1-Mavzu: Chorvachilik asoslari faniga kirish.
Reja
1.O’zbekistonda chorvachilikni rivojlanish tarixi.
2.Chorvachilikni rivojlantirishning hozirgi ahvoli va chorvachilikda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar.
3.Respublikamiz Dehqon (fermer) xo’jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshiralayotgan chora tadbirlari.
4.Chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini ilmiy texnika va fan yutuqlari asosida amalga oshirish.
1. Hozirgi vaqtda O’zbekiston chorvadorlari oldida turgan muhim vazifa respublikamiz xalqlarini o’zida ishlab chiqariliyotgan chorva mahsulotlari bilan ta’minlanishidadir. Ishlab chiqarilayotgan chorva mahsulotlarining samaradorligi iqtisodiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi, ya’ni sut, go’sht, tuxum va boshqa turli mahsulotlarga sarf bo’lgan ozuqa, ularning tannarxi va samaradorlik darajasi qandayligidir.
Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan sohani rivoji uchun qabul qilingan 2 ta muhim qaror va ushbu qarorlar bilan chorvachilik sohasiga berilgan imtiyozlar evaziga, tejalgan mablag’lar naslchilik ishlarini yaxshilashga, yangi texnologiyalarni olib kirishga zamin yaratib, chorva mol bosh sonlari va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni qo’payishiga olib keldi.
Jumladan, keyingi uch yil mobaynida qoramollar bosh sonining ko’payishi barcha viloyatlarda o’rtacha 111 foizga to’g’ri keldi, yoki Respublika bo’yicha ularning o’rtacha soni 2013 yilda 9 mln 93,7 ming boshdan 2014 yilda 10 mln 141,3 ming boshga yetkazildi.
Alohida ta’kidlash joizki, Respublika chorvachiligi asosan axolining shaxsiy va dexqon xo’jaliklarida shakllangan va ular xisobidan jadal ko’paymoqda.
Jumladan, qoramollarning 94 foizi va sigirlarning 95 foizi axoli shaxsiy xo’jaliklari ulushiga to’g’ri keladi. Respublikamizda naslchilik ishlarini mustahkamlash, chorvachilik fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko’paytirish, naslchilik yadrosini shakllantirish va kengaytirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish maqsadida 2012-2013 yillar mobaynida chetdan 28,2 ming boshdan ortiq naslli urg’ochi tanalar Ukraina, Belorussiya, Polьsha, Avstriya, Gollandiya, Germaniya va boshqa chet mamlakatlardan import qilindi va ko’pgina naslchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari yangidan shakllandi.
Hozirgi kunda qoramolchilik yo’nalishidagi naslchilik xo’jaliklari soni o’tgan 2013 yilda 57 taga ko’payib, 448 taga yetdi, ularda 107 ming 751 boshdan ortiq yuqori nasldor qoramollar parvarish qilinmoqda yoki birgina o’tgan 2015 yilda 12 ming boshdan ortiq naslli mollar bosh sonining ko’payishiga erishildi.
Birgina 2015 yilda ularda 7,2 mingdan ortiq naslli mollar tayyorlandi va fermer va dexqon xo’jaliklariga sotildi.
2016 yil 1 yanvarь ma’lumotlariga ko’ra respublikamizda 2015 yili go’sht ishlab chiqarish (ming tonna hisobida)- barcha toifadagi xo’jaliklarda – 808,1; shu jumladan aholi hisobida –724,4, qishloq xo’jalik korxonalarida- 73,1, fermer xo’jaliklarida- 10,6 ni tashkil etadi.
Sut ishlab chiqarish (ming tonna hisobida)- barcha toifadagi xo’jaliklarda- 3494,7; shu jumladan aholida- 3094,1; qishloq xo’jaligi korxonalarida- 237,5; fermer xo’jaliklarida- 50,8.ming tn.
Respublikamiz viloyatlari kesimida sut ishlab chiqarish ma’lumotlari quyidagi jadvalda keltirilgan
Tuxum ishlab chiqarish (mln. dona hisobida)- barcha toifadagi xo’jaliklarda- 1164,9; shu jumladan aholida- 751,3; qishloq xo’jaligi korxonalarida- 406,6; fermer xo’jaliklarida- 7tashki etadi.
Jun ishlab chiqarish (tonna hisobida) barcha toifadagi xo’jaliklarda 15480; shu jumladan aholida 11166 tn; qishloq xo’jaligi korxonalarida 4174 tn; fermer xo’jaliklarida 140 tn.
Qorako’l terisi ishlab chiqarish (ming dona hisobida) barcha toifadagi xo’jaliklarda 803,5; shu jumladan aholida 235,7; qishloq xo’jaligi korxonalarida 567,8ni tashkil etgan. 1998 yili Respublikamiz bo’yicha bir bosh sigirning sut mahsuldorligi barcha toifadagi xo’jaliklarda 1529 kg; shu jumladan aholida 1604 kg; qishloq xo’jaligi korxonalarida 1010 kg; fermer xo’jaliklarida- 962 kg. ga to’g’ri kelgan.
Parrandalarning tuxum mahsuldorligi barcha toifadagi xo’jaliklarda 138 dona; shu jumladan aholida 129 dona; qishloq xo’jaligi korxonalarida 162 dona; fermer xo’jaliklarida 116,7 donani tashkil etgan.
2. Dehqon xayotini mustahkamlash, musatqil erkin dehqon (fermer) xo’jaligidagi yirik salohiyatni O’zbekiston aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlay olishga yo’naltirish bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining bir ko’rinishi bo’lgan dehqon (fermer) xo’jaliklarini rivojlantirish siyosatining asosini tashkil etadi.
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan dehqon (fermer) xo’jaliklarining soni 20 mingdan oshib ketdi. Mustaqil mahsulot ishlab chiqaruvchi sub’ekti safatida dehqon (fermer) xo’jaligi boshqa mulk va xo’jalik yuritish shakllaridagi korxona va tashkilot bilan teng huquqli huquqiy shaxs sifatida faoliyat ko’rsatmokda. SHuni ta’kidlash lozimki, huquqiy boshqaruv bilan ma’muriy buyruqbozlik o’rtasida umumiylik yo’qdir, chunki ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvida mehnatkash dehqon yuqoridan kelgan buyruqni bojaruvchi oddiy bir ijrochi hisoblanadi. Ammo, dehqon (fermer) bugungi kunda tadbirkor va iqtisodiy jihatdan erkin shaxs bo’lib, ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatiga bog’liq barcha masalalarni mustaqil hal qiladi va amaldagi belgilangan majburiyatlarini o’z vaqtida bajaradi.
SHuning uchun ham tadbirkorlik faoliyatining muhim shartlaridan biri- bo’lajak dehqon (fermer) xo’jaliklarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlarini puxta bilishdir.
So’ngi paytda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan dehqon (fermer) xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha bir necha farmon va qarorlar qabul qilindi. SHular jumlasidan:
Respublikamizda dehqon (fermer) xo’jaliklarini yanada mustahkamlash va ishbilarmonlikni davlat yuli bilan qo’llab- quvvatlash to’g’risida ( Prezident farmoni N 295, 29.11.91 y.)
“Qishloq xo’jalik sohasini iqtisodiy rivojlantirish va erkinlik berish to’g’risida”
“SHaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklarini davlat yuli bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora- tadbirlar to’g’risida“ (Prezident farmoni N 1737, 18.03.97 y.)
Dostları ilə paylaş: |