Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat har bir ishchi va xizmatchini ma’lumotiga qarab, malakasiga qarab ish bilan ta’minlab berishni o‘z kafolatiga olmaydi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotda va ijtimoiy xayotda nomutanosiblik bo‘lmasligi uchun va har bir shaxsni mehnat qilishga haqliligi va erkin sohada shakllanishiga huquqi borligini hisobga olib maxsus moliyaviy muassasa yaratdi. Ushbu tadbirlarni hayotga tadbiq qilishni davlat bandlik fondi amalga oshiradi.
Bandlik fondining vazifasi:
iqtisodiy tizimni malakali ishchi va xizmatchilar bilan ta’minlash;
xorijiy va respublika ichidagi xo‘jalik subyektlari hamda jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari.
Ushbu manbalar ichidagi xo‘jalik subyektlari majburiy to‘lovlari asosiy moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi va jami daromadlarining qariyib 80 % ini tashkil etadi.
Shakllangan bandlik fondi quyidagi yo‘nalishda foydalaniladi:
bandlik fondini boshqaruv organini ish haqi bilan ta’minlash.
Bozor iqtisodiyoti birinchi navbatda hayotimizda, iqtisodiyotimizda barqarorlikka erishish bilan chambarchas bog‘langan. Shuning uchun ham, iqtisodiyotning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish – iqtisodiy islohotlarimizni amalga oshirishning muhim shartidir.
Umuman budjetdan tashqari fondlar iqtisodiyotni barqarorlashtirishning dastlabki belgilari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.