I.“Uzoq muddatli aktivlar”;II. “Joriy aktivlar”. Passivda esa yuqoridagi bo‘limlar qarshisida mos ravishda quyidagi bo‘limlar; joylashgan:
I. “O‘z mablag‘lari manbalari”;II. “Majburiyatlar”. Balans aktivi va passividagi alohida bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligini 3.1-rasmda ko‘rsatish mumkin.
I bo‘lim.
Uzoq muddatli
aktivlar
I bo‘lim.
O‘z mablag‘lari
manbalari
II bo‘lim.
Joriy aktivlar
II bo‘lim.
Majburiyatlar
3.1-rasm. Balans aktivi va passividagi bo‘limlarning o‘zaro aloqadorligi Chizmadan ko‘rinib turibdiki, uzoq muddatli aktivlar ham, joriy aktivlar ham korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar (qarz manbalar) hisobidan tashkil topishi mumkin.
Buxgalteriya balansining shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko‘rinishida keltirish mumkin (3.1-jadval).
3.1-jadval Buxgalteriya balansi