1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə84/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

SOLIQLARNI GURUHLANISHI


  • Soliqlar - soliqqa tortish ob’ektiga qarab to’rt guruhga bo‘linadi:

  • Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi.

  • Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‘lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulklarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.

  • 3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi.

  • 4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar. Ularga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i hamda yuridik va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.

TO‘G‘RI VA EGRI SOLIQLAR


  • To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya‘ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga yuklatish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.

  • Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligini haqiqatdan ham byudjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi.

UMUMDAVLAT SOLIQLAR HAMDA MAHALLIY SOLIQLAR VA YIG’IMLAR


  • Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga va boshqa majburiy to‘lovlarga ega bo‘lishi kerak.

  • Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma yetmasa subventsiya yoki subsidiya beriladi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo‘lib, ular byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar hisoblanadi.

  • Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy xokimiyat organlari asosan fuqarolarga yaqin bo‘lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni, jumladan, maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin