munosabatlariga faqat iqtisodchilar va moliyachilar hamda boshqa iqtisodiy soha
mutaxassislarigina qayta o’rganishi va moslashishi zarur bo’ladi.
Amalda esa mulkchilik
shaklining o’zgarishi, bozor munosabatlari, raqobat, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy
mustaqilligi ko’p jihatdan barcha boshqaruv tuzilmalari va xizmatlarining (texnik, texnologik,
tashkiliy va iqtisodiy) yangi iqtisodiy talablar va xo’jalik yuritish qoidalariga rioya qilishini talab
qiladi. Shu sababli bozor munosabatlari sharoitlarida
yaxshi muxandis, texnolog yoki energetik
bo’lishning o’zigina yetarli emas bo’lib, bu haqda avvalgi Mavzuda ham to’xtalib o’tilgan.
G’arb mamlakatlaridagi ko’plab firmalar «Firma unga foyda keltirmaydigan mutaxassislarni
ushlab turmaydi» degan shiorga amal qiladi. Firmaga foyda keltirish uchun bozor konyunkturasida
to’g’ri yo’nalishni tanlash, bozordagi o’z o’rnini to’g’ri va aniq belgilay olish, darhol olinadigan
foydani emas, balki uzoq istiqboldagi rivojlanishni ko’ra bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
va shu kabi vazifalar zaminida bashorat qilish va uning yakunlovchi qismi bo’lgan rejalashtirish
yotadi. U korxona maqsadlarini shakllantirish, unga erishishning vosita va usullarini aniqlash
jarayonidan iboratdir. Rejalashtirishning
natijasi - reja, hatti harakatlarning motivlashtirilgan
modeli bo’lib, u iqtisodiy muhit va qo’yilgan maqsadlarni bashorat qilish asosida yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: