Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilishning ahamiyati



Yüklə 88,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü88,68 Kb.
#191920
1   2   3   4   5   6   7   8
ilm-fan 1819

 
 
1-rasm. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibi.
Biznes qanchalik yirik, ko’rsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ish va ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot hajmi qanchalik keng bo’lsa, korxona hajmi va yo’nalishiga mos ravishda 


ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
81 
rejalashtirish jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar doirasi shunchalik kengayadi. 
Biroq har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi savollarga javob bera olishi lozim: 

birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish; 

ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida amalga oshirish 
lozim; 

uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u iste’molchilik talabiga 
ega bo’ladimi; 

to’rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari va 
boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi; 

beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul tushumlari 
ta’minlanadimi. 
Ushbu savollarga javob topa olmasa rejalashtirish oddiy rasmiyatchilikka aylanib, 
asoslanmagan xarakterga ega bo’ladi, ishlab chiqarishning kelgusi rivojlanishi izdan chiqib, 
korxonaning o’zi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va iqtisodiy barqarorlikni yo’qotadi. 
Shuning uchun ham rejalashtirish yoki rejani ishlab chiqishga kirishishdan oldin iqtisodiy 
tahlil o’tkazish muhim bo’lib, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 

rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi; 

ushbu ko’rsatkichlar o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlash

mahsulot chiqarish va sotishni ko’paytirish uchun ichki ishlab chiqarish zaxiralarini 
aniqlash; 

aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 
Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash bilan odatda 
korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, mehnat bo’limi, ish 
haqi bo’limi va hokazo) shug’ullanadigan bo’lsa, ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanishga 
texnik, texnologik va boshqa bo’lim va xizmatlar jalb qilinishi mumkin. Boshqacha qilib 
aytganda korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishi va uning iqtisodiy barqarorligini 
ta’minlash butun korxona jamoasining vazifasidir. 
Mazkur yondashuv ayniqsa hozirgi kunda, ko’plab korxonalar xususiylashtirish va davlat 
tasarrufidan chiqarish natijasida aktsiyadorlik shakliga o’tayotgan sharoitlarda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Afsuski, amaliyotda xodimlar orasida ko’pincha «rahbariyat hamma 
narsani ko’proq biladi» tamoyili keng tarqalgan bo’lib, buning natijasida korxona 
rivojlanishiga oid bir qator masalalar, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va 
ulardan foydalanish vazifasi korxona rahbariyati zimmasiga yuklab qo’yiladi. Ishga bu qadar 
yondashiladigan bo’lsa, jiddiy va uzoq muddatli muvaffaqiyatdan umid qilish mumkin emas. 
To’g’ri, jamoa korxona hayotida, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan 
foydalanishda ishtirok etishi uchun korxona rahbarining o’zi va bo’lim boshliqlari demokratik 
bo’lishi, byurokratiya va avtoritarizm xislatlaridan xoli bo’lishi, qabul qilinayotgan qarorlarda 
oshkorlaikni namoyon qilishi hamda oddiy xodimlarning talab va takliflariga etarlicha e’tibor 
bilan qarashlari lozim. Boshqaruvning aynan shu usuli bugungi kunda xorijdagi ko’plab 
korxona va firmalarda keng qo’llanmoqda. 
Rejalashtirish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Bu holat uni ma’lum bir darajada 
bashorat qilishga o’xshash qilib qo’yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli ravishda bashorat qilish 
jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy 
xarakterga ega bo’ladi. Unda odatda kelgusida turli hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, 



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin