29-mavzu: Ishga qabul qilish. Personalni samarali boshqarish uchun zarur bo'lgan shaxsiy sifatlar
Reja:
Xodimlar faoliyatini boshqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlari
Personalni boshqarish tamoyillari va usullari
Xodimlar faoliyatini boshqarish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlari Kadrlar faoliyatining markaziy masalasi — uni takomil-lashtirishdir. Kadrlar ishini bozor iqtisodi sharoitida takomillashtirish muammosini asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqaylik:
Birinchi yo‘nalish — kadrlar siyosatini tubdan takomillash-tirish yo‘li — bu, boshqaruv apparati sonini qisqartirishdan iboratdir. Ushbu boshqaruv tizimi samarasizligining asosiy
sababi, u sifat jihatidan takomillashmaganligidir. Bu esa ish tizimini son jihatidan emas, balki sifat jihatidan o‘zgartirish zarurati borligidir.
Ikkinchi yo‘nalish— bu, yangi turdagi boshqaruv xizmatchisini, ya’ni yangi turdagi iqtisodiy jihatdan asosiy fikr yurituvchilarni tayyorlash, demakdir Gap shundaki, bozor
iqtisodi yangi turdagi munosabatni, ya’ni erkin tadbirkorlik munosabatini ko‘zda tutadi. Ushbu munosabatlarda rahbarlik idoralari (davlat idoralari) aralashuvi avvalgiga qaraganda ancha kam bo‘ladi. Bozor munosabatlari shakllanishida ishbilarmon odamlarning (rahbarlarning, tashkilotchilarning, mutaxassislarning) quyidagi sifatlari: jumladan,
tadbirkorlik, marketing, bank menejmenti, kichik biznesni boshqarish va hokazolar birinchi darajali rol o‘ynaydi. Bizda turli xildagi mulkni: jamoa, shirkat, pudratchi, aksiyadorlik, shaxsiy va boshqalarni bunyod etish biz nomini tilga olgan belgilarga ega bo‘lgan odamlar faoliyatidir.
Uchinchi yo‘nalish — kadrlar rezervi bilan ishlashda yangi uslublarni taraqqiy toptirish, ya’ni saylovlar o‘tkazish yo‘li orqali rahbarlik vazifalarga tayinlash.
To‘rtinchi yo‘nalish — bu, rahbarlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish. Ushbu yo‘nalishning mohiyati Boshqaruv kadrlariga shunday iqtisodiy dastaklar, ya’ni yaxshi hayotiy sharoitlar yaratish (uy-joy berish, yuqori maosh tayinlash kabi) natijasida turli xil tanlashlar amalga oshiriladi. Shu yo‘nalishga mos misol qilib, hozirgi paytda odamlarni
qishloq xo‘jaligiga kelishi, fermer xo‘jaliklariga mutaxassislarning oqib borishini
ko‘rsatish mumkin.