1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə61/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Narx shakllantirish 
Narx shakllanishining taktika va strategiyasini ishlab chiqish, tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarida turli bozorlar uchun narx matritsasini ishlab chiqish, joriy narxlarning o‘zgarish mexanizmini ishlab chiqish, raqobatchilar narxi tahlili, yangi tovarlar narxini belgilash va h.k. 
Marketing-menejment 
Marketingni boshqarishni tashkil etish, kontrolling, marketing xizmati tarkibiy qismini ishlab chiqish, marketing faoliyatidagi qarorlarni optimallashtirish, audit-marketing, marketing xizmati faoliyatining samarasini baholash. 
Marketing faoliyati funksiyasi esa keng qamrovli bo‘lib, u quyidagi 
funksiya osti vazifalarini o‘z ichiga oladi
• Tashqi muhit tahlili. 
• Ishlab chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish va firmaning ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish. 
• Bozor va iste’molchilarni o‘rganish. 
• Tovar siyosatini o‘rganish. 
• Tovar harakati va sotuvni shakllantirish. 
• Bozorda firma maqsadlari va strategiyasini asoslash. 
• Marketing faoliyatini boshqarish. 
• Marketing faoliyati vazifalari samarasini baholash. 
• Firma mahsulotlari va xizmatlarini ekologik sof va ijtimoiy-etik normalarga mos kelishini ta’minlash. 
Marketing faoliyati funksiyalarining keng qamrovligi va ulardan qaysi vaqtda foydalanish kerakligi juda ko‘p omillarga bog‘liq. 
Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, asosiy fondlar tarkibi, tashkiliy boshqaruv strukturasining takomillashganligi, moliyaviy ta’minlanganlik va hokazo. Amaliyotda marketing faoliyatining funksiyalari ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, firmaning konkret davr ichidagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab u yoki bu vazifani bajarish maqsad qilib qo‘yiladi. Korxona marketing xizmatida ko‘proq quyidagi funksiyalar bajariladi: 1-marketingni tashkil qilinganlik darajasini baholash; 2-marketingni rejalashtirish; 3-marketingni tashkil qilish; 4- sotuv; 5- reklama; 6-yangi tovarni ishlab chiqish.
Hozirgi sharoitda marketing funksiyasi tobora kengayib, uning integrallashgan, ya’ni firmaning barcha bo‘limlari bilan muvofiqlashgan funksiyasi shakllanmoqda. Buning tub ma’nosi shundan iboratki, firmadagi barcha funksiyalar asosiy maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan va bir — biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. 
Marketingning integrallashgan funksiyasi firma barcha bo‘limlari funksiyalari bilan muvofiqlashgan va firmaning samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. 


33-mavzu: Ta'minotchilarni tanlash va ular bilan ish olib borish
Reja:

  1. Turistik mahsulotning harid jarayoni 

  2. Turmahsulot haridi jarayonida ishtirok etuvchilar

  3. Turistik xizmatdan foydalanuvchilari xulq-atvorining o‘ziga xos jihatlari 




Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin