1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI
3.5. Ikki yoqlama yozuvning mohiyati va ahamiyati Buxgalteriya hisobi schotlarida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari, shuningdek xo‘jalik jarayonlarining to‘g‘ri hisobga olib borilishini o‘z vaqtida nazorat qilish uchun, ularning o‘zgarishini aks ettiradigan har bir xo‘jalik muomalasi bir vaqtda ikkita schotning qarama - qarshi tomoniga yoziladi.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvning mohiyati shundaki, har bir xo‘jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o‘zgarishiga olib kelishidan qat'iy nazar, bir vaqtda va o‘zaro aloqador holda, bir xil summada bir schotning debet tomonida va ikkinchi schotning kredit tomonida aks ettiriladi.
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirishda qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli o‘zaro bog‘lanadigan schotlarning debet va kreditiga tegishli summalar bir-biriga teng bo‘ladilar. Masalan, asosiy ishlab chiqarishga Material sarflanishi natijasida ombordagi Materiallar kamayadi va asosiy ishlab chiqarish xarajatlari ko‘payadi. Bu xo‘jalik muomalasi hisobning ikki obektida aks etayotgani uchun u ikkita, ya'ni «Xom-ashyo va Materiallar» schoti va «Asosiy ishlab chiqarish» schotiga yozilishi kerak.
Misol: Xo‘jalikda paxta yetishtirish uchun 21000 so‘mlik minyeral o‘g‘it sarflandi. Bu xo‘jalik muomalasi natijasida «Asosiy ishlab chiqarish» schoti 21000 so‘mga ko‘payadi. Aktiv schotlarning ko‘payishi debet tomonida ko‘rsatilishi sababli bu summani «Asosiy ishlab chiqarish schoti»ning debet tomoniga yozamiz.
Bir vaqtning o‘zida xo‘jalikda «Xom-ashyo va Materiallar» schotida hisobga olinadigan minyeral o‘g‘itlar miqdori kamayadi. Ma'lumki, aktiv schotlar bo‘yicha kamayish kredit tomonidan ko‘rsatiladi. Shuning uchun ushbu muomala summasi «Xom-ashyo va Materiallar» schotining kreditiga yoziladi. Mazkur muomala schotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» schoti 21000 so‘m.
Kredit «Xom-ashyo va Materiallar» schoti 21000 so‘m.
Yuqoridagi muomalani schotlarga quyidagicha yozamiz:
Quyidagi misoldan ko‘rinib turibdiki, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasini schotlarda ikki yoqlama aks ettirganimizda summalar tengligi o‘zgarmagan. Bu tenglik xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozishning to‘g‘riligini nazorat qilishni ta'minlaydi. Uni quyidagi tengliklar qonuniyatining matematik modellari bilan ifodalash mumkin:
«Xom-ashyo va Materiallar» «Asosiy ishlab chiqarish»
schoti schoti
Dt Kt Dt Kt
Saldo
1)21000
Saldo
21000
barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar (saldolar) summasining tengligi; barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlarining tengligi; barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar (saldo) summasining tengligi.
Agar sintetik schotning boshlang‘ich debet qoldig‘i (saldo) S'dt deb, sintetik schotning boshlang‘ich kredit qoldig‘ini S'ktdeb belgilasak, unda boshlang‘ich qoldiqlar (saldo) tengligi qonuniyatining matematik modeli quyidagicha bo‘ladi:
ΣS'dt=ΣS'kt ,(1) Ushbu model barcha sintetik schotlarning ma'lum sanaga bo‘lgan boshlang‘ich debet qoldiqlarining summasi passiv sintetik schotlarning shu sanaga bo‘lgan boshlang‘ich kredit qoldiqlari (saldo) summasiga teng deb o‘qiladi.
Barcha sintetik schotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlari tengligi qonuniyatining matematik modeli quyidagicha bo‘ladi:
ΣDOdt=ΣKOkt, (2) DOdt – sintetik schotlarning ma'lum muddat ichidagi debet oboroti;
KOkt – sintetik schotlarning ma'lum davr ichidagi kredit oboroti.
Ushbu model ma'lum davr ichida barcha sintetik schotlar debet oborotlarining summasi, shu davr ichidagi kredit oborotlari summasi bilan teng deb o‘qiladi.
Endi sintetik schotlarning oxirgi qoldiqlarini (saldo) S – deb belgilab, barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiq (saldo) summalari tengligi qonuniyatining matematik modelini tuzamiz: ΣS''dt=ΣS''kt, (3) Ushbu model barcha aktiv sintetik schotlarning ma'lum sanaga oxirgi debet qoldiqlarining summasi, barcha passiv sintetik schotlarning shu sanaga bo‘lgan oxirgi kredit qoldiqlari summasiga teng deb o‘qiladi.
Bayon qilinganlarga asoslanib, ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyatini quyidagicha tasvirlaymiz (3.3-rasm):