1-Mavzu. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari. Mavzu rejasi



Yüklə 268,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix05.12.2023
ölçüsü268,43 Kb.
#172516
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-mavzu

10-modda. Professional ta’lim 
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi 
darajalarni o‘z ichiga oladi: 
boshlang‘ich professional ta’lim; 
o‘rta professional ta’lim; 
o‘rta maxsus professional ta’lim. 
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari 
negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va 
mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga 
oshiriladi. 
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma 
asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 
davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari 
bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim 
negizida amalga oshiriladi. 


O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, 
boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi 
yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan 
kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi 
ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz 
yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar 
ham o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega. 
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi 
tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi. 
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni 
olish huquqiga ega. 
11-modda. Oliy ta’lim 
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 
bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. 
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, 
akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir 
yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus 
ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik 
boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga 
kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch 
yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga 
ega. 
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. 
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, 
malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan 
tayanch oliy ta’limdi.Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik 
bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. 
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi 
organi tomonidan belgilanadi.Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan 
keyingi oliy ma’lumotni olish huquqiga ega. 

Yüklə 268,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin