1-mavzu. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogik tamoyillar va kategoriyalar Reja


Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika



Yüklə 297,89 Kb.
səhifə3/7
tarix23.06.2023
ölçüsü297,89 Kb.
#134277
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faning nazariy asoslari

Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. Ijtimoiy psixologiya insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini ham o‘rganadi. Yosh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rgana turib va ijtimoiy tarbiya uslubiyat va psixologiyasini ishlab chiqa turib ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.


Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari
Har bir fanni shu fanning o‘rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o‘z aksini topadi.
Tushuncha — real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o‘zgaruvchanligi va ko‘p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog‘liq, ravishda o‘zgaradi.
Har qanday fanning rivojlan ishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo‘llaniladigan yanada kattaroq amaliy tushunchalardir. Hammamizga ma’lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta’lim”, “tarbiya”, “ma’lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar qo‘llaniladi. So‘nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo‘nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta’lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan.


Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari quyidagilar:





Yüklə 297,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin