1-mavzu: BoshIang‘ich sinflarda nomanfiy sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi.
Kontsentrlar bo‘yicha nomerlashga o‘rgatish
Reja:
«O‘nlik» mavzusida sonlarni raqamlashga tayyorgarlik davri.
«O‘nlik» mavzusida sonlarni taqqoslash.
3.«Yuzlik» mavzusida sonlarni raqamlash, tayyorgarlik davri
4. Ikkinchi o’nlik sonlarini raqamlash.
5. 21-100 ichida sonlarni raqamlash.
6.“Ming” mavzusini o’qitish metodikasi.
7. Nomerlash.
8. Og’zaki va yozma nomerlash.
Kalit so’zlar: Doiracha, kvadrat, uchburchak, nazariy, amaliy, xona birliklari, abak, ruletka, o’nlik, yuzlik, minglar.
Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo‘ladi. Bolalar bog‘chasi yoki ba’zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o‘qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo‘ladilar. Ba’zan, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo‘lmagan bolalar keladilar. Shuning uchun o‘qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o‘qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo‘lishi mumkin:
1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?
2. Doiracha, cho‘p, bayroqchalarni sanang-chi?
3. Stolda qancha qalam bo‘lsa, shuncha bayroqcha oling.
4. Qaysi doirachalar ko‘p? Qizillarimi, ko‘klarimi?
5.Тartib bilan qo‘yilgan narsalarni tartib bilan sanang.
6. 5–1, 8–2, 4–3 kabi savollar.
Тayyorgarlik davrining (6–7 mashg‘ulot) asosiy vazifasi raqamlashni o‘rganishga o‘tish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni aniqlash.
1-sinfning 1- mavzusi 1-o‘nlik sonlarini raqamlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini hosil qilish, 1–10 ta son haqidagi tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak. 10 ichida raqamlashda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1–10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat. Raqamlashni bilish natijasida o‘quvchilar quyidagilarga erishadilar:
1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini to‘la o‘zlashtirish.
2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning tartib raqamini aytib bera olishi.
3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo‘lishi (1 ni qo‘shish yoki 1 ni ayirish bilan).
4. Raqamlarni o‘qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar to‘plamini mos keltirishi.
5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.
6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo‘shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni.
7. 3+1, 5-1, 1+4 kabi yozuvlarni o‘qiy olishi va natijasini hisoblay olishi;
8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va ularni chiza olishi;
Natijada quyidagi savollarga qiynalmasdan javob bera oladigan bo‘lsin:
1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 5+1=6, 7-1=6 kabi.
2. Son qanday ataladi, u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi?
3. Berilgan son bilan qo‘shni sonlar orasida qanday munosabatlar mavjud (<,>, =)?
10 ichida sonlarni raqamlashda quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olishi kerak:
a) bи ketma-ketlikni istalgan sondan boshlab to'g'ri vа teskari tartibda aytish;
b) sanoqda berilgan sondan keyingi, berilgan ikki son orasidagi, sanoqda berilgan sondan oldingi sonni ayta olish. Sonlar qatorini erkin egallash uсhuп mayzu bo'yicha har bir darsda mazmuni bo'yicha hаm, shakli bo'yicha Ьаm xilma-xi1 bo'lgan mashqlarni bajarish zarur.
2. Predmetlarni sanash malakasini shakllantirish oldingi darslarda boshlanadi. «1 dan 10 gacha bо'lgап sonlar» mavzusining vazifasi bu malakani uzi1-kesil puxtalashdan iborat. Bunda shu narsa nazarda tutiIadiki, bolalar predmetlar sanog'ini har xil sharoitda bаjarishni o'rganib olish1ari kerak, bundа sanash obyektlari nihoyatda xilma-xil (predmetlar, harakatlar, so'zlar, bo'g'inlar, tovushlar уа h.k.) bo'lishi kerak. Predmetning tartib raqamini aniqlash malakasini egallashda bir predmetning o'zi qanday sanash tartibida bajarilganligiga qarab (savol qanday ifodalanishiga qarab) har xil tartib raqami oladigan mashqlardan foydalanish muhimdir.
Masalan: «Agar shakllar chapdan o'ngga qarab sanalsa, katta qora doira sanoq bo'yicha nechanchi bo'ladi? O'ngdan chapga qarab sanalsa-chi? Agar katta doiralarniig o'zlarinigina chapdan o'ngga qarab sanalsa-chi? O'ngdan chapga qarab sanalsa-chi?»
3.Olingan bilimlarni umumlashtirish, so'ngra ularni yangi sonlarga tatbiq qilish uchun har bir yangi sonni qarash doimo ilgari o'rganilgan sonlar qanday hosil bo'lganidek savol albatta namoyish etish bilan kuzatilishi kerak.
Yangi sonlar bllan tanishtirilgan sari bunday savollarni qo'yish уа ularga javob berishda bolalarning hissasi ortib borishi kerak. Ви xil mashqlar natijasida (agar bи xil mashqlar har bir sonni o'rganishda tizimli ravishda o'tkazib turilsa) bolalar umumаn har bir son oldingi songa 1 ni qo'shish (shunga o'xshash har bir son o'zidan keyingi sondan 1 ni ayirish) bilan hosil qilinishi mumkin, degan хиlosaga keltirilishi kerak Ви xil mashqlarni bajarishda «sonli zina» yaxshi mos keladigan il1yustrasiya hisoblanadi, «sonli zina» lar darslik sahifalarida ham (topshiriqlami har xillashtirishgina emas, balki ularni murakkablashtirish uchun ham har xil variantlarda), o'qituvchining jadvallarida ham berilishi mumkin.
4. Har bir yangi sonni o'rganishda bolalar tegishli raqam bosma уа yozma raqam bilan tanishadilar. Ular raqamlarni farq qilishni, tanish raqamlari» boshqalari ichidan ajratishni o'rganib olishlari kerak, masalan, 5 sonini o'rganishda o'qituvchi katakli taxtachaga 1, 3, 5, 6, 7, 2 raqamlarini terib qo'yadi vа bolalarga 5 гаqаmiпiЛ 2 raqamini ko'rsatishni taklif qiladi (hamma tanish raqamlarni o'qish уа ko'rsatishni taklif qi1adi уа hokazo).
10 icllida ayirishning bolalar исhnu yangi bо'lgап qiynroq hollari bilan tanishtirishning darslikda berilgan tizimi 6, 7, 8, 9, 10 sonlari tarkibini bilishi uzil-kesil puxtalash исhuп yaxshi shart sharoit yaratadi. Mayzu bo'yicha har bir darsda ish bи sonlardan har birining tarkibini yuqorida ko'rsatilgandek, takIorlashdan bosh1anib, sonlar tarkibini bilganlikni puxtalash bilап tamomlanishi kerak. Bunda o'qituychining yazifasi har bir o'quychining son tarkibini qatorasiga vа tanlab-tanlab ayta oladigan bo'lishiga erishishdan iborat. Shu maqsadda qaralayotgan har bir sonning tarkibidan iborat yig'ma jadyallardan, topshiriqlardan foydalaniladi, oxirgi xil mashqlarda berilgan son ajralishi kerak bo'lgan ikki sondan biri bo'ladi. Masalalar ustida ishlash bolalarda masala matnida berilganlarni mustaqil tahlil qilish vа аmаl tanlashni asoslab berish malakalarini tarkib toptirishga katta e'tibor beradi. Bolalarni har xil turdagi mаsalalarni, har bir masalaning uni yechishda аmаl tanlashda aks etadigan xususiyatlarini belgilashni o'rganib olish1arini nazarda tutib, qarshi qo'yish vа taqqoslash bo'yicha mashq qildirish kerak.
Santimetr bilan ishlash vа chizg'ich yordamida o'lchash dayom ettiriladi. Tegishli malaka vа ko'nikmalarni mustaqkamlash maqsadida santimetrli bo'limlarga ega chizqich yordamida kesmalami o'lchash vа taqqoslash bo'yicha amaliy ishlar bajariladi.
1. “Yuzlik” mavzusi kursining eng katta mavzularidan biri. Uni o’rganish ikkinchi sinfda boshlanib, uchinchi sinfda tegallanadi.
Ikki xonali sonlarni nomerlashni va ular ustida arifmetik amallar bajarishni quyidagi sabablarga ko’ra aloxida qilib ajratilgan.
Birinchidan, bu yerda o’quvchilarda birinchi tarkibli sanoq birligi-o’nlik to’g’risida tushuncha shakllanadi. Shuning uchn ikki xonali sonlarni og’zaki va yozma nomerlashni o’zlashtirsh istalgan ko’p xonali sonlarni nomerlashni o’rganishda zaruriy bosqich bo’lib xisoblanadi.
Ikkinchidan, o’quvchilar 100 ichida sonlar ustida arifmetik amallarni o’rganar ekanlar og’zaki hisoblashning asosiy usullarini egallaydilar va shu bilan birga ularning asosida yotuvchi arifmetik amallar xossalarini o’zlashtiradilar. (3+9=9+3, 40+16=40+(10+6)= =(40+10)+6, 14∙3=(10+4) ∙3=10∙3+4∙3 va boshq). Shunday qilib ikki xonali sonlar ustida amallarni o’rganish bolalarda nazariy bilimlar va hisoblash malakalalarini shakllantirishning ma’lum bosqichidan iboratdir.
Uchinchidan 100 ichidagi sonlar ustidagi arifmetik amalarni o’rganish jarayonida o’quvchilar qo’shish jadvali va ko’paytirish jadvalini yod oladilar.
Qo’shish va ko’paytirishning jadval hollarni puxta bilish og’zaki emas, balki yozma hisoblashlar malakasini egallash uchun bazadir. Shunday qilib “Yuzlik” mavzusida amallarni o’rganish o’quvchilarni kelgusida hisoblashning yozma usullarini qarashga tayyorlaydi.
Mazkur mavzuda quyidagi masalalar o’rganiladi: 100 ichida sonlarni nomerlash, qo’shish va ayirish, ko’paytirish va bo’lish. Arifmetik amallarni o’rganish bilan uzviy bog’lanishda sodda va tarkibli masalalarni yechishga o’rgatiladi.
2. Ikkinchi o`nlikning alohida kontsеntrga ajratib o`rganilishning sabablari quyidagicha:
1) O`quvchilar sonining o`nli tarkibi to`g’risida dastlabki tushunchaga еga bo`ladilar;bu yеrda ular birinchi marta o`nlik bilan yangi sanoq birligi sifatida tanishadilar.
2) Bir xonali butun sonlar ustida qo`shish va ayirish amallari aslida ikkinchi o`nlikda tugallanadi,chunki masalan 100ichida qo`shish va ayirish ikkinchi o`nlik kontsеntirida qo`llaniladigan usullar yordamida bajariladi:
35+23=(3 o`nl +2o`n)l+(5+8)=5o`nl +13=63, 46-28=46-(20+8),46-20=26, 26-8=26-(6+2); 26-6=20, 20-2=18.
Bu kontsеntirda o`quvchilar amallarni bajarish uchun birinchi marta sonning o`nli tarkibidan foydalaniladi.
3) qo`shish va ayirish jadvali birinchi ikkita o`nlik chеgarasida tugaydi.
Ikkinchi o`nlik sonlarini nomеrlashni o`rganishga tayyorgarlik ishi”Birinchi o`nlik” tеmasi matеrialini takrorlash chog’ida o`tkaziladi. Ana shu maqsadda narsalarni o`nlikdan o`tib sanashga doir mashqlar kiritiladi (I qatorda nеchta o`quvchi bor II qatorda-chi? Sinfda hammasi bo`lib qancha o`quvchi bor va h. k.) Bolalarning birlarni sanashdan o`tishlariga yordam bеrish uchun narsalar guruhlarini (tuflilar jufti, tugmachalar uchligi, knopkalar bеshligi va h. k.) sanashga doir bir nеchta mashq kiritish foydalidir.
Tayyorgarlik mashqlari sifatida ikkinchi o`nlik sonlarining nomini aytishdan ham foydalaniladi: sanoqda ikkidan kеyin qaysi son aytiladi, o`n ikkidan kеyinchi Bеshdan oldin, o`n bеshdan oldinchi , 3ga 1ni qo`shsak-chi nеcha hosil bo`ladi? 13ga 1ni qo`shsakchi? qaysi son 5 dan 1ta kichik va h.k. Bundan mashqlar, ularni sinfdagi ayrim o`quvchilargina yеcha olishlariga qaramay, barcha bolalarni birinchi o`nlikdan kеyin sonlar mavjud, ular ko`p va bu sonlarning kеtma-kеt kеlishiga qarab nomlanishida bolalarga tanish bo`lgan sonlar nomi bilan o`xshashlik mavjudligiga ishontiradi.
Bolalar birinchi o`nlikni o`rganish choqda taqqoslanayotgan sonlarning qaysi biri katta,qaysinisi,kichik еkanini aniqlashni o`rgangan еdilar.Birinchi o`nlik kеsmasida sonlarni taqqoslash bilan bir qatorda o`qituvchi bu bilimlarni 20 ichida tatbiq qilishga “qo`llanishi” kеrak. Bunday savollar ham bеrish mumkun:”qaysi son katta:4mi yoki 5mi? Toping-chi qaysi son katta:14mi yoki15mi?
Ikkinchi o`nlik sonlarni og`zaki nomеrlashni o`rganish o`nlik haqidagi tushunchalarni shakllantirish boshlanadi O`qituvchi cho`plarni 10tadan qilib bog’lab, birlardan qanday qilib o`nlar hosil bo`lishini ko`rsatadi.Bunday mashqlarni bolalar ham bajaradilar, so`ngra ular o`nliklarni sanaydilar, qo`shadilar va ayiradilar.Masalan:mana bu qatorda nеchta 10talik cho`plarni bog`ladilar. Stol ustiga mеndagiga qaraganda uchta ko`p o`ntalik cho`p qo`ying; quyidagi masalani yеching: 5ta o`ntalik tuxumlar sotib olindi,2 ta o`ntalik tuxumlar ishlatildi:nеchta o`ntalik tuxum qoldi Misollarni yeching: 7o`nl.-4o`nl., 5o`nl+4o`nl. va h.k. Bolalar bunday mashqlarni bajarish natijasida o`ntaliklarni (o`nlarni) oddiy birlik (bir)lar kabi sanash, qo`shish va ayirish mumkinligi to`qrisida xulosa chiqaradilar.
So`ngra birlar va o`nlarni sanash asosida 11-20 sonlarning hosil bo`lishi qaraladi va ularning nomlari tushuntiriladi.
O`qituvchi: Bu еrda 1 ta o`ntalik yoki 10 ta cho`p bor. Sanoqda 10 dan kеyin kеladigan son qanday hosil qilinadi?
O`quvchi: o`nga bir qo`shiladi.
O`qituvchi:qaranglar, o`ntalik ustiga 1 ta cho`p qo`yaman-o`n va bir bo`ladi. Cho`plar nеchta bo`ldiq
O`quvchi:hammasi bo`lib 11 ta cho`p.
O`qituvchi: O`n bir sonida nеchta o`ntalik (o`n) va nеchta bir bor?
O`quvchi: Bitta o`nlik va bitta bir.
O`qituvchi: Sanoqda 11 sonidan kеyin kеladigan sonni qanday hosil qilish mumkin
O`quvchi: O`n birga birni qo`shish kеrak.
O`qituvchi: Yana bitta cho`p qo`shamiz. Cho`plar hammasi nеchta bo`ldi?
Navbatdagi sonlar ustiga ham shunday ishlar olib boriladi, natijada bolalar ikkinchi o`nlik sonlari tarkibi bilan va sanoqda ularning kеlish tartibini o`zlashtiradilar.
Birinchi o’nlikdan o’tib yozma nomеrlash sanoqda birliklarni unli guruhlash va raqamlarning turgan urniga ko’ra qiymati printsinini qo’llashga asoslangan. Ulardan ongli foydalanish uchun sonni xona sonlariga (kushiluvchilariga) ajratishni bilish kеrak (15—bu 10 va 5 yoki 1 ta unlik va 5 ta birlik), buni esa bolalar ogzaki nomеrlashni urganishda urgangan edilar. Ikki xonali sonni raqamlar bilan bеlgilashda raqamlarning urni abak — ikki kator chuntaklari bulgan jadvallar yordamida tushuntiriladi: abakning yuqoriqatorida alohida cho’plar va o’ntaliklar uchun, pastdagi qatorda raqamlar uchun cho’ntaklar mavjud Kеyinroq, ana shu maqsadda «o’nlar» va «birlar» yozuvli xonalar jadvalidan, shuningdеk, ikkita harakatlanuvchi raqamlar qatori mavjud jadvaldan foydalaniladi (bu jadvalni 1 sinf matеmatika darsligidagi ilovadan foydalanib bolalarning o’zlari yasab olishlar mumkin)
O’qituvchi ikki xonali sonning yozilishini tushuntirishga kirishar ekan, yuqoridagi cho’ntakka cho’plarni soladi, bolalar esa birlar va o’nlar sonlarini raqamlar bilan bеlgilab, mos holda pastdagi cho’ntaklarga soladilar, va aksincha. 10 va 20 sonlar yozuvi alohida qaraladi: 1(2) raqami — sonda 1 ta (2 ta) o’nlik borligini bildiradi, 0 raqami sonda birlar yo’qligini bildiradi. Kuzatishlar natijasida bolalarning o’zlari mustaqil xulosa chiqaradilar: o’ngdan chapga tomon hisoblaganda birinchi o’ringa birlar, ikkinchi o’ringa o’nlar yoziladi. Boshlangich paytda bolalar sonlar tarkibini tahlil qilishlari va raqamning qiymati uning o’rniga bog’liqligi printsipini o’zlashtirishlarini yеngillatish uchun ularga sonlarni xonalar jadvaliga yozishga imkon bеriladi, bu jadval doskada tayyor holda chizilgan bo’lib, sonni yozishda raqamlar bir-biriga yaqin turishi kеrak va yozuv yagona son sifatida idrok etilishi kеrak. Kеyinroq, sonlar o’qituvchining yoki o’quvchining diktovkasi ostida jadvalsiz yoziladi (sonlar yozilgan kartochkalar bеriladi). Bunda xalk xo’jaligimizning yutuqlarini ifodalovchi son ma'lumotlarni, mahalliy va tarixiy matеriallarni, hayvonlarning nеcha yil hayot kеchirishi to’g’risidagi ma'lumotlarni, sport yutuqlari ko’rsatkichlari va boshqalarni tavsiya etish kеrak. Yozma nomеrlashni o’zlashtirishga sonlarni o’qish va yozish mashqlaridan tashqari raqamning o’rniga ko’ra qiymatini aniqlashga doir maxsus mashqlar imkon bеradi: quyidagi sonlar yozuvida har bir raqam nimani bildirishini tushuntiring:
12, 20, 11, 10, 19.
Bolalar cho’plarni o’nta –o’nta qilib bog’lab sanaydilar: bitta o’ntalik, ikkita o’ntalik, va hk. Ular ustida turli amallar bajaradilar (o’ntaliklarni qo’shadilar, olib qo’yadilar), boshqa miqdorda o’ntaliklar hosil qiladilar.
3.Shundan so’ng yahlit o’ntaliklarning nomlarini o’rganishga kirishadilar.
Bitta o’nlik oling. Unda nechta cho’p bor? (o’n ta ) ikkita o’nlik oling. Unda nechta cho’p bor? ( yigirmata )
Yana bitta o’nlik qo’shamiz. Hammasi bo’lib nechta o’nlik ajratdik? (uchta o’nlik). Uchinchi o’nlikni to’plamdan chiqarib olamiz, nechta alohida cho’plarni hosil qilamiz? (10). Bu cho’plarni bittalab yigirmaga qo’shamiz. Bolalar siz esa ovoz chiqarib nechta hosil bolganini aytib turinglar (21, 22…30). Demak, uchta o’nlik- bu o’ttizta birlikdir (sonni doskaga yozib, hamma jo’rligida o’qish mumkin). Keyin yana bitta o’nlik surib qo’yiladi. 40 hosil bo’ladi va h.k.
100 soni bilan tanishtirishda o’qituvchi o’nta-o’nta qilib bog’langan o’nliklarni bittalab qo’yib chiqadi, bolalar esa o’qiydilar: o’n yigirma ….. to’qson, yuz). O’qituvchi bu dastalarni birlashtirib uning ostiga yuz soni yozilgan ramka qo’yadi (yoki doskaga yuz sonini yozadi). Boalalar ko’ring, yuz soni qanday yoziladi. Bu yerda hammasi bo’lib, nechta raqam bor? ( uch) qanday sonlar (1,0,0). Bu yerda o’nta o’nlik bor (qo’li bilan ko’rsatadi), shuning uchun ham sonda 10 va o’ng tomonda nol qo’shib yozilgan.
So’ngra bolalar stollariga qo’yib chiqqan 10 ta bog’lam cho’plar (gugurt cho’plari) qarab chiqiladi, o’nta o’ntalik bitta yuzlikni hosil qilishi yana takrorlanadi (yozish mumkin: 1 yuzlik = 10 ta o’nl.) Chaproqda 9 ta bog’lam qo’yiladi (Bolalar: 9 ta bog’lam, 9 ta o’nl.-bu 90 soni), oxirgi bog’lam yechiladi va bolalar bittalab sanaydilar: 91,92…99,100 (doskada birinchi yozuv tagiga 1 yuzlik=100 birlik deb yoziladi).
Uchinchi satrda o’rtaroqda o’qituvchi 100 sonini ( kolligrafik to’g’ri qilib) yozadi va 100 soni yozuvda nollar alohida birlar va alohida o’nlar yo’qligini, 1 raqami esa sonda 1 ta yuzlik borligini ko’rsatadi.
O’nliklar va birliklardan iborat ikki xonali sonlarning hosil bo’lishini o’ntaliklar bog’lamlari va alohida birliklardan foydalanib ko’rsatish mumkin. Nechta bog’lamlar-o’ntaliklar bor? (3) Ular qanday sonni hosil qiladi? (30.) Alohida birliklar nechta (6.) 3 ta o’ntalik va 6 ta alohida birlik qanday sonni hosil qiladi? (36.) Teskari masalani qo’shishi mumkin: masalan, 18 va 81, 27 va 72 sonlari nechta bog’lamlar-o’ntaliklar va alohida birliklardan tuzilgan va h.k. Bog’lamalar – o’ntaliklar va alohida birliklar bilan bunday amaliy ishlar har qanday ikki xonali sonni o’nliklar va birliklar yig’indisi (61=60+1 va h. k) ko’rinishda tasvirlash kabi muhim amalni egallash uchun asos bo’ladi. Bu amalni erkin bajara olish o’quvchi sonlar ustida arifmetik amallarni bajarishni o’rganishda boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi.
Bu bosqichda bolalar bir xonali va ikki xonali sonlar bilan tanishadilar, ikkita raqam bilan yozilgan har qanday son (40, 32, 75, 81) – ikki xonali, uncha raqam yordamida yozilgan 100 soni-uch xonali son ekanini bilib oladilar.
Quyidagi mashqlarni bajarish bir xonali va ikki xonali sonlarning farqini yaxshi bilib olishga xizmat qiladi.
sonlar qatoridan dastlab bir xonali so’ngra ikki xonali sonlarni yozib chiqing: 2 13, 8, 17, 15, 6, 11, 10;
4 ta istalgan bir xonali son yozing va harbir sonni 10 ga ortiring; qanday sonlar hosil bo’ldi? Ularni qanday atash mumkin?
1 va 2, 7 va 3, 9 va 4 raqamlar yordamida dastlab bir xonali, so’ngra ikki xonali sonlarni yozing.
faqat bitta 7 raqamidan foydalanib, bir xonali va ikki xonali son yozing (7, 77).
Bunday mashqlarni bajarishni sonlarning o’nli tarkibini aniqlash va ularning natural qatoridagi o’rnini aniqlash bilan qo’shib olib borish foydalidir. Shu bilan bir qatorda keyingi masalalarni qarashga yo’naltirilgan maxsus mashqlar ham kiritiladi, ularni yozma ravishda bajarish sonlarni yozishning pozitsion prinsipi o’quvchilarni qo’llashga xizmat qiladi. Masalan:
Misollarni yeching: 10+7=… , 16-6=…, □+5=15, □+10=17;
Sonlar qatorida yozilmagan sonlarning o’zini yozing: 40, □, □, 43, □, □, 46, □, 48, □, □;
30, 32, 34, 36, 38 sonlarni yozing har bir son tagiga sanoqda undan keyin keladigan sonni yozng, sonlarni juft-juft qilib taqqoslang (30 va 31, 32 va 33 va h.k);
Quyidagi sonlarni o’sib boorish tartibida yozing: 8, 18, 12, 14, 20, 16, 10, 6.
Bir xonali sonlarning ostida bitta chiziqcha, ikki xonali sonlarning ostiga ikkita chiziqcha chizing.
Yuz ichida sonlarni nomerlash ustida ishlash natijasida o’quvchilar 1-100 ichida narsalarni sanashni, sonlarni o’qish va yozishni, bir xonali va ikki xonali sonlarni taqqoslashni o’rganishlari kerak.
Sonlarni 1000 ichida nomerlash va bu sonlar ustida arifmetik amallar bajarish quyidagi sabablarga ko’ra alohida ajratiladi.
Birinchidan, bu yerda sinf tushunchasi shakllantira boshlanadi:
birlar, o’nlar, yuzlar I sinfi – birlar sinfini tashkil etadi.
Keyingi sinflar (IV sinf-minglar sinfi,
V sinf- milliomlar sinfi va hakazo .
Ko’p xonali sonlarni nomerlashni o’zlashtirish haqiqiy asos bo’lishi uchun bolalar uch xonali sonlarni og’zaki va yozma nomerlashni mustahkam va ongli ravishda o’zlshtirib olishlari kerak.
Ikikinchidan “Ming”lar bo’limida hisoblashlarning og’zaki usullarini o’rganish asosan tugallanadi. Avvalgi o’qitish bosqichlari kabi hisoblash usullari arifmetik amallar nazariyasiga tayangan holda ochib beriladi (xossalar, usullar, va teskari amallarning o’zaro bog’lanishi).
Nazariy bilimlar o’quvchiarga faqat hozir uch xonali sonlar uchun qo’llaniladigan, avval o’rganilgan hisoblash usullarini izohlabgina qolmay, balki yangi hisoblash usullarini “ochishga” imkon beradi. Shunday qilib, 1000 ichida arifmetik amallarni o’rganish og’zaki hisoblash ko’nikmalarini egallash uchun, shuningdek, arifmetik amallar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish uchun zarurdir.
Uchinchidan mazkur bo’limda hisoblashlarning yozma usullari ustida ish boshlanadi. O’quvchilar qo’shish va ayirishning yozma usullari bilan tanishtiriladi, chunki sonlarning bu sohasida muhim hollarni qarab chiqish va bu amallarning yozma algoritmlarini to’liq ochish mumkin, shuningdek yozma usullarning og’zaki usullardan qo’shish va ayirishning murakkab hollariga nisbatab qo’llanilgandagi afzalligini ko’rsatish mumkin.
Tajribaning ko’rsatshicha ko’paytirish va bo’lishning yozma usullari bilan tanishishni “Ko’p xonali sonlar” bo’limini o’rganguncha qoldirgan yaxshi. 1000 ichida yozma usullarni qo’llanishning maqsadga muvofiqligini va ularning o’gzaki usullardan afzalliklarini har doim ham ko’rsatishning iloji bo’lavermaydi. Hisoblashlarning yozma usullarini o’rganishning bir joyga to’planganligi (yozma ko’paytirish va bo’lish- “Ming” bo’limida, yozma ko’paytirish va boi’lish -“Ko’p xonali sonlar bo’limida ) yozma hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
1000 ichida sonlarni nomerlshni o’rganishga tayyorgarlik ishini “Ming” bo’limiga o’tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o’zlashtirish ikki xonali sonlarning hosil bo’lishi prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanadi, shuning uchun birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak, bunda og’zaki mashqlarga quyidagicha mazmundagi 1-2 tadan topshiriq kiritish lozim:
1. Xona birliklarini taqqoslah: o’nlikda nechta bir bor? Yuzlikda nechta o’n bor? O’n soni birdan necha marta katta? Yuz soni o’ndan necha marta katta? va hokazo.
2. Ikki xonali sonlarning o’nli tarkibi: 4 o’nl. va 6 birl.; 8o’nl. 35 birlikdan iborat son ayting va hokazo.
3. 1-100 sonlarining natural ketma ketligi: 10 (20,30 va hakozo) sonidan sonidan boshlab 1 tadan (3 tadan, 5 tadan, 7 tadan, 10 tadan) qo’shing; sonlar qatorini davom ettiring . 47, 48, 49….; sonlar qatorida 9 (99) qo’shnilarini ayting, bu sonlar qanday hosil bo’ladi?
4. Birinchi yuzlik chegarasidan chiqadigan sonlarni aytish bo’yicha quyidagicha mashqlarni ham bajarish mumkin.
a)sanashni davom ettiring:66,67,……,…;70,80, 90,…,..96, 98,
b) 34 dan keyin qanday son keladi? 134 sonidan keyinchi? 234 sonidan keyin-chi? 46 sonidan oldin qanday son turadi? 146 sonidan oldinchi? 346 sonidan oldinchi? 52 soning qo’shnilarini ayting ; 152 soning qo’shnilarini, 452 sonining qo’shnilarini ayting?
Sanab o’tilgan mashqlar yuzasidan katta sonlar mavjudligini bunday sonlar ko’pligini ularning hosil bo’lishi va atalishi bolalarga tanish bo’lgan sonlarga o’xshash ekanini o’quvchilar tushunib olishlariga yordam beradi.
To’rt xonali sonlarni nomerlshni o’rganish uch xonali sonlarni nomerlash bo’yicha bilim va ko’nikmalarga tayanib olib borilishi kerak. Masalan birinchi darsda yangi sanoq birligi ming bilan tanishtirishda ishni quyidagilarni takrorlashdan boshlash kerak: 10 birlik = 1o’nl., 1 o’nlik – …yangi sanoq birligi ularni xuddi birlar kabi sanash mumkin bularning hammasini cho’tda namoyish qilish foydali, bunda 1 tadan, 10 tadan 100 tadan qo’shib va ayirib sanash va har gal tegishli sanoq birliklari sanoq cho’tining qaysi simiga qo’yilishini aniqlash lozim. Bundan 10 ta yuz mingni tashkil etishga, ming –yangi sanoq birligi bo’lib u ham birlar kabi sanalishini aytish kerak.
Bolalar bularni yaxshi tushinib olishlari uchun dastlab bu xolatni yaqqol namoyish qilishdan foydalanish kerak. Faraz qilaylik: birinchi katta bog’lam yuz-o’nta kichkina bog’lamlardan –o’nliklardan hosil bo’lsin. Bog’langan o’ntaliklardan dastlabki “yuzta” cho’pni o’qituchi bolalar oldiga bitta bog’lamga birlashtiradi, keyingi bog’lamlar yuzliklar oldindan tayyorlab qo’yilishi mumkin. O’qituvchi yuztalab sanab bitta yuztalik ikkita yuztalik va hakozalar qanday aytilishiga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi. Bu nomlarni o’qituvchidan keyin takrorlab bolalar o’qituvchining ko’rsatmasiga ko’ra ular uchun yangi bo’lgan bu son turkumlari qanday hosil bo’lishini kuzatishadi. Bolalarni birliklar, o’nliklar, yuzliklar bilan sanash asosida keltiriladigan asosiy xulosa sanoqdagi har bir o’n birlik yangi, yanada yirikroq sanoq birligini tashkil etishiga keltirishdir.
Cho’plardan tashqari, bolalar yuz ishida nomerlarni o’rganishda va amallar bajarishda qo’llana boshlagan qo’llanmadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu N.S.Popova taklif etgan. “Kvadratlar va tasmalar” qo’llanmasidir. U qalin qog’ozdan tayyorlanadi: o’nlar -har birida o’nta shunday kvadratchalar bo’lgan rasm bilan, yuzlar esa har birida o’ntadan tasma bo’lgan katta kvadratlar bilan belgilanadi.
Bundan bir necha marta katta o’lchamli shunday qo’llanmadan sinfda namoyish qilinadigan qo’llanma sifatida foydalanish mumkin. O’quvchilar u yoki bu ko’rsatmali qo’llanmalarga asoslanib, o’nta o’likni sanashadi va ularni bitta yuz bilan almashtirishadi. Keyin yuzliklar sanaladi. (1 yuz, 2 yuz, 3 yuz va h.k) Yuzliklarni qo’shish va ayirishga doir masalalar va misollar yechiladi. (300+400; 800-500 va h.k). Bu mashqlar asosida yuzlar xuddi o’nlar yoki birlar kabi hisoblanishi haqida xulosa chiqariladi. Sanash jarayonida bolalar sanoq (xona) qo’shiluvchilari orasidagi munosabatni aniqlashadi va yozishadi.
10 birlik 1 o’nni tashkil etadi.
10 o’nlik 1 yuzni tashkil etadi.
10 yuzlik 1 mingni tashkil etadi.
Bundan keyingi namoyish qilishlar uchun abakdan foydalanish mumkin, u bir o’n, yuz xonalarga mos keluvchi uchta grafaga bo’lingan jadvaldan iborat har bir grafadagi cho’ntakchalarga bog’lamlar- yuzta cho’p, bog’lamlar – o’nta cho’p va alohida cho’plar solinadi, bu istalgan uch xonali sonni hosil qilishi haqida tassavvur beradi. Keyinchalik cho’plar bog’lamlari o’rniga yuz, o’n, birni tasvirlochi kartochkalardan foydalanish mumkin va ular yordamida 1000 ichida istagan sonni hosil qilsihi mumkin. Agar bolalalarda ham shunday shaxsiy abak bor bo’lsa, u holda o’quvchilar bilan turli hil mustqail ishlar o’tkazish mumkin bu ishlar o’qituvchi vazifa qilib bergan sonlarni o’quvchilarning o’zlari tuzishiga yordam beradi.
O’quvchilar abakda uch xonali sonlarni chiqarishni o’rganishlari bilanoq 100 dan 1000 gacha bo’lgan natural sonlar qatorini to’ldirishiga kirishadi. O’qituvchi sonlar qatoridagi har bir keyingi sonni hosil qilishni bolalar bilan birga eslaydi va bu bilimlarni sonlarning yangi sohasiga ko’chiradi.
U quyidagi mashqlardan foydalanishi mumkin:
1. Men sonlarni aytaman, sizlar keyingi sonlarni aytasiz. (9, 10, 19, 30,99,100,199 va boshqalar)
2. Men sonni aytaman, sizlar esa undan keyingi keladigan uchta sonni ayting (8, 59, 98, 387, 499 va boshqalar)
3. Men sonni aytaman sizlar esa shu sonning qo’shnilarini ayting (10, 100,200,350,400 va boshqalar)
4. 798 va 805, 849 va 860 sonlari orasidagi hamma sonlarni ayting 100 bilan 200,, 300 bilan 500, 100 bilan 1000 sonlari orasida nechta son bor va hokazo.
Bolalalarning diqqatini tegishli sonlarning hosil bo’lishi hususiyatlariga qaratish, o’quvchilarni zarur umumlashtirishlariga olib kelish muhimdir, bunda ular mohiyatini tushinib olib faqat hotiraga emas balki shu bilimga tayangan holda yuzdan o’n mingacha bo’lgan sonlarni ketma ketligini va ularning aytilishini o’zlashtirib olishlar kerak.
Natural qatordagi sonlarni hosil qilishda ruletkadan foydalanish muhim ahamaiyatga ega unda bolalar birdan mingacha bo’lgan har bir sonni ( 1 sm ga teng bo’limni birlik qilib olib) aniq ko’rishadi.
Ruletka bo’lganda natural sonlar ketma ketligi tushunchasini shakllantiruvchi mashqlardan foydalanish mumkin:
Ruletkaning uzunligi 380 sm bo’lgan qismini ko’rsating. Unga (undan) 1 sm dan (10 sm dan 100 sm dan) qo’shib (ayirib) sanang.
Tasmaning uzunligi 400 sm bo’lgan qismini ko’rsating. Agar tasma 1 sm uzaytirilsa (qisqartirilsa) uning uzunligi qancha bo’ladi.
Ruletkada 489 va 500 sonlarini toping. Bu sonlarning qaysinisi katta. Qaysinisi kichik? Qancha kichik yoki katta?
700 dan bitta kam sonni ayting va ruletkada ko’rsating; bu sonlar qatorining qayerida turadi? Unga nisbatan 700 soni qanday ataladi?
Misollarni og’zaki yechin va javobini ruletkada ko’rsating? 449+1, 850-1, 300-1, 599+1
O’quvchilar bu topshiriqlarni bajarishda o’nlik va yuzlik bo’limlarni o’rganishda olingan natural sonlar ketma ketligi haqida bilimlardan foydalanishlari muhimdir. Shuning uchun bolalar o’z javoblarini avval o’zlashtirilgan xulosalarga tayangan holda asoslashlari kerak (sanoqda har bir keyingi son oldingisidan bitta ortiq; agar bir ayrilsa u holda sanoqda avvalgi deb ataluvchi sonni hosil qilamiz va hokazo). Bu holda o’quvchilarda natural sonlar qatori haqida to’g’ri tushuncha shakllanadi chunki ular 100 dan 1000 gacha bo’lgan sonlar qatori birdan yuzgacha bo’lgan sonlar qatori kabi qurilishiga ishonch hosil qiladilar.
Og’zaki nomerlashni o’rganish jarayonida o’quvchilar uch xonali sonlarning o’nli tarkibini o’zlashtirib olishlari bu sonlar yuz, o’n va birlarni sanash natijasida hosil bo’lganini tushunib olishlari kerak. Sonlarni xona sonlaridan tashkil qilish mashqlari shu maqsad uchun xizmat qiladi. (3 ta yuz 5 ta o’n 7 ta bir; 5 ta yuz 5 ta o’n; 2 ta yuz 3 ta birdan iborat sonni ayting va kvadratchalar hamda tasmachalar yordamida tasvirlang), shuningdek berilgan sonlarni xona sonlariga ajratishga teskari mashqlar ham shu maqsad uchun hizmat qiladi. (725 sonida, 420, 305 sonlarida nechta yuz o’n va bir bor)
Uch xonali sonlarning o’nli tarkibini bilish ushbu:
100+20, 100+5, 348-300, 348-40, 348-8, 100+20+5, 348-40-8, va hokazo ko’rinishidagi qo’shish va ayirishni bajarishda qo’llaniladi, bular nomerlashni o’rganishda kiritilgan edi va avval ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanib bajariladi. O’quvchilar natijanigina aytmasdan balki hisoblash usulini tushuntirishlari muhimdir. Masalan 200+5,200-bu 2 ta yuz 2 ta yuz bilan besh birlik 205 birlikni yoki 205 sonini tashkil etadi; 348-40, 348- bu 3 ta yuz 4 ta o’n 8 ta bir, agar 4 o’n ayirilsa u holda 3 yuz 8 birlik ya’ni 308 soni hosil bo’ladi.
Shunga o’xshash topshiriqlarni bajarishda bolalar sondagi u yoki bu xona birliklarining umumiy miqdorini aytishni o’rganishadi (100 hammasi bo’lib nechta? 10 lar hammasi bo’lib nechta? Alohida birlar hammasi bo’lib nechta?) Masalan, 684 sonida – yuzlar 6 ta, o’nlar 8 ta, birlar 4 ta. Agar hamma o’nlar ya’ni yuzlar ichiga kirgan o’nlar ham sanalsa, u holda bu sonda 68 ta o’n ( 6ta yuzda 60 ta o’n va 8 ta alohida o’n, jami 68 ta o’n) bo’ladi. 684 sinida birlar 684 ta (6 ta yuzda-600 ta bir, 8 ta o’nda – 80 ta bir, yana 4 ta alohida bir; hammasi bo’lib, 600+80+4= 684).
Bolalar u yoki bu sonda hammasi bo’lib nechta bir (o’n) borligini tez va hatosiz aniqlay olishlariga erishish kerak, chunki istalgan xonadagi birlarning umumiy miqdorini ajrata olish ko’nikmasi ancha kichik birliklarda ifodalangan sonlarni ancha yirik birliklarda ifodalangan sonlar bilan almashtirish uchun zarurdir (3 so’m 20 tiyin= 320 tiyin, 785 tiyin= 7 so’m 85 tiyin, 6 m 05 sm =605 sm va hakozo), shuningdek ko’paytirish va bo’lishni bajarishda kerakdir.
Og’zaki nomerlashni o’rganish jarayonida yozma nomerlashga tayyorgarlik ishi boshlanadi. Shu maqsadda ikki xonali sonlarni yozma nomerlash takrorlanadi: o’quvchilar sonlarni diktovka ostida yozishadi, ular sonlar qanday raqamlar bilan yozilganini va bu sonlardagi (67, 76, 60, 70, 100) har bir raqam nimani anglatishini tushuntirishadi; birlar o’ngdan chapga qarab hisoblanganda birinchi o’rniga ular esa ikkinchi o’rniga yozilishi haqidagi qoidani takrorlashadi.
Yozma nomerlashni o’rganishda uch xonali sonlar bolalarga oldindan tanish bo’lgan raqamlar yordamida yozilishini, lekin har bir xona birliklari esa sondagi o’zining aniq o’rnida yozilishini ko’rsatish kerak.
Namoyish qilish uchun nomerli jadvaldan va yuzliklarni (100, 200, 300….900), o’nliklarni (10, 20,….90), birliklarni (1, 2, ….9) tasvirlovchi kartonchalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har bir o’quvchida shunday kartochkalar to’plami bo’lishi kerak. Masalan o’qituvchi nomerli jadvalda 567 sonini tasvirlashni taklif etsin. Partada o’tirgan o’quvchilar ham shu sonni to’plamdan foydalanib tuzishadi. Ular 500 sonini tasvirlovchi kartochkani olishadi, uning ustiga 60 sonini tasvirlovchi kartochkani shunday qo’yishadiki, u birinchi sonning yozuvdagi ikkita 0 raqamni bekitadigan qilib, 7 raqamli kartochkani qo’yishadi. So’ngra bu son tahlildan so’ng (unda nechta yuzlik, nechta o’nlik, birlik bor; yuzliklar, o’nliklar birliklar o’ndan nechanchi o’rinda yozliladi.) daftarlariga yoziladi. 940, 309, 800 sonlarning yozuvi ham ya’ni u yoki bu xona (“xona” atamasi bolalarga aytilmaydi) birliklari bo’lmagan sonlar ham huddi shunga o’xshash qarab chiqiladi.
Bu mashqlar asosida quyidagi xulosa chiqariladi: o’ngdan chapga qarab sanaganda birliklar birinchi, o’nliklar ikkinchi, yuzliklar uchunchi o’rniga yoziladi; agar sonda o’nliklar yoki birliklar bo’lmasa, uning o’rniga nol yoziladi.
Kartochkadan foydalanish uch xonali sonlarni yozishda bolalar juda ko’p qo’yadigan xatolarning oldini olishga yordam beradi. Masalan bolalar 740 sonini 70040 tarzida yoki 3004 tarzida yozishadi. Bu hatolar o’quvchilarning sonlar yozuvda raqamlarning qiymatini yomon o’zlashtirgandan dalolat beradi. Shuning uchun ular bilan uch xonali sonlarni tasvirlash uchun nima sababdan bir kartochka ikkinchi kartochkaning ustiga qo’yilishini va buni qanday qilish kerakligini tushuntirish ayniqsa muhimdir. Bunga quyidagi ko’rinishdagi mashqlar yordam beradi: 900+90,=990, 380-80=300, 540-500=40, 400+20+3= 423, va hakozo.
O’qituvhi bolalarning nutqini juda diqqat bilan kuzatish kerak. Ularning son bilan raqamni chalkashtirib yuborishlariga yo’lq o’ymasligi kerak. Masalan 200 soni haqida gapirganda unda 20 ta o’nlik borligini unda hamasi bo’lib 200 ta birlik borligini, sondagi 0 raqami o’nliklarning ayrim birliklari yo’qligini ko’rsatishni aytish mumkin, ammo 0 raqami sonda o’nliklar umuman bildiradi deb aytib bo’lmaydi va hokazo.
Raqamlarning turgan o’rniga ko’ra qiymatiga alohida e’tibor beriladi. Masalan 666 sonida o’ngdan chapga qarab hisoblaganda birinchi 6 raqami birliklar miqdorini, ikkinchi 6 raqami o’nliklar miqdorini, uchunchi 6 raqam esa yuzliklar miqdorini anglatadi. Bolalar ayni bir raqam yordamida turli xil bir xonali ikki xonali, uch xonali sonlarni yozish mumkinligini ko’rishadi.
Bolalar masalan 3, 30, 300 ko’rinishdagi sonlardagi farq va o’xshashlikni aniqlashga o’rgatiladi. Bu yerda 3 raqami bir holda oddiy birliklarni anglatsa ikkinchi holda o’nliklar miqdorini, uchinchi holda yuzliklar miqdorini ko’rsatadi.
Taqqoslash uchun 356, 306, 350 va hakozo ko’rinishdagi sonlarni ham tavsiya qilish qiziqarlidir.
Yozma nomerlash bo’yicha bilim va o’quvchilarni o’zlashtirishga quyidagicha topshiriqlarni bajarish yordam beradi:
1) 346, 643, 364, 463 sonlarni yozuvdagi har bir raqam nimani anglatadi.
2) 586, 59, 508, 905, 556, 354 sonlaridan har birining yozuvida 5 raqami nimani bildiradi?
3) 74, 77, 737, 777, 700, 1000 sonlaridan har birining yozuvda hammasi nechta raqam va nechta har xil raqamlardan foydalanilgan.?
4) 0, 1, 5 raqamlari bilan oltita uch xonali son yozing.
5) 2 va 3 raqami yordamida iloji bo’ladigan hamma bir xonali, ikki xonali va uch xonali snlarni yozing. Yozuvda nollar qatnshgan sonlarga alohida e’tibor berish kerak. Shunday bir maxsus mashqlar berish ularni bajarishda o’quvchilar bunday sonlarning yozilishini tahlil qilishsin. Masalan:
1) quyidagi sonlarni yozing: 46 va 406, 203 va 230, 40 va 400, 100 va 1000. bu sonlar nimasi bilan o’xshash va nimasi bilan farq qilishini aniqlang.
2) sonlarni taqqoslash, nuqtalar o’rniga > yoki< belgisini qo’ying: 30 ….300, 706…76, 40…204.
3) tushib qolgan qo’shni sonlarni yozing:…, 340,…,….799,….
4) misollarni yeching: 144+1, 199+1, 250-1, 600-1
5) berilgan sonlar qatorini davom ettiring: a)295, 296, 297,…
b) 907, 906, 905…
v) 610, 620,630…
Nomerlashni o’rganishni tugallab, bolalarning mazkur bo’lim bo’yicha olgan bilimlarni sistemaga keltirish kerak. Masalan 244 sonni haqida bunday deyish mumkin: bu son ikki ta yuz 4 ta o’n va 4 ta birdan iborat, undagi o’nlar miqdori- 4 ta, hamma birliklar 244 ta bu sonni xona qo’shiluvchilarining yig’indisi ko’rinishida ifodalash mumkin, ya’ni 200+40+4; sonlar qatorida u 243 sonidan keyin va 245 sonidan oldin turadi; 244 soni uch xonali. Uni yozish uchun 3 ta raqam kerak bo’lgan turli raqamlar ikkita (2, 4).
Shunday qilib 1000 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish natijasida o’quvchilar buyumlarni bittalab qo’yishib sanash yo’li bilan ham, buyumlarni o’ntalik va yuztalik guruhlarga ajratishdan foydalanib ham sanash ko’nikmasini egallashlari kerak. Bolalar sonlarni aytishni yozishni va o’qishni o’rganishlari, bu sonlarning yuzlik, o’nlik va birliklardan hosil qilishni aniq tasavvur qilishlari kerak. Nihoyat ma’lum bilimlar doirasini o’zlashtirib olish talab qilinadi. O’nli sanoq sismavzusi haqida (xona birliklarining nomi ularning nisbati sonlarning o’nli tarkibi son xona qo’shiluvchilari yig’indisi sifatida sondagi istagan xona birliklarining umumiy miqdori) sonlarni yozishning pozitsion prinsipi haqida (uch xonali sonlarni yozish qoidasi sonlarni yozishda nolning ahamiyati); sonlarning natural ketma-ketligi haqida (sonlarning natural qatorida tashkil etilishi joylashish tartibi ketma-ket sonlarning miqdoriy munosabati).
Va nihoyat bolalar uch xonali sonlar qatoridagi eng kichik va eng katta sonni o’zlashtirib olishlari kerak.
Buni yaqqol bunday tasvirlash mumkin:
1, 2, 3, 4, 5, 6 ,7, 8, 9,
100,101, 102,…,997, 998, 999.
1000 soni to’rt xonali son bunda 1 mingliklar birligini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |