1-mavzu. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, obyekti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 27,19 Kb.
səhifə2/8
tarix13.12.2023
ölçüsü27,19 Kb.
#176573
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu ma peredmeti

Pedagogika

Pedagogika

(yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.

– ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan sohasi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.



Didaktika

Tarbiya nazariyasi

(ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.



– pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.



Boshlang‘ich ta’lim pedagogika fanining obyekti – yaxlit pedagogik jarayon.


Boshlang‘ich ta’lim pedagogika fanining predmeti – ta’lim -tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:


Yüklə 27,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin