1-mavzu: Biznesga kirish Reja: Biznesga kirish yo'llari


Turistik xizmatdan foydalanuvchilari xulq-atvorining o‘ziga xos



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə64/111
tarix18.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#100237
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
1-mavzu Biznesga kirish Reja Biznesga kirish yo\'llari

Turistik xizmatdan foydalanuvchilari xulq-atvorining o‘ziga xos 
jihatlari 
Dam olishga bo’lgan munosabat asrdan asrga o’zgarib kelgan. Shunga binoan 
ish haftasi ham ahamiyatli qisqargan. XIX asrning 50-yillarida ish haftaning o’rtacha davomiyligi 70 soatni tashkil qilgan. U qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning ish vaqtidan ham ko’p bo’lgan. 1920 yilga kelib, ish haftasi 50-soatgacha qisqargan. 
O’rtacha ish kunining davomiyligi 12 soatdan 8 soatgacha qisqardi. Ish 
kunlar soni 7— kungacha kamaydi. Iste‘molchilar ijtimoiy ruhiyati muhim 
o’zgarishlarga duch keldi. O’tgan asrning 50—70-yillarida iqtisodiyot ko’proq 
ishlab chiqarishga, iste‘molchi esa ko’proq iste‘mol qilishga tayyor edi. Mehnat qilish inson hayotining asosiy tarkibiy qismi bo’lsa dam olish esa kelajakda mehnat qilish uchun kuchni qayta tiklash omili deb hisoblangan. Hozir kishilar dam olishga bo’lgan huquqni hayotning eng muhim tomoni deb qarashadi. Hayot quvonch keltirishi kerak, dam olish — bu shaxsning o’zini ko’rsatish uchun imkoniyat, ish esa hayotga munosib darajasini saqlash uchun zaruriy vositadir. Yangi iste‘molchi, ilgarigidek, ko’proq iste‘mol qilishga intiladi, lekin eng avvalo e‘tiborini dastlabki ehtiyojlarni qondirishga qaratadi. U e‘tiborini ko’proq taassurot, dunyoni bilish, rohatlanish, o’z-o’zini ko’rsatishga va kamroq darajada moddiy ne‘matlarga qaratadi. 
Ko’pgina mamlakat bozorlarida, Shu jumladan, O’zbekistonda yangi, 
quyidagi ruhiy-xulqiy xususiyatlar bilan farq qiluvchi iste‘molchilar shakllangan: 
 axborot olishning yuqori darajasi; 
 shinamlik va xizmatlar sifatiga yuqori talabchanlik; 
 mustaqillik; 
 ong ekologizmi (atrof-muhit nozikligini va uning inson bilan uzluksiz 
yagonaligini sezish); 
echimlarning o’z-o’zidan paydo bo’lishi; 
 chaqqonlik; 
 dam olishdagi jismoniy va aqliy faollik; 
 hayotda tez-tez o’zgaradigan taassurotlar olishga intilish. 
Ko’p marotaba chet elda bo’lgan va sifatli xizmat ko’rsatish haqida 
taassurotga ega bo’lgan chiniqqan, axborotga boy, talabchan, taklif etiladigan tovar va xizmatlarga tanqidiy yondashgan, chet eldagi serobgarchilikdan taltaygan, taassurot va huzur-halovatlarga intilgan turmahsulotning yangi iste‘molchisi — 
turistik bozorda ham o’zini boshqacha tutadi. 
Yuqorida aytib o’tilgan ijtimoiy ruhiyatdagi o’zgarishlar turistik xizmatlar 
bozorida iste‘molchilarning yurish-turishlariga o’z ta‘sirini o’tkazdi. G‗arb 
mamlakatlarida keyingi 30 yil ichida, O’zbekistonda esa oxirgi o’n yillikda 
turizmning gurkirab rivojlanishi sayyohlarning o’zini tutishida o’zgarishlar yuz berishiga olib keldi. 

1. Turistik sayohatlar asoslanishida dam olishning faol shakllari ta‘siri 


kuchaymoqda va segmentlash chuqurlanishi kuzatilmoqda. 
2. XX asrning 50—80-yillarida mamlakat ichidagi sayohatlar ko’p edi, faqat 
ayrim odamlar ish safari yoki asosan sobiq sotsialistik mamlakatlar hamda yaqin xorijga borish imkoniyatiga ega edilar. 90-yillardan boshlab, turistik sayohatlar 
jug‗rofiyasi o’zgara boshlab, chetga chiqish turizm yo’nalishi kuchaydi, mamlakat ichidagi turlar kamaydi. Chetga chiqish turizmi ichida «uzoq sayohatlar» segmentdagi janubiy-sharqiy Osiyo, Indoneziya, Yaponiya, Sharqiy va G‗arbiy 
Yevropa mamlakatlariga bo’lgan talab osha boshladi. Bunda chetga chiqish 
turizmning masofasi va chetda bo’lish muddati qisqarishi kuzatildi. 
3. Yangidan paydo bo’ladigan yo’nalish turistik sayohatlar soni, Shu 
jumladan, qisqa muddatli dam olishlarning ko’payib borishidir. Ayrim turistlar qisqa muddatli, ammo tez-tez bo’ladigan dam olishlar yoki bayram kunlari — 
yangi yilni kutib olish, diniy bayramlarni o’tkazish kabi sayohatlarni afzal 
ko’rishadi. Qisqa muddatli, ammo tez-tez bo’ladigan sayohatlar iste‘molchilarning 
turmarkazni tanlab olish yechimning o’z-o’zidan paydo bo’lishi, samarali, 
taassurotlarga boy dam olish talablariga javob beradi. Qisqa, lekin samarali dam olishlar asosiy ta‘tildan turmarkazda bo’lish bir kunlik harajatlari oshishi, turistlarning katta faolligi va harakatchanligi bilan farq qiladi. 
Aholi turmush tarzining o’zgarishi. Turmush tarzi — inson faoliyati, 
manfaatlari va ishonchlarida o’z ifodasini topgan, uning dunyoda yashashi 
barqaror shakllari. Turmush tarzi bu odamning harakatlari va atrof-tevarak bilan bo’lgan uzviy munosabatlarning to’liq sur‘ati. Bu ma‘lum ijtimoiy sinf yoki shaxs turiga mansub bo’lishdan ko’pdir. Insonning u yoki bu ijtimoiy sinfga mansubligi to’g‗risida bilimga ega bo’lish asosida uning taxminan o’zini tutishi xususida ma‘lum xulosa chiqarish mumkin, ammo uni yakka holda tasavvur qilib bo’lmaydi. 


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin