1-Мавзу бўйича саволлар тўплами


CDMA STANDARTI XUSUSIYATLARI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə14/41
tarix03.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#53366
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
1-Ìàâçó á¢éè÷à ñàâîëëàð ò¢ïëàìè

CDMA STANDARTI XUSUSIYATLARI 
CDMA ( ingl. Code Division Multiple Access – kodli ajratishli ko’p tomonlama ulanish ) –bu uzatish kanallari umumiy chastotalar polosasiga, lekin turli kodli modulyatsiyaga ega bo’lgan radio aloqa hisoblanadi.

Radiotizimlar uchun ikkita asosiy chastota va vaqt resurslari mavjud. Qabullagichlar va uzatkichlarni chastotalar bo’yicha juftlarga bo’linganida, har juftda butun ulanish vaqtida spektrning qismi ajralsa, bu FDMA ( Frequency Division Multiple Access ) deyiladi.Vaqt bo’yicha bo’lganida har bir qabullagich uzatgich jufligida ajratilgan vaqt bo’lagida butun spektr ( yoki uning katta qismi ) ajratilsa, bu TDMA ( Time Division Multiple Access ) deyiladi. CDMA da har bir tugun uchun butun chastotalar spektri va butun vaqt ajratiladi. CDMA bog’lanishlarini identifikatsiyalash uchun maxsus kodlardan foydalanadi. Bunday muhitni bo’lish usulida trafik kanallari yagona keng chastotali diapazonda boshqa o’xshash uzatkichlar uchun umumiy kanalda uzatiladigan shovqinga o’xshash signal bo’lgan keng polosali kodli-modulyatsiyalangan radiosignalni qo’llash orqali yaratiladi. Bir necha uzatkichlarning ishlash natijasida bu chastota diapazonida efir yagona shovqinga o’xshash bo’lib qoladi. Har bir uzatkich bu vaqtda har bir foydalanuvchiga tayinlangan alohida sonli kodni qo’llanishli signalni modulatsiyalaydi, bunga o’xshash ( analog ) kodga sozlangan umumiy radiosignallardan bu qabullagichga mo’ljallangan signal qismini ajratib oladi. Yaqqol ko’rinishda kanallarni chastotali va vaqtli ajratish yo’q, har bir abonent butun chastota diapazoniga signallarni uzatish va butun chastota diapazonidan signalni qabul qilish bilan har doim butun kanal kengligidan foydalanadi. Bunda keng polosali qabul qilish va uzatish kanallari turli chastotalar diapazonlarida bo’ladi va bir birlariga halaqit qilmaydi. Bitta kanalning chastotalar polosasi juda katta, abonentlar uzatishlari ustma-ust tushadi, lekin ularning signalni modulyatsiyalash kodlari farqlanishi sababli ular qabullagich apparatli dasturiy vositalar bilan differensiallanishi mumkin.

Kodli modulyatsiyalashda ko’p tomonlama ulanishli spektrni kengaytirish texnikasi qo’llaniladi.

U signal quvvatini o’zgarmas bo’lganida o’tkazish qobiliyatini oshirish imkoniyatini beradi. Uzatiladigan ma’lumotlar bit bo’yicha o’zaro inkor qiluvchi Yoki operatsiyasidan foydalanib tezkor shovqinga o’xshash psevdo tasodifiy signal bilan kombinatsiyalanadi.

Ko’p tomonlama ulanish tushunchasi ko’plab foydalanuvchilar orqali spektrning cheklangan oralig’ini qo’shma ishlatishni tashkil etishga bog’liq. CCC ga ko’p tomonlama kira olishning uchta chastotaviy, vaqtli va kanallarni kodli ajratishli variantlari mavjud.

CDMA usulida foydalanuvchilar katta guruhi ( masalan, 30 dan 50 gacha ) bir vaqtda umumiy nisbiy chastotalar polosasidan foydalanadi ( 1 MGs dan katta bo’lmagan). Bunday muhitni ajratish usulida trafik kanallari har bir foydalanuvchga butun chastotalar kengligi bo’yicha tarqaladigan alohida kodni tayinlash orqali yaratiladi. Bu holda vaqtli ajratish bo’lmaydi va barcha abonentlar doimo kanalning butun kengligidan foydalanadi. Abonentlarning so’zlashuvlari bir birlariga yuklanadi, lekin ularning kodlari farqlanishi sababli oson differensiallanishi mumkin. TDMA usuli kabi CDMA usuli faqat raqamli shaklda ishlatiladi.

Usulning asosiy prinsiplari fizik kanallarni kodli ajratishli bilan birga modulyatsiya hisobiga spektrni kengaytirish hisoblanadi va CDMA usulining umumiy quyidagi afzalliklarini aniqlaydi: 


  • yuqori halaqitbardoshlik; 

  • ko’p kodli tarqalishlar sharoitlariga yaxshi moslashuvchanlik

  • tizimning yuqori sig’imi. 

CDMA da signallar sathlarini rostlash, BS ga sektorli antennalarning qo’llanilishi va ,, nutqli faollik “ prinsipidan foydalanish ( stansiya faqat abonent so’zlaganida nurlantiradi, nutq pauzalarida nurlantirmaydi ), mavjud resurslar chegarasida harakatdagi aloqa kanallarining sonini o’zgartirish amalda eng kam ruxsat etiladigan signal/shovqin nisbatini ishlatilishiga, ya’ni eng katta o’tkazish qobiliyati va tizimning sig’imini olishga imkon beradi. Bu CDMA texnik o’ziga xos xususiyati usulining yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Boshqa tomondan ularning ishlatilishi yetarlicha murakkab.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin