1-mavzu. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, obyekti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 27,19 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2023
ölçüsü27,19 Kb.
#176573
1   2   3   4   5   6   7   8
1 mavzu ma peredmeti

Pedagogik innovatika – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadigan, shuningdek pedagogik an’analar bilan istiqboldagi ta’lim loyihalarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydigan fan.
Pеdаgоgik аksiоlоgiya ta’lim oluvchi vа tа’limni qаdriyat dеb e’tirоf etgаn hоldа, tа’limiy qаdriyatlаrni o‘rganish hаmdа tа’lim-tarbiyagа аksiоlоgik yondаshuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pеdаgоgik bilimlаr sоhаsidir.
Neyropedagogika – bu bosh miya (o‘ng va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar to‘g‘risidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni ta’lim -tarbiya jarayonida qo‘llay olish haqidagi amaliy fan sohasi.
Muzey pedagogikasipedagogika, psixologiya va muzeyshunoslikning o‘zaro uyg‘unligi natijasida shakllangan fan sohasi bo‘lib, muzey muhitida ta’lim -tarbiya berish yo‘llarini tadqiq etadi. Muzeydagi mazkur ma’rifiy yo‘nalish bilan shug‘yllanadigan xodim muzey pedagogi deb ataladi.
Pedagogik antropologiya – falsafiy, ijtimoiy, psixologik antropologiya qonuniyatlariga asoslangan holda ta’lim oluvchi uchun qulay va individual shart-sharoitlarni yaratish hamda ta’limning antropologik modeli va taexnologiyasini o‘rganuvchi fan sohasi.
Pedagogik akmeologiya – barcha yosh davrlari psixologiyasi bilan bog‘liqlikda jadal rivojlanayotgan shaxsnig yetuk rivojlanish cho‘qqisi – «akme shaxs» darajasiga yetkazish qonuniyatlari, texnika va texnologiyasini tadqiq etadi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani metodologiyasini aniq belgilab olish zarur. Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodologik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni samarli tashkil etish va o‘tkazish mumkin emasligini uqtiradi.
Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani metodologiyasiga, uning predmetiga nisbatan turlicha yondashuvlar vujudga kelmoqdaki, ularning mohiyatini qisqacha tushuntirishga harakat qilamiz.
Metodologiya alohida fan sifatida ikkita funksiyani bajaradi: deskriptiv (ifodalovchi) va perskriptiv (me’yorlovchi). Birinchisi – obyektni nazariy jihatdan ifodalashni ko‘zlasa, keyingisi – tadqiqotchi uchun aniq mo‘ljal olishga shart-sharoit yaratadi. Bu ikki vazifaning mavjudligi pedagogika metodologiyasini ham ikki guruhga ajratishni taqozo etadi – nazariy va me’yoriy.
Pedagogikaning nazariy metodologiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin: «metodologiya» tushunchasi ta’rifi; fan metodologiyasining umumiy tavsifi, uning darajalari; metodologik bilimlar va faoliyat tizim sifatida; pedagogika sohasidagi tadqiqiy faoliyatni metodologik ta’minlash manbalari; pedagogik tadqiqot obyekti va predmetining metodologik tahlili.
Me’yoriy asos quyidagi savollar doirasini qamrab oladi:
pedagogikani obyektiv borliqni ma’naviy jihatdan o‘zgartirishning boshqa shaklidan farqli tomonlarini ilmiy asoslash;
pedagogika sohasidagi ishlarni fanning fundamental asoslariga muvofiqligini aniqlash;
maqsadning aniqligi; maxsus tadqiqot obyektini ajratish; maxsus bilish metodlari va vositalarini qo‘llash; atamalarning bir xil qo‘llanilishi;
pedagogik tadqiqotlarni tizimlashtirish;
tadqiqot asosnomasi: muammo, mavzu, uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari, farazi, himoya qilinadigan holatlar, ilmiy yangiligi, ilmiy-amaliy ahamiyati;
pedagogik tadqiqotning tarkibi va mantiqiy ketma-ketligi;
pedagogik fanlar tizimi, ularning o‘zaro aloqasi.
Tadqiqot muammosi bo‘yicha qabul qilingan direktiv va me’yoriy hujjatlar ham bevosita metodologiyaning me’yoriy asosini tashkil etadi.
Falsafiy nuqtai nazardan metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish prinsiplari va usullari tizimi, shuningdek, bu tizim haqidagi ta’lim ot (nazariya) sifatida qabul qilinadi. Aniqrog‘i, metodologiya predmeti – faoliyatni tashkil etish haqidagi nazariya demakdir.

Yüklə 27,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin