1-Мавзу бўйича саволлар тўплами


CDMA standartida kanallarni tashkil etish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə15/41
tarix03.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#53366
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
1-Ìàâçó á¢éè÷à ñàâîëëàð ò¢ïëàìè

CDMA standartida kanallarni tashkil etish

CDMA stadartida ( IS-95, IS-96 ) BS da barcha signallarni ulanish kanallari to’g’ri kanallar ( Forward ) MS dan esa teskari kanallar ( Reverse ) deyiladi. Aynan bu belgi standartni ishlab chiqaruvchilar tomonidan kanallar tuzilmasi asosiga qo’yiladi ( 1.2-rasm ).

CDMA bazasidagi tizimlarda muhim rolni har bir BS ning uzatish rejimida uzluksiz nurlantiradigan va uning xizmat ko’rsatish sohasidagi barcha MS lar bir vaqtda qabul qiladigan pilot-signalni ( Pilot Channel ) uzatish kanali o’ynaydi. BS dagi MS ga chaquruvlarni uzatish PCH chaqiruv kanali bo’yicha, ko’p stansiyali ulanish esa ACH bo’yicha amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinxronlashtirishni o’rnatish uchun SYNC sinxrokanal ishlatiladi. CDMA da turli aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun ikki turdagi kanalardan foydalaniladi. Ulardan birinchisi asosiy ( FCH ), ikkinchisi esa qo’shimcha ( SCH ) deyiladi. Bu to’rt kanallar orqali taqdim etiladigan xizmatlar aloqani taklif etilishi sxemasiga bog’liq. Kanallar ma’lum xizmat ko’rsatish turiga moslashtirilishi va turli kadrlar o’lchamlarini ikkita tezlik qatorlarining istalgan qiymatlari RS-1 ( 1500, 2700, 4500 va 9600 bit/s ) yoki RS-2 ( 1800, 3600, 7200 va 14400 bit/s ) bilan ishlashi mumkin. Qabul qilish tezligini aniqlash va tanlash avtomatik amalga oshiriladi. 

PICH- pilot signal kanali;

SYNC- sinxrosignal kanali;

PCH- chaqiruv kanali;

ACH- ulanish klanali;

FCH- asosiy kanal;

CAPICH- pilot-signal umumiy qushimcha kanali;

DAPICH- pilot-signal ajratilgan qo’shimcha kanal;

CCCH- boshqaruv umumiy kanali;

DCCH- ajratilgan boshqaruv kanali.

DMA usulida foydalanuvchilar katta guruhi ( masalan, 30 dan 50 gacha ) bir vaqtda umumiy nisbiy chastotalar polosasidan foydalanadi ( 1 MGs dan katta bo’lmagan). Bunday muhitni ajratish usulida trafik kanallari har bir foydalanuvchga butun chastotalar kengligi bo’yicha tarqaladigan alohida kodni tayinlash orqali yaratiladi. Bu holda vaqtli ajratish bo’lmaydi va barcha abonentlar doimo kanalning butun kengligidan foydalanadi. Abonentlarning so’zlashuvlari bir birlariga yuklanadi, lekin ularning kodlari farqlanishi sababli oson differensiallanishi mumkin. TDMA usuli kabi CDMA usuli faqat raqamli shaklda ishlatiladi.

Usulning asosiy prinsiplari fizik kanallarni kodli ajratishli bilan birga modulyatsiya hisobiga spektrni kengaytirish hisoblanadi va CDMA usulining umumiy quyidagi afzalliklarini aniqlaydi: 



  • yuqori halaqitbardoshlik; 

  • ko’p kodli tarqalishlar sharoitlariga yaxshi moslashuvchanlik

  • tizimning yuqori sig’imi. 

Agar FDMA dan TDMA ga o’tish fizik kanallar soni uch martaga yarim tezlikli kodlashda esa olti martaga oshishi hisobga olinsa u holda TDMA dan CDMA ga o’tish kanallar sonini taxminan uch martaga oshirishni taminlaydi. Lekin, hisoblashlarda qabul qilingan CDMA ga xalaqitlarning kuchliroq ta’siri bo’lishi mumkin, shuningdek bir necha hollarda BS larning zichroq joylashishi zaruriyati yuzaga kelishi mumkin. Bu omillar tizim sig’imining kamayishiga olib keladi. Bu maqsadga kanallarni adaptiv taqsimlashda foydalanish, shu jumladan ierarxik tuzilmadagi sotali tarmoqlarda olib keladi. Bunday sotali tarmoqlarni qurishga nisbatan TDMA CDMA ga qaraganda afzalliklarga ega. Natijada CDMA va TDMA usullari ular ta’minlaydigan sig’im bo’yicha deyarli bir xil bo’lib qoladi.

2. Telefon tarmoqlari: struktura, lokal halqa, magistral va multiplekslash


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin