1-mavzu. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogik tamoyillar va kategoriyalar Reja



Yüklə 297,89 Kb.
səhifə6/7
tarix23.06.2023
ölçüsü297,89 Kb.
#134277
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faning nazariy asoslari

Insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insoniylashtirish zarurati haqidagi g‘oya dastlab chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini topgan, Ma’rifatparvarlik davri (XVIII asr)dan boshlab u turli davlatlar pedagoglari ishlarida keng tarqalmoqda. Bu g‘oya XVIII asrda fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo va L. Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida; XX asrda gumanistik psixologiyada va gumanistik pedagogikada o‘z aksini topgan.
J. Piaje, K.Rodjers, V.Suxomlinskiy kabi olimlarning fikricha, insonning mohiyati faqatgina biologik va ijtimoiy jihatlardan iborat emas. U ma’naviy munosabatlar bilan to‘la. Gumanistik tarbiyaning ideali har tomonlama rivojlangan shaxsdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi faqatgina bolalarni sevish emas, ularga ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, do‘stlari va atrofdagi insonlarni sevishni o‘rgatishdan iboratdir. Insonparvarlik g‘oyasi ijtimoiy pedagog uchun juda muhim, ayniqsa, rivojlanishida cheklanishlar paydo bo‘lgan bolalar uchun bu tamoyil muhim ahamiyatga ega.

  • Insonparvarlik tamoyiliga ko‘ra: qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

  • “Mening o‘zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o‘z muammolarini o‘zi hal etishga o‘rgatish va yordam berish;

  • Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi.

Ijtimoiy pedagogikada insonparvarlashuv tamoyili pedagogning tarbiyalanuvchiga o‘z rivojlanishining mas’ul va mustaqil subyektiga nisbatan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o‘smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Nazorat savollari:

  1. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida qanday o‘ziga xoslikka ega?

  2. Tarbiyaning ijtimoiy vazifalarini sanab bering.

  3. Tarbiyav tamoyillarining mohiyati

  4. Shaxsning ijtimoiy shakllanishida jamoaviylik va tarbiyaning tugallanmaganligi tamoyillarining o‘rni qanday?

  5. Pedagogik kategoriyalar va ijtimoiy pedagogika kategoriyalarini tahlil qiling.




Yüklə 297,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin