1-mavzu: dinshunоslik faniga kirish. Reja: Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari


O’rta Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini



Yüklə 309,85 Kb.
səhifə30/32
tarix12.04.2023
ölçüsü309,85 Kb.
#96736
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
1-mavzuDinshunoslik faniga kirish 2

O’rta Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini. XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan. Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddaviylar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo’lgan.
O’rta Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda provoslav metropoliyasi bo’lgan.
Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylanadi. Ozarbayjon va Janubiy Dog’iston territoriyasida IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.
Bibliya. Bibliya, yahudiylik va xristianlik dinlari ta’limotiga ko’ra, u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o’zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.
Uning tarkibiga kirgan yahudiy diniga talluqli kitoblar «Qadimiy ahd» deb, xristian talimotiga tegishli kitoblar «Yangi ahd» deb nomlanadi. Yahudiy va Xristian bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi Qadimiy Isroil va Qadimiy Yahudiylarning diniy talimot va urf-odatlari asosida eramizdan avalgi XIII asrda yozilgan bo’lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.
Bibliya so’zining grekchadan tarjimasi biblia - kitob, oram ma’nolarini anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar berishicha Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo’lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif Flaviyning aytishicha 22 ta kitob bo’lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o’rtasidagi tafovutni keyinchalik ba’zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo’linib ketganligi bilan izohlash mumkin. Masalan, «Musoning besh kitobi» avval bir butun bo’lib, keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, «kichik payg’ambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib yuborilgan.
Yahudiylar Qadimiy Ahdni 3 qismga bo’ladilar:

  1. birinchisiga «Musoning besh kitobi» - «Tora» («Tavrot»);

  2. ikkinchisiga «Payg’ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim);

  3. uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim).

Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta’limotlarga kitoblari»ga, «Payg’ambar kitoblari»ga bo’lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini ham shunday tasnif qiladilar. «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kitoblari kiradi. «Ta’limotlar»ga «Havoriylar maktublari» kiradi, «Payg’ambarlar kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi.
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo’linadi. Uning hozirgi qabul qilingan bo’linishi Nenterberiya episkopi Stefan Langton (vafoti 1228 y.) tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo’lib chiqdi va bu narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar avval Santes Panino (v. 1541 y.) keyinchalik 1555 yilarda Robert Etenlar tomonidan raqamlandi.

Yüklə 309,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin