1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети


Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix12.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#111981
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
eksperimental psixologiya

 
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:

Diqqat-ongning bir ob`ektga to`plab, yo`naltirilishi. 

Diqqatning ko`lami- bir vaqtda qamrab olingan ob`ektlar soni. 

Barqarorligi-diqqatning bir ob`ekt ustida uzoq vaqt to`planishi. 

Ko`chishi- diqqatning bir ob`ektdan ikkinchisiga o`tishi. 

Kontsentratsiyasi- diqqatni uzoq vaqt davomida boshqa narsaga cholg`imay bir 
ob`ekt ustida to`planib turishi. 


24

Korrektur 
sinovii 
-diqqat 
xossalarini 
o`rganish 
metodi.
Psixologiyada diqqatga berilgan ta`riflardan birini N.F.Dobro`nin tomonidan 
aytilgan bo`lib, unga ko`ra, diqqat inson ruhiy (psixik) faoliyatining yo`naltirilishi va 
to`planishidir. Bunda diqqatning yo`nalganligi va to`planishi deganda shu faoliyatga 
bo`lgan e`tiborning chuqurlashuvi tushuniladi.
Diqqatni jarayon (yoki sensor va pertseptiv aqliy jarayonning bir qismi 
sifatida) ham, holat ham (masalan, e`tiborlilik) deb qarash mumkin.  
Diqqatning ishtirokisiz faoliyatni amalga oshirish
mumkinmi? 
Xotiradan farq qilgan holda diqqatning boshqaruvchilik vazifasi yaqqolroq 
namoyon bo`ladi. Bu bizga psixik boshqarishning turli darajalariga ko`ra diqqatning -
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so`nggi turlarini ajratish imkonini beradi.
Diqqatning eng muhim xossalari-uning ko`lami, tanlovchanligi, barqarorligi
to`planishi, taqsimlanishi va ko`chishidir. Diqqatning ko`lami deganda, qisqa vaqt 
ichida aniq idrok qilingan ob`ektlar soni tushuniladi. Turli tarqoq stimullar mavjud 
bo`lganda diqqat ko`lamining ixtiyoriy boshqarish imkoniyati cheklangandir. 
Qo`zg`atuvchilar mazmuni jihatidan bog`liq bo`lsa, bu ko`rsatkich ancha yuqori 
bo`ladi. Diqqat ko`lamining cheklanganligi sub`ekt tomonidan o`z sensor-pertseptiv 
zonasida mavjud bo`lgan ob`ektlardan ayrimlarini ajratib berishni talab qiladi, kolgan 
ob`ektlar esa ular uchun fon sifatida namoyon bo`ladi.
Ko`pgina 
qo`zg`atuvchilar 
orasidan, 
ajratib 
olingan 
ayrimlarigina 
tanlovchanlik xususiyatiga ega bo`ladi. Diqqat muvaffaqiyatining miqdoriy 
ko`rsatkichi bu tezlik bilan ko`plab ob`ektlar orasidan kerakli qo`zg`atuvchini topa 
olishda, sifat ko`rsatkichi esa-aniqligida namoyon bo`ladi. Diqqatning muvaffaqiyati-
har ikkisini ham o`z ichiga oladi.
Diqqatning barqarorligi psixik faoliyatdan chalg`imaslik va ob`ekt ustida 
diqqatni uzoq vaqt to`plab turishni ta`minlab turuvchi shaxs qobiliyatidir. Diqqat 
barqarorligining xarakteristikasi uzoq vaqt psixik faoliyatining dastlabki holatda 
ko`plab va yo`naltirib turilishidir.
Diqqatning kontsentratsiyasi ham diqqatni uzoq vaqt ob`ekt ustida turli 
ta`sirlarga qaramay saqlab turishdir. Diqqatning taqsimlanishi bir paytning o`zida 
sub`ektning bir nechta ob`ektlarga psixik faoliyatning yo`naltirib va to`plab 
turishidan iborat.
Eksperimental psixologiyada diqqatning taqsimlanishining ko`rsatkichi 
sub`ektning biror faoliyat vazifasini bajarishdagi natijasi bilan bir nechta vazifani 
bajarish natijasini solishtirish orqali aniqlanadi. 
Diqqatning ko`chishi, uning yo`nalishi va to`planishini bir ob`ektdan 
boshqasiga o`tishi tushuniladi. Uning ko`rsatkichi sub`ektning bir faoliyatdan 
boshqasiga o`tishining qiyinligida namoyon bo`ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha
diqqatning ko`chishi asab tizimining xususiyatiga ham bog`liq bo`ladi. Asab tizimi 
harakatchan bo`lgan kishilar diqqatining ko`chishi oson, rigid - qotib qolgan bo`lsa, 
qiyin bo`ladi. (Masalan-flegmatik). SHu bilan birga diqqatning ko`chishi shaxs 
xususiyatlariga, faolligi, qiziqishi, motivatsiya darajasiga bog`liq: 



25
YUqorida sanab o`tilgan diqqat xossalari bir-biri bilan funktsional jihatdan 
bog`liq bo`lib, ajratish faqat tajriba usullaridan biridir.  
Diqqat xossalarini tabiiy sharoitda ham o`rganish
mumkinmi? 
 
Diqqatni o`rganishga yo`naltirilgan laboratoriya metodlari blankalar usulidan 
iborat bo`lib, ular korrektura sinovi, degan umumiy nom bilan ataladi. Korrektur 
sinovi blankalari turli stimullardan-harflar, raqamlar, geometrik shakllardan iborat 
bo`lishi mumkin. Tekshiriluvchining vazifasi berilgan stimulni boshqalaridan ajratib 
bir xil tarzda belgilashdan iborat. Diqqat tanlovchanligi aniqligi ko`rsatkichi vazifani 
bajarishning aniqligi koeffitsienti bilan belgilanadi. Vazifani bajarishning aniqligi 
koeffitsienti (A) Uippl formulasi bilan hisoblanadi: 
P
N
r
N




bu erda N - umumiy aniqlangan stimullar soni, R-qoldirilgan stimullar soni, r- 
noto`g`ri aniqlangan stimullar soni. Diqqat tanlovchanligining yana bir ko`rsatkichi, 
tekshiriluvchi tomonidan berilgan stimulni topish uchun sarflangan vaqt (m) (T.C) 
dir. U bitta stimulni topishga sarflangan vaqt (S) tanlash vaqti deb qaraladi. Tanlash 
tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
T
m
S

Bu uslubni o`tkazish uchun kirill alifbosidagi harflardan iborat blankalar 
tayyorlanadi. Har bir blankada 10 qatorga 54 tadan harf yozilib ular ichida tartibsiz 
holda 24 so`z (turli darajadagi qiyinlikdagi) yashiringan. Tekshiriluvchining vazifasi 
ana shu so`zlarni topishdan iborat. Bunda sarflangan vaqt e`tiborga olinadi.
Eksperimentator avvaldan tayyorlangan dastur-blankasiga ega bo`ladi. Natijani 
tahlil qilishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
1) Natija dastur blankasi bilan solishtiriladi. 
2) CHizilgan so`zlar soni sanab chiqiladi. 
3) Qoldirilgan so`zlar soni sanaladi(p): 
4) Noto`g`ri chizilgan so`zlar soni aniqlanadi- (r). 
5) To`g`ri chizilgan so`zlar soni (m) aniqlanadi. 
6) Uippl formulasi bo`yicha A ni hisoblanadi. 
7) Tanlash tezligini hisoblash (S).
8) Barcha tekshiriluvchilar uchun o`rtacha ko`rsatkichni aniqlash. 
Ana shular natijasiga ko`ra diqqatning tanlovchanligining individual xususiyati 
tahlil qilinadi. 
Diqqat kontsentratsiyasi va barqarorligi o`rtasida qanday farq mavjud? 
Diqqatning barqarorligi va to`planishini o`rganish ishlab chiqarish amaliyoti 
extiyojlaridan kelib chiqqan. Ixtiyorsiz diqqat barqarorligini o`rganish uchun 
apparatura metodlaridan foydalaniladi, ixtiyoriy diqqatni o`rganishda esa, albatta, 
shaxsning faolligi hisobga olinadi. Bunda eng keng tarqalgan usul korrektura 
sinovidir. Korrektura sinovini Burdon tomonidan ishlab chiqilgan va Anfimov 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin