1-mavzu: BoshIang‘ich sinflarda nomanfiy sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi. Kontsentrlar bo‘yicha nomerlashga o‘rgatish Reja


Ко'р xonali sonlarni raqamlash metodikasi



Yüklə 36,31 Kb.
səhifə2/2
tarix06.09.2023
ölçüsü36,31 Kb.
#141747
1   2
1-mavzu

Ко'р xonali sonlarni raqamlash metodikasi oldin o'tilgan mavzularni davomi sifatida davom ettiriladi. Ко'р xonali sonlarni raqamlashni (og'zaki уа yozma) o'rganish ishini bir necha bosqichga bo'lish mumkin:
1. Tayyorgarlik ishi.
Ви bosqichning vazifasi bir xonali, ikki xonali уа исh xonali sonlarni raqamlashning asosiy masalalarini takrorlash.
1) Sonlarni o'qing. 526,308, 700, 999, 1000,528. Ви sonlarning har birida hammasi bo'lib qancha o'nlik, birlik, yuzlik bor?
2) Quyidagilardan iborat sonlami yozing: 8 yuzlik, 2 o'nlik, 6 birlik; 9 yuzlik, 4 birlik.
3) Mingda nechta yuzlik, o'nlik, birlik bor?
4) 2, 5, 3 raqamlardan foydalanish mumkin bo'lgan hamma исh xonali sonlarni yozing. Shu sonlaming birini uning xona qo'shiluvchilari yig'indisi shaklida tasvirlang.
п. Raqamlashni о'rganish
Ви bosqich bolalarni l-sinf - birliklar sinfi уа П-siпf - mingliklar sinfi bilan, har bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishtirishdan iborat.
ПI. Ikkinchi sinf sonlarining hosil bо'lishi, о 'qilishi уа yozilishi bilan tanishtirish.
IV. Olti хоnаli sonlarning hosil bо'lishi, о'qilishi уа yozilishi bilаn tanishtirish.
V. О'quvchilar bilim malakalarini mustahkamlash.
VI. Millionlar sinfining hosil bо'lishi bilаn tanishtir;sh.
Ви mavzuni o'rganishda sinf tushunchasiga alohida e'tibor beriladi. Chunki bи o'quv materialini o'quvchilar tomonidan yaxshi tushunib olish ko'p xonali sonlarni og'zaki уа yozma raqamlash mиvaffaqiyatli bo'lishiga omil bo'ladi. Shuning uchun 1 sinf - birliklar sinfi уа 11 sinf - mingliklar sinfi bilan, ularning tuzulishlari bilan, har bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishtirishdan iborat. Quyi sinf xona birliklaridan yuqori sinf xona birliklari qanday hosil bo'lishini o'quvchilar ongiga yetkazish kerak.
Ko'p xonali sonlarni raqamlashga o'rganishda o'qituychining asosiy yazifasi, ya'ni sanoq birligi - minglik tushunchasini tarkib toptirish, sinf tushunchasi mohiyatini ochish vа shu asosda ko'p xonali sonlarni o'qish vа yozishga o'rgatish, bolalarning o'nlik sanoq tizimiga oid bilimlarni, natural ketma-ketlik, sonlarni yozishning mazmunan tamoyiliga oid bilimlarini aniqlash vа umumlashtirishdan iborat.
Ко'р xonali sonlarni raqamlashni o'rganish паtijаsidа o'quychilar:
1. Millionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o'zlashtirib olishlari, ulaming qanday hosil bo'lishini tushunishlari, ulaming o'nli tarkiblarini bilib olishlari kerak;
2. Sinflarning nomlarini vа har bir sinf ichida xonalarni bilishlari kerak;
3. Milionlar sinfi ichida har qanday sonni o'qiy olishlari vа yoza olishlari kerak;
4. Sonlarni taqqoslay olishlari kerak;
5. Har qanday sonni xona qo'shiluychilarining yig'indisi shaklida tasvirlay olishlari (berilgan sondagi birliklaming, o'nliklaming vah.k.);
6. Umumiy sonni" topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan vа aksincha, yirik birliklarni mayda birliklar bilan almashtira olish;
7. Sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oladigan vа nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo'lishlari kerak.
l-topshiriq. Raqamlash metodikasini o'zlashtirish jarayonida quyidagi ko'p хопаli sonlarni hosil qilinishida: 999, 9999, 99 999, ......... , ., dan foydalanib ko'p xonali sonlarni hosil qilish metodini tahlil eting.
Bu yerda xonalar birligi bo'yicha yangi sanoq birligi hosil bo'lishida, masalan, 9 + 1, hosil bo'ladi 10, bu yangi sanoq birligining hosil bo'lishidir. Asosan,
о' quychilarga qiyinchilik 1 0 000 - 1, 100 000 - 1 vа h.k.
Buning uchun quyidagi qonuniyatdan foydalanamiz:
9+1=10 10-1=9
99 + 1 = 100 100 - 1 = 99
999 + 1 = 1000 1000 - 1 = 999
9999 + 1 = 10 000 10 000 - 1 = 9999
Buni quyidagicha davom ettirish mumkin
: 9999 + I = ( 9900 + 99 ) + I = ( 99 + 1 ) + 9900 = = 100 + 9900 = 10000.
10 000 - 1 = ( 9990 + I 0 ) - 1 = 9990 + ( 10 -1 ) = = 9990 + 9 = 9999.
2-topshiriq. O'quvchilarga «Raqamlash»ni shakllantirish ob'yicha topshiriq va mashqlarni o'rganishni konsentrlari bo'yicha analogiyadan foydalanib tahlil eting.
3-topshiriq. Maktab darsligidan foydalanib quyidagilarni mustahkamlaydigan mashqlar tuzing:
a) ko'p xonali sonlar ketma-ketligini saqlaydigan natural qatomi aniqlang;
b) sonlar tarkibi va sinflar tarkibini aniqlang;
d) o'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlarning o'nli tarkibini tahlil etishga oid mashqlarni ajrating;
e) raqamlar joylashishi bo'yicha fikr yuriting.
Nazorat savollari
I. O'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlarni raqamlashni o'rganishning asosiy vazifalari qanday?
2. Bolalarni yangi sanoq birligi bilan tanishtirishga bag'ishlangan dars qismini ishlab chiqish qanday amalga oshiriladi?
3. Raqamlashning asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
4. O'qituvchining asosiy vazifalari nimada?
Yüklə 36,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin