1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima?
“Dinshunoslik” fanini o’qitishdan maqsad – talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug’-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy kontseptsiyalar asosida chuqurroq o’rgatish. SHuningdek, mustaqillik yillarida O’zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o’zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag’rikenglik madaniyatini shakllantirish yo’lida qilinayotgan muhim o’zgarishlar, yangiliklar haqida ma’lumotlarni berish ko’zda tutilgan.
Dinga qanday ta’riflar berilgan?
Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga ko’ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g’ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg’ambarlik), insonlar atrofida unga ko’rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat.
Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?
Dinning vazifalari uning alohida shaxs va jamiyatga ta’siri va tabiatidan kelib chiqadi. Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qo’shgan hissasini ko’rsatib berishdir.
Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz?
Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to'la shakllangan diniy sistemaga ega bulmagan. Ularda boshlang'ich diniy tasavvurlargina bulgan, xolos. Dinning ana shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bulgan.
Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonliq magiya(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan; ularning elementlarim hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi.