1-мавзу: dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish маъруза режаси



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə12/23
tarix14.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#179283
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Динамик макроиктисодиёт маърузалар матни

Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, tolov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni taminlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini ozgartirishni o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin