1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlar va ularning tavsifi



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə32/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

3.2.Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan o‘zgarishlar va ularning tavsifi

3.3.Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi


3.4. Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzilishi: aktiv va passiv schotlar


Tayanch iboralar
Buxgalteriya balansi, buxgalteriya hisobi schotlari, uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, uzoq muddatli majburiyatlar, aktiv, passiv, ikki yoqlama yozuv, saldo, debet oborot, kredit oborot, schotlar korrespondensiyasi, oddiy yozuv, murakkab yozuv.


3.1. Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi
«Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, ya'ni “tarozi ikkita pallasining tengligi” degan ma'noni, muvozanat, tenglik ramzini bildiradi.
Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya'ni schotlarning debeti bo‘yicha summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schotga tegishli analitik schotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi;
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subektning ma'lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar (elementlar) orasida bunday ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya balansiga xosdir.
Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini quyidagicha ta’riflash mumkin:

Xojalik mablaglarining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning vujudga kelish manbalaridagi hamda maqsadli tayinlanishidagi ozgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga qiymat ifodasida umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli buxgalteriya balansi deyiladi.

Balans ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv va passiv. Bu atamalar ham lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi “astivus”- aktiv, faol va “rassivus” - passiv, faoliyatsiz degan ma'nolarni bildiradi.


Balans aktivida mablag‘lar tarkibi,joylanishi va ishlatilishiga qarab; passivida esa mablag‘larning tashkil topish manbalari: ularning kimniki ekanligi va qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma'lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans aktiv va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart.
Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi uning aktivida ham, passivida ham bir xil xo‘jalik mablag‘lari aks ettirilishidan kelib chiqadi, lekin aktivda mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli bo‘yicha, passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha aks ettiriladi.
Aktiv va passivning o‘zaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega bo‘lib, buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish va hisobot tuzishda foydalaniladi.
Aktivda moddiy mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, pul mablag‘lari, debitorlar kelgusi davr uchun sarflangan mablag‘lar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) mablag‘lar, passivda esa - ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezyerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor qarzlari, berilmagan mehnat haqi va daromadni taqsimlash bo‘yicha majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo‘ladi.
Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin