Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilishning ahamiyati



Yüklə 88,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü88,68 Kb.
#191920
1   2   3   4   5   6   7   8
ilm-fan 1819

 
 
 
2-rasm. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli 
Norma va normativlar o’lchash va limitlash funktsiyalaridan (xarajatlarning yuqori yoki quyi 
chegarasi, qo’llash, iste’mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va rag’batlantirish 
funktsiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, 
xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas’uliyat chegaralarini belgilash 


ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
84 
va uni faoliyat natijalar bo’yicha o’zgartirish, erishilgan natijalarni obyektiv baholash uchun 
asos hisoblanadi. 
Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi: 

mehnat sarfi normasi; 

moddiy xarajatlar normasi; 

vaqt normasi (asosiy, qo’shimcha va hokazo); 

mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi

ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari; 

atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari; 

kapital qo’yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi

loyihadagi quvvatlarni o’zlashtirish normasi; 

aylanma vositalar (mablag’lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va hokazolar. 
Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-iqtisodiy va 
tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o’tishi yoki sharoitlarning o’zgarishi bilan, shuningdek, fan-
texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud norma va normativlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin. 
Ularni qayta ko’rib chiqishda ilg’or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi 
lozim. 
Norma va normativlar qo’llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko’ra farqlanadi. 
Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra quyidagilarga taqsimlanadi: 

davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar

umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o’zida ishlab chiqilgan va qo’llanuvchi 
normativlar; 

tsex normativlari; 

predmetli, detalli va operatsion normativlar. 
Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy 
resurslarga taqsimlanadi. 
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang’ich 
nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chiqarilayotgan har bir mahsulot 
tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi. 
Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini 
olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta’minlash, uchinchidan 
chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish
to’rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish, 
beshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar 
to’plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi. 
Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora yoki bo’lim 
tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, texnika va 
texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar, professional (malakali) normativ 
guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma 
va normativlar hayot davri uzoq bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday 
bo’lsada, yuqorida aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan 
fan-texnika taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib chiqiladi.
Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani, 
qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun 



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin