52
2. YArim sharlarning o`zaro aloqasi.
3. Ta`lim samaradorligida o`ng yarim sharning roli.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Asimmetriya- o`ng va chap yarim shardagi markazlarning parallel
joylashmaganligi.
Lokalizatsiya- har bir vazifaning ma`lum markazga joylashuvi.
Lateralizatsiya- chap va o`ng yarim sharda vazifalarning bir xilda
taqsimlanishi.
Intuitsiya-bilishning maxsus usuli, izlanayotgan muammoning echilishini
birdaniga topish.
Ruhiy faoliyatlarning o`ziga xos xususiyati va aloqasini tahlil qilar ekanmiz,
bu jarayonlarning inson miyasi tuzilishidagi o`ziga xoslik bilan mavjud
munosabatiga alohida to`xtalib o`tish zarur.
Psixik jarayonlar namoyon bo`lishida chap va o`ng yarim sharlarning o`zaro
munosabatini o`rganish muhim ahamiyatga ega.
Nima uchun ba`zi kishilarning chap qo`li o`ng qo`liga nisbatan faolroq
bo`ladi?
Bosh miya po`stloq qismida har bir ruhiy jarayonning aniq va yagona
(lokalizatsiya) joylashgan o`rni borligi haqidagi fikrlardan so`nggi yillarda
uzoqlashish vujudga kelmoqda. Maxsus sharoitlar miyaning biror qismini olib
tashlash, u yoki bu jarayonning batamom yo`qolib ketmaganligi yuqoridagi fikrga
turtki bo`ldi.
Hozirda bosh miyaning funktsional tuzilmalari munosabatlarini o`rganuvchi
yo`nalishlarni quyidagicha ajratib ko`rsatish mumkin.
Birinchi eng muhim umumiy yo`nalish A.R.Luriya ishlarida o`z aksini topgan
bo`lib, u uchta funktsional blokni ajratib ko`rsatish bilan xarakterlanadi: a) energetik
blok-miya ustunchalari va po`stloq osti tuzilmalarini o`z ichiga oladi; b)
informatsion blok-miyaning ensa, chakki va tepa qismlarini qamrab oladi, v)
boshqaruvchi blok-bosh miyaning peshona qismiga joylashgan.
Ikkinchi yo`nalish bosh miya yarim sharlari simmetriyasi bilan bog`liq
xususiyatlarni
o`rganadi.
Bu
yo`nalishga
B.G.Anan’ev
N.M.Traugott
va
boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin.
Uchinchi yo`nalish har bir funktsiyaning bitta yarim sharda bir necha
markazlari borligini chukur o`rganishga qaratilgan.
Tibbiyot amaliyotida ba`zi bemorlarda ikki yarim sharni bog`lab turuvchi nerv
aloqasini o`zib quyishga ham to`g`ri kelgan. SHunday hollarda har bir yarim shar
alohida mustaqil miya sifatida ishlay boshlagan. Ayrim kasalliklarda ba`zi qismlar
shikastlanadi yoki jarrohlik yuli bilan olib tashlansa, qaysi funktsiyalarning
o`zgarishga qarab ba`zi ma`lumotlarni to`plash mumkin.
CHapaqaylar mashhur kishilar bo`ladi, degan fikrga munosabatingiz
qanday?
Dostları ilə paylaş: