50
bu erda T
r
- reaktsiya vaqti, t
nn
-sensor -pertseptiv jarayon vaqti, t
pr
-baholash va qaror
qabul
qilish vaqti, td - harakat javobi vaqti. Ma`lumki. reaktsiya vaqti funktsional
tizimlar holatiga va tashqi sharoitlarga bog`liq bo`ladi.
Ixtiyoriy reaktsiyalarni o`rganish psixodiagnostik ahamiyatga ega bo`lib,
insonning turli faoliyatlari mexanizmi va tarkibini o`rganishda
keng foydalanishi
mumkin.
Harakatlar tizimidagi biror bo`g`inning amalga oshirilmasligi faoliyat
natijasiga qanday ta`sir ko`rsatadi?
Faoliyat tarkibida ish-harakat (deystvie) alohida ajratib ko`rsatiladi. Ish-
harakat, deb muayyan oddiy bir vazifani bajarishga yo`naltirilgan
nisbatan
tugallangan faoliyat elementiga aytiladi. Faoliyat elementi sifatida u sa`i-harakat va
harakatlarda namoyon bo`ladi. Operatsiya (jarayon) - texnologik jarayonning tarkibiy
qismidir.
Operatsiya texnologik jarayonning talabiga ko`ra bir necha ish-harakatdan
tashkil topishi ham mumkin. Bajariladigan ish-harakatlar mexnat predmeti, quroli va
sharoitlariga adekvat ya`ni mos bo`lishi kerak. Harakatlar
tarkibi makro- va mikro-
harakatlardan iborat bo`lishi mumkin.
B.G.Anan’ev odamni faoliyat sub`ekti sifatida tahlil qilar ekan, faollikning 4 ta
darajasini ajratib ko`rsatadi:
1-yaxlit faoliyat darajasi;
2-alohida faoliyat akti darajasi;
3-makro harakatlar darajasi;
4-mikro harakatlar darajasi.
Psixomotor xususiyatlarni ko`p qirrali va ko`p darajali ekanligini o`rganish
metodlarining amaliy qiymati mehnat sub`ekti sifatida odamning faoliyat va muloqat
jarayonidagi o`rnini o`rganish bilan belgilanadi. Psixomotor xususiyatlarning yoshga
bog`liq holda rivojlanishi pedagogik ta`sirni
jismoniy, aqliy va ahloqiy tarbiyaning
yaxlitligi tamoyiliga rioya qilib tashkil etishni taqozo etadi.
Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida insonning asosiy faoliyati mehnat
hisoblangan. Mehnat faoliyatida esa qo`lning murakkab harakatlarining o`rni
beqiyosdir.
So`nggi yillarda psixologiyada insonning bilish va
ijro etish faoliyatlarini
o`rganish maqsadida mikrotuzilmalarni o`rganish metodidan keng foydalanilmokda.
Mikrotuzilmalar tamoyiliga ko`ra har qanday istalgan bir faoliyat,
kichik vaqt
oralig`ida bajariladigan va o`lchash imkoniyati mavjud bo`lgan harakatlardan tashkil
topadi.
Nafis sensomotor faoliyatlar mutloq va farq qilish chegarasini aniqlash
metodlarini bilishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: