10
3. Mexanizmning ishlash jarayonida tekshiriluvchiga ta`sir etishi mumkin
bo`lgan holatlarning yo`qligi;
4. Tadqiq etilayotgan hodisani avtomatik tarzda qayd etib borish imkoniyatining
qulay va osonligi.
Ayrim psixologik tadqiqotlarni maxsus apparaturalarsiz olib borish mumkin
emas. Masalan, sezgi, idrok, hissiyotning ifodalanishi va boshqalar. Ba`zi tajribalar
uchun esa apparaturalarning bo`lishi shart emas yoki ular ikkinchi darajali
ahamiyatga ega. Masalan. eksperementator savollariga og`zaki javob berish kerak
bo`lsa, apparaturaga zarurat sezilmaydi.
Har qanday psixologik tadqiqot echilishi lozim bo`lgan muammoni
shakllantirishdan boshlanadi. Muammoning to`g`ri shakllantirish uchun shu fan bilan
yoki uning shu muammoga taalluqli bo`lgan bo`limi bilan yaxshi tanish bo`lishi
kerak.
Tajribada foydalaniladigan apparaturalarning tekshiriluvchi ruhiyatiga
ta`siri qanjay bo`ladi?
Tadqiqot farazi- o`z oldiga kuygan savollarga taxminiy javobdir. Tajriba o`tkazish
orqali qo`yilgan farazni tasdiqlash yoki inkor qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: