1-Mavzu. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. Mavzu rejasi


-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 268,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix05.12.2023
ölçüsü268,43 Kb.
#172516
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-mavzu

9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur 
bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. 
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: 
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); 
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); 
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). 
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga 
to‘ladigan yilda qabul qilinadi. 
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish 
uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini 
shakllantirishga qaratilgan.Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim 
oluvchilarga bilim, malak va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda 
mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. 
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar 
bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional 
tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi. 


O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, 
malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi 
tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini 
ta’minlaydi. 
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim 
oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi 
qonunchilikda belgilanadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, 
majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi. 
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim 
asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual 
qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-
xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘lov-
shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, 
ijod va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil 
etilishi mumkin. 
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, 
shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan 
ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv 
shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar 
soni o‘ttiz besh nafardan oshmasligi kerak. 

Yüklə 268,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin