3. Yumshoq dori shakllari - malhamlar, shamchalar, pastalar va linimentlar. Malhamlar -
Unguentum ,
yaʻni surtma dorilar asosan
sirtga ishlatiladigan yumshoqdori shakllaridir.
Malhamlar 2 turda
boʻladi: ofitsinal va magistral.
Magistral malhamlar shifokor
koʻrsatmasi bilan
dorixonalarda tayyorlanadi, ofitsinal malhamlar esa
farmatsevtika zavodlarida ishlab chiqariladi.
Malhamlar tarkibiga dori moddalaridan tashqari,
yopishqoqlik xususiyatini beradigan asoslar kiradi.
Asoslar sifatida vazelin, lanolin,
choʻchqa yogʻi va
boshqalar ishlatiladi. Davolashda
qoʻllanadigan
malhamlardan tashqari, terini oziqlantiruvchi, himoya
qiluvchi va kosmetik malhamlar mavjud.
Linimentlar -
Linimentum suyuq
malhamlar
boʻlib, koʻpgina suyuq
moylar ularga asos
boʻladi: shaftoli
moyi (Oleum Persicorum),
kungaboqar moyi (Oleum
Helianthum), paxtamoyi (Oleum
Glassinum) va boshqalar.
Oʻsimlik
moylari teri orqali yaxshi
soʻriladi.
Linimentlar tana harorati da eriydigan
aralashmalardir, ular malhamlar
singari ofitsinal va magistral, tarkibiga
qarab murakkab va oddiy
boʻladi.
Shamchalar -
Suppositorium - dozalangan
dori shakli, tana haroratida eriydi. Shamchalar
togʻri ichak (per rectum), qin (per vaginuin)
boʻshligʻiga qoʻyish uchun ishlatiladi. Rektal
shamchalar shaklga koʻra konussimon,
silindrik, oʻtkir uchli boʻlishi mumkin, ulaming
ogʻirligi 2,0-6,0 grammgacha boʻladi. Vaginal
shamchalar dumaloq, (globusli), va
tuxumsimon shaklda boʻladi. Shamchalar
tayyorlash uchun asos sifatida kakao moyi (ol.
Sasao) va boshqa yordamchi moddalar
ishlatiladi.
15