1-Mavzu: Buxgalteriya hisobi to`g`risida tushuncha
Tuzuvchi: A.Homidov
“Buxgalter” atamasi XV asrda paydo bo`lgan bo`lib va nemis tilidan tarjima qilinganda buch – kitob, halter- tutish ya’ni so`zma-so`z olganda kitob tutuvchi degan ma’noni anglatadi. Hisob daftarlarini yuritish bilan shug`unlanganlar buxgalterlar deb atalganlar.
Buxgalteriya hisobi xo`jalik hisobining uch turidan biri bo`lib yani statistik va tezkor (operativ) hisoblar mavjud.
Statistik hisob – jamiyatning nafaqat xo`jalik hayotning, balki ijtimoiy hayotning ham bir turidangi ommaviy xodisalarni o`lchashga qaratilgan. Statistik hisob bilan asosan mintaqa, viloyat yoki umuman respublika doirasida katta hajmda raqamli materiallar to`playdigan va tahlil qiladigan davlat statistika muassasalari (xizmatlar, byurolar, boshqarmalar va qo`mitalar) shug`ullanadi, umumlashtirish natijalari statistik to`plamlar, ma’lumotnomalar, jurnallarda e’lon qilinadi.
Statistika idoralari ishiga Uz Res Davlat Stat qo`mitasi rahbarlik qiladi. Ko`pchilik izlanishlar muntazam olib borilmaydi. Masalan: aholini ro`yxatdan o`tkazish, yo`lovchi oqimini o`rganish va bosh….
O`z ishlarida statistika xodimlari ko`pincha tanlab o`rganish usullaridan foydalanishadi.
Statistik ma’lumotlar asosida davlat boshqaruv idoralari aholi, xalq uchun muhim iqtisodiy siyosiy qarorlarni ishlab chiqadilar va qaror qiladilar. Resbuplikamiz iqtisodiyotini tezkor boshqarish bobida aniq chora tadbirlarni belgilaydi.
O`zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining 3ta turi mavjud
BYUDJET
BANK
XO`JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR
DAVLAT KORXONALARI
UZASBO
BANK TIZIMI
IABS / NSI
XUSUSIY KORXONALAR VA BOSHQALAR
1C / 1UZ
STATIK HISOB
Davlat ishlaydi
Noaniqlik darajasi 4,8 ≈ 5 deb olingan
Doimiy emas
Bashorat qiladi. Masalan
2018-15% 2019-25% 2020-30%
Tezkor hisob - korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish maqsadida yuritiladi. Tezkor hisob – joyning o`zida va biror bir xo`jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi. Tezkor hisob vositasida materiallar yoki tovarlarni yetkazib berish tayyor mahsulot chiqarish va uni sotish ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tezkor hisob ma’lumotlarni odatda og`zaki, telefon yoki faks orqali beriladi. Tezkor hisobning o`ziga xos xususiyati ma’lumotlarni tezda yig`ilishi va yetkazilishidir.
Tezkor hisob bilan korxonaning turli bo`lim va xizmatlar: ta’minot, sotish bo`limlari, rejalash-nozimlik byurolari, xodimlar bo`limi va hokazolar shug`ullanadi. Masalan: tovar zahiralari miqdori, xodimlarning ishga kelgan kelmaganligi, mehnat haqqi berilganligi, sotilgan tovardan tushumlar va hokazolar.
TEZKOR HISOB
Korxona ichida yuritiladi, korxonaga taalluqli yozma shart emas.
Hujjatsiz
Masalan: Direktorning tezkor topshirig`i
Buxgalteriya hisobi –mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xo`jalik faoliyatini yalpi uzluksiz va hujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Demak qat’iyan hujjatliligi yalpi, uzluksizligi ekanligi aniq qiymat bahosiga tayanish buxgalteriya hisobining farqlovchi xususiyati hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi uzluksizdir – chunki u kunma-kun yuritiladi va barcha xo`jalik xodisalari va jarayonlar yalpi tarzda qayd etadi.
Hisob turlarida qo`llaniladigan o`lchov birliklari
Natura o`lchovlari:
Mehnat o`lchovi:
Pul o`lchovi:
kg, m, l, dona
Sarflangan ish kuchi vaqti hisobi: daqiqa, soat, kun
Xo`jalik jarayonlari va vositvlarini yagona ulchovda
(pulda) umumlashtirishda qo`llaniladi va Uzb Res milliy valyutasi so`mda yuritiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarda ( korxona, tashkilot ) yuritilayotgan hisob siyosati o`ziga xos prinsiplarga amal qilmog`i kerak. 1996 y 30 avgustdagi 279 – I sonli Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi Uzb Res qonunining 7- moddasiga ko`ra korxona muassasa yoki tashkilot rahbari buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni amalga oshiradi.
Ushbu qaror asosida korxona rahbari quyidagilarni ta’minlashi shart:
- ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqarish;
- xo`jalik operatsiyalarini nazoratlash tartibi;
- to`liq va ishonchli buxgalteriya hisobi;
- o`z vaqtida hisob kitoblarni amalga oshirish;
- hisob hujjatlarini saqlanishi;
- tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun hisobotlarni tayyorlash;
soliq hisoblari va moliya xujjatlarini tayyorlash.
Buxgalteriya bilimlari va iqtisodiy tahlil usullari asoslarini egallash rahbarlarga har-xil xatarlarni kamaytirish, bozor iqtisodiyoti tamoyillarini xis etish, zarur qarorlarni o`z vaqtida va xatosiz qabul qilish imkonini beradi.