Dori vositalarining dozalari haqida
tushuncha.
Doza lotin harfi D bilan
belgilanadi va quyidagi nomlar
bilan farqlanadi:
- Ushlab turuvchi doza
– dori
vositasining qondagi
terapevtik
konsentratsiyasini
saqlab turish uchun zarur
boʻlgan doza;
- Sutkalik doza
– sutka
davomida qabul qilinadigan dori
miqdori;
- Kursli doza
– davolash kursi
uchun moʻljallangan doza;
Minimal taʼsir etuvchi
doza
–
farmakoterapevtik
faollik koʻrsatadigan
minimal doza;
- Bir martalik yuqori
terapevtik doza
–
preparat
oʻrtacha
terapevtik dozada
buyurilganda, terapevtik
samara
boʻlmagan
holatda
qoʻllaniladigan
doza;
- Yuqori sutkalik
terapevtik doza
–
preparat
oʻrtacha
terapevtik dozada
buyurilganda, terapevtik
samara
boʻlmagan
holatda, sutka
davomida
qoʻllaniladigan doza;
- Toksik doza
–
organizm uchun xavfli,
zararli
taʼsirlar
chaqiradigan doza;
- Effektiv
(samarali)
doza
–
toksikologik
tekshirishlarda
qoʻllaniladigan
doza;
- Letal doza
–
oʻlim holatiga
olib keluvchi
doza.
16
“
Dozaning ortib ketishi (peredozirovka).
Dozaning ortib ketish xavfi hayvonlarda oʻtkaziladigan eksperimentda aniqlanadigan, preparatning
hususiyatini belgilovchi ikkita koʻrsatkichga bogʻliq:
- Terapevtik indeks
– 50% letal va 50% samarali dozalarnisbatidan iborat;
-
Terapevtik taʼsir kengligi (terapevtik kenglik, terapevtik oyna),
yaʼni dori vositasining toksik taʼsiri boshlanadigan minimal miqdori bilan taʼsirqilayotgan minimal
miqdor oʻrtasidagi oraliq.Terapevtik taʼsir kengligi koʻpgina bemorlarda davolashning xavfsizligini
taʼminlab beradi, biroq mazkur preparatga nisbatan sezgir bemorlar bundan mustasno. Terapevtik
kenglik qanchalik koʻp boʻlsa, dori vositasi shunchalik kam toksik taʼsir koʻrsatadi, va aksincha.
17
|