ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
78
BOZOR IQTISODI SHAROITIDA REJALASHTIRISH VA BASHORAT
QILISHNING AHAMIYATI
Olimov Shohijahon Fozilxon oʼgʼli
Namangan davlat universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot yoʼnalishi 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8205337
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotiga o’tib borayotgan Yangi O’zbekistonda
rejalashtirish va to’g’ri bashorat qilish ahamiyati o’rganilgan.
Kalit so’zlar:
Bozor iqtisodiyoti, rejalashtirish, firma, korxona, resurslar.
Kirish.
Bozor munosabatlariga o’tish kadrlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo’nalishdagi mutaxassislarga,
ularni tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanishga bo’lgan talablarning o’zgarishiga olib
keldi.
Gap bu erda notanish atama, tushuncha va toifalarning paydo bo’lishida emas, balki
iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida yangicha iqtisodiy fikrlash mafkurasini
shakllantirish haqida ham boradi.
Asosiy qism.
Biz istaymizmi, yo’qmi, lekin olgan bilimlarimiz (oliy o’quv
yurtlari, kasb-hunar kollejlari,
malaka oshirish tizimlarida) va amaliy faoliyatimiz bugungi kunda tubdan yangilashni talab
qilishini tan olishga majburmiz. Bu birinchi navbatda texnika va texnologiyalarga emas, balki
ishlab chiqarishning
iqtisodiy asoslari, biznes va tadbirkorlik, ya’ni butun ishlab chiqarish
munosabatlari majmuiga taalluqlidir.
Ko’pchilik bundan noto’g’ri
xulosa chiqaradi, ya’ni ularning fikricha, bozor munosabatlariga
faqat iqtisodchilar va moliyachilar hamda boshqa iqtisodiy soha
mutaxassislarigina qayta
o’rganishi va moslashishi zarur bo’ladi. Amalda esa mulkchilik shaklining o’zgarishi, bozor
munosabatlari, raqobat, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy mustaqilligi ko’p jihatdan
barcha boshqaruv tuzilmalari va xizmatlarining (texnik,
texnologik, tashkiliy va iqtisodiy)
yangi iqtisodiy talablar va xo’jalik yuritish qoidalariga rioya qilishini talab qiladi. Shu sababli
bozor munosabatlari sharoitlarida yaxshi muxandis, texnolog yoki energetik bo’lishning
o’zigina etarli emas bo’lib, bu haqda avvalgi bobda ham to’xtalib o’tilgan.
G’arb mamlakatlaridagi ko’plab firmalar «Firma unga foyda keltirmaydigan mutaxassislarni
ushlab turmaydi» degan shiorga amal qiladi. Firmaga
foyda keltirish uchun bozor
kon’yunkturasida to’g’ri yo’nalishni tanlash, bozordagi o’z o’rnini to’g’ri va aniq belgilay olish,
darhol olinadigan foydani emas, balki uzoq istiqboldagi rivojlanishni ko’ra bilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu va shu kabi vazifalar zaminida bashorat qilish va uning yakunlovchi
qismi bo’lgan rejalashtirish yotadi. U korxona maqsadlarini shakllantirish, unga erishishning
vosita va usullarini aniqlash jarayonidan iboratdir. Rejalashtirishning
natijasi - reja, hatti
harakatlarning motivlashtirilgan modeli bo’lib, u iqtisodiy muhit va qo’yilgan maqsadlarni
bashorat qilish asosida yaratiladi.
Bashorat qilish – korxona, tarmoq va sohalar miqyosida hamda
butun mamlakat miqyosida
iqtisodiyot holatini ilmiy asosagan holda oldindan ko’ra bilishdir. Bashorat qilish shuningdek,
iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo’llari, usullari va muddatlarini
tanlash yoki muhokama qilishni ham anglatadi.