyatining biznes-rejasini ishlab chiqishda u tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli tovarlarning hayotiylik davri bir-biriga ulanib ketishiga e’tibor berish lozim. Bu shuni bildiradiki, bir tovarga to’yinish yuzaga kelganda ikkinchi bir tovarni ishlab chiqarishga kiritish kerak bo’ladi. Aks xolda bozordagi sotish miqyoslarini oldini olish qiyin bo’ladi.


^

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin