1-mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi


Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə51/92
tarix25.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#194388
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
1 mavzu Davlat boshqaruvi tushunchasi Reja Davlat boshqaruvin fayllar

Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti — bu ma’muriy huquq normalari bilan o'matilgan va muhofaza etiladigan ijtimoiy muno­ sabatlar hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Davlat bosh­ qaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida nafaqat ma’-
muriy huquq normalari bilan, balki ma’muriy-huquqiy vositalar bilan muhofaza etiladigan boshqa huquq tarmoqlari (konsti­ tutsiyaviy, moliya, yer, mehnat va h.k.lar) normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ham vujudga keladi. Shu sababli, ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga — ma’muriy javobgarlik norma­ lari bilan himoya qilinadigan har qanday munosabatlarni kiritish mumkin. Ma’muriy huquq nazariyasida huquqbuzarlik obyekti, odatda. uch guruhga bo'linadi: birinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikning umumiy obyekti — davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy muno­ sabatlar.
Masalan, O'zR MJtKning 10-moddasi 1-qismida ma’­ muriy huquqbuzarlik obyekti umumiy holda — «shaxs, fuqarolar- ning huquqlari va erkinliklari, mulkchilik, davlat va jamoat tartibi, tabiiy muhit» ko'rsatib o'tilgan; ikkinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikning turdosh obyekti — mazmuni va o'zaro yaqin xususiyatlariga qarab yagona tizimga keltirilgan obyektlardir. Masalan, O'zR MJtKning maxsus qismida ma’muriy huquqbuzarliklar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan: 1) fuqarolaming huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar; 2) aholi sog'lig'ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar; 3) mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar-; 4) tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar; 5) sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiya- sidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar; 6) qishloq xo'jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzish; 7) transportdagi, yo'l xo'jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbu­ zarliklar; 8) fuqarolaming turarjoy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar; 9) savdo tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar; 10) odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; 11) jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar; 12) boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi hu­ quqbuzarliklar; uchinchidan — ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita obyekti — huquqbuzarlik oqibatida bevosita zarar yetkazilgan, aniq obyekt hisoblanadi. Masalan, O'zR MJtKning 40-moddasida mustahkam-
langan tuhmat huquqbuzarligining bevosita obyekti — fuqaroning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi; yoki 237-moddasiga binoan harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilishdan bosh tor- tishda ifodalangan huquqbuzarlikning bevosita obyekti bo‘lib — boshqaruv jarayonida o‘matilgan tartib, ya’ni fuqarolaming harbiy yoki muqobil xizmatni o'tash majburiyati hisoblanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin