16
foydalaniladi?
Eksperimental tadqiqot natijalarini ma`lum bir statistik metodlar orqali
tavsiflanishi mumkin. Har bir holatda qaysi statistik metoddan foydalanish
qo`llaniladigan o`lchov shkalasi tipiga bog`liq bo`ladi.
Birinchi navbatda natijalarni taqsimlash tushunchasi mohiyatini ochib berish
kerak. Tasavvur qiling: juda ko`p tekshiriluvchilarga 20 ta vazifani echish
topshirilgan. Natijalar “echdi”, “echmadi” tarzida ajratiladi. Tekshiriluvchidan faqat
ayrimlarigina 20 ta vazifaning hammasini echishsa, ayrimlari esa 1 ta ham echa
olmaydilar. Natijalarni tahlil qilish avvalo 1 ta vazifa echganlarni, keyin 2 ta, so`ngra
3 ta va hokazo ajratishdan boshlanadi.
Vazifani to`g`ri echgan kishilar sonini bildiruvchi hajm chastota deb ataladi va
f bilan belgilanadi. Olingan chastotalar yig`indisi dastlabki natijalarni taqsimlanishini
tashkil etadi. (bizning misolimizda vazifani to`g`ri echgan kishilar soni).
Eksperimental tadqiqotlarda tanlanma tushunchasi ham qo`llaniladi. Tanlanma
eksperimentda qayd etilgan o`zgaruvchilar hajmini bildirib, N bilan belgilanadi.
Agar 10 kishiga 15 tadan topshiriq berilgan bo`lsa, u holda Nq10 x 15 q 150
bo`ladi.
Quyidagi misol bilan tanishib chiqaylik. Bir xil yoshda bo`lgan 1000 ta
o`smirlar (500 ta o`g`il bolalar, 500 ta qiz bolalar) bilan qaysi janrdagi adabiy
asarlarni sevib o`qishlarini aniqlash maqsadida so`rovnoma o`tkazilgan. Ular faqat
bittadan janrni tanlashi kerak. Natijalar quyidagicha hisoblanadi va jadval shaklida
ifodalanadi. O`smirlar tomonidan asar janrini tanlash chastotasi (
f).
Dostları ilə paylaş: