1-mavzu. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogik tamoyillar va kategoriyalar Reja


Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim



Yüklə 297,89 Kb.
səhifə5/7
tarix23.06.2023
ölçüsü297,89 Kb.
#134277
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faning nazariy asoslari

Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:

  • bolalar yosh xususiyatlarini etiborga olish;

  • bolalar jinsiy o‘zgaruvchanligini etiborga olish;

  • me’yoridan chettga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini etiborga olish;

  • bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlariga tayanish;

  • bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish.

Tarbiyaning madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi

Bu prinsip tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson biologik mavjudod sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi faylasuf va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyat o‘rtasidagi chuqur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Sharq Uyg‘onish davri mutafakirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o‘z asarlarida ham to‘xtalganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyat orqali shaklanadi, har qanday madaniyat asosi, boyligi esa insondir. Madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A. Disterveg (X1X asr) tomonidan ilgari surilgan. Uning fikricha bolani tarbiyalash jarayonida uning tug‘ilgan joyi, shart-sharoiti, bir so‘z bilan aytganda, uni o‘rab turgan madaniy jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi lozim.


Butun insoniyat har bir xalq va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida turadi.
Agar bola o‘z me’yorida rivojlangan bo‘lsa, u o‘sha jamiyat madaniyatini o‘zlashtiradi, ya’ni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o‘zi ham o‘sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko‘ra bolalarning madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini oshirish talab etiladi.
Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi madaniy qadriyatlar turli jamiyatlarda farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo‘lmoqda.
Bizning davlatda shahar va qishloq aholisi o‘rtasida, shaharda turli ijtimoiy-kasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlar qadriyatlarining darajasini topish tarbiya samaradorligining shartlaridan biridir.

Yüklə 297,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin