1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə12/22
tarix13.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#97043
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Eksperimental psixologiya

yordamida o`rganish.
R E J A :

  1. Psixofizika va uning muammolari.

  2. Sezgirlikning mutloq chegarasini aniqlash metodlari.

  3. Farq qilish chegarasini aniqlash metodlari.



Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:

  • Psixofizika-psixologiya va fizika oralig`ida tashkil topgan umumiy psixolgiyaning klassik bo`limlaridan biri.

  • Psixofizik muammo-psixikaning tabiatdagi o`rnini aniqlash.

  • Psixofizik qonun- sezgirlik kuchining qo`zg`atuvchining kuchiga bog`liqligi.

  • Absolyut chegara-qo`zg`atuvchining sezgi hosil qiladigan eng yuqori va eng kichik kuchi.

  • Farq qilish chegarasi- ikkita qo`zg`atuvchi kuchi o`rtasidagi minimal farq.

  • Minimal o`zgaruvchilar metodi- farq qilish yoki absolyut chegarani o`rganish metodi.

Psixofizika umumiy psixologiyaning klassik bo`limlaridan biri bo`lib, uning asoschisi Gustav Teodor Fexner (1801-1887) hisoblanadi. Psixofizikaning o`ziga xos tomoni. Kuzatilayotgan hatti-harakat va ruhiy holatlar eng avvalo ularni vujudga keltirgan turli fizik (tabiiy) sharoitlar orqali tushuntiriladi. Ayniqsa, sensor va pertseptiv faoliyatini psixofizik o`rganilishi yaxshi rivojlangan bo`lib tadqiqotlar 2 xil yo`nalishda 1-sezgirlik chegaralarini o`rganish: 2-psixofizik shkalalar tuzish; tarzida tashkil etiladi.
Tekshiruvchilar ish holatini yozib olishning zamonaviy vositalaridan foydalanish nafaqat sensor va pertseptiv jarayonlarni, balki ichki faollik va qaror qabul qilish kabi holatlarni ham o`rganish imkonini beradi. Psixofizikaning zamonaviy uslublaridan biri R.SHepardning ko`p o`lchovli shkalalashtirish metodikasidir. Uning yordami bilan sezgirlikning eng muhim va o`ziga xos tomonlari o`rganiladi. Bunday tadqiqotlar nafaqat sezgirlik psixofizikasida, balki hissiyot psixologiyasida, psixodiagnostika va psixosemantikada ham keng qo`llaniladi.
Psixofizik muammo keng ma`noda birinchidan, psixikaning tabiatdagi o`rni, tor ma`noda esa psixologik va fiziologik jarayonlarning o`zaro nisbatidir. Ikkinchidan, psixofizika muammosini psixofiziologik muammo, deb atash mumkin. Psixofizik muammolar - XVII asrda R.Dekart jonli organizmlarning xulq-atvorini mexanik o`zaro ta`sir sifatida qarash kerakligi haqidagi g`oyani ilgari so`rgandan so`ng, ayniqsa, dolzarb bo`lib qoldi.
Bu g`oyaga ko`ra ongning tushuntirish qiyin bo`lgan aktlari jismsiz fazoviy bo`lmagan substantsiyaga kiritilgan. Bu substantsiyaning “tana mashinasi” ishiga munosabati R.Dekartni psixofizik o`zaro ta`sir kontseptsiyasini ilgari surishga undadi, ya`ni tana faqat harakat qiladi, jon faqat fikrlaydi, ular miyaning muayyan qismida bir-biriga ta`sir etadi.
T.Gobbs va B.Spinoza bu g`oyaga qarshi chiqib, o`z qarashlarini ilgari surishgan. Gobbs, sezgini moddiy jarayonlarning yordamchi predmeti, deb qarasa, Spinoza g`oyalar tartibi, xuddi buyumlar tartibiga o`xshaydi, deb ko`rsatadi. G.V.Leybnits, mexanistik qarash bilan psixikani noyob mohiyat, deb qarashni bir-biriga aralashtirgan holda psixofizik parallelizm g`oyasini ilgari surdi. Uning fikricha tana va jon o`z operatsiyalarini bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda bajaradi, lekin ular o`rtasida nihoyatda nozik kelishuvchanlik mavjud. Ular bir-biriga bog`liq bo`lmay yurayotgan, lekin bir vaqtni ko`rsatayotgan ikkita soat strelkasiga o`xshaydi.
X1X asrning oxiri XX asr boshlarida psixofizik muammoni mexanizm yo`nalishida talqin qilish keng avj oldi. Bu oqim jon va tanani bir xil elementdan tashkil topgan, deb hisoblaydi.
Juda ko`plab asarlarda psixofizik muammolar, psixikani yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xossasi, ya`ni jonli mavjudot bilan tashqi dunyoning o`ziga xos ta`siri natijasi sifatida qarash orqali tushuntiriladi. Psixofiziologiya va u bilan bog`liq ko`pgina fanlarning tarmoqlarida psixik aktlar va ularning fiziologik substratlarining bog`liqligi haqida boy ma`lumotlar to`plandi.

?
Sezgirlikni tajriba asosida o`rganishning ahamiyati
qanday?

Tashqi olam haqidagi bilimlar asosi sezgilardir. Sezgi tashqi olamdagi predmetlarning sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etish bilan ularning xossalarini inson miyasida aks ettirilishidir. Sezgi qo`zg`atuvchining maxsus energiyasiga aylantirilishi natijasidir.


Afferent tizim organizmning umumiy holatini ma`lum darajada aks ettirish imkoniyatiga ega. eksperimental yo`l bilan bilinar-bilinmas sezgirlikni vujudga keltiradigan qo`zg`atuvchining minimal kuchini aniqlash mumkin. Bu minimal intensivlikni psixofizika asoschisi G.T.Fexner sezgi a`zolari sezgirligining absolyut chegarasi bilan sezgi a`zolari sezgirligi o`rtasida teskari proportsional aloqa mavjud: chegara qanchalik kichik bo`lsa, sezgirlik shuncha yuqori bo`ladi, deb ta`riflaydi. Buni quyidagi, formula bilan izohlanadi;

bu erda E - sezgirlik, RL - sezgirlikning absolyut chegarasi. Inson sezgi a`zolari yordamida qo`zg`atuvchilar o`rtasidagi farqni ham ajrata oladi. qo`zg`atuvchining ikkita kuchi o`rtasidagi bilinadigan farq sezgirlikning farq qilish chegarasi, deb ataladi. Farq qilish chegarasi DL bilan belgilanadi, u qanchalik yuqori bo`lsa, chegara shunchalik past bo`ladi.

Nemis fiziologi e.Veber X1X asrda eksperimental yo`l bilan farq qilish chegarasining kuchi nisbiyligi, qo`shimcha minimal qo`zg`atuvchi dastlabki qo`zg`atuvchining kuchiga nisbatan doimiy mikdor ekanligini isbotladi.
Fexner sezgirlik intensivligining o`zgarishi fizik qo`zg`atuvchining kuchiga bog`liqligini quyidagicha ifodalaydi:

bu erda Ed q farq qilish sezgirligi, s- konstanta , r - qo`zg`atuvchining kuchini ( R ) sezgirlikning absolyut chegarasiga nisbati ( RL ) ya`ni
G.Fexner psixofizik qonunni quyidagicha ifodalaydi. sezgirlik kuchi qo`zg`atuvchining absolyut qiymatiga emas, balki qo`zg`atuvchi kuchininng logarifmiga proportsionaldir.

?
Sezgi qonuniyatlarini kuzatish orqali ham o`rganish
mumkinmi?

G.Fexner absolyut va farq qilish chegaralarini o`lchashning bir necha metodlarini taklif kildi.


Bunday metodlardan biri minimal o`zgaruvchilar yoki chegara metodi deb yuritiladi.
Bu metodning mohiyati uning nomidan ko`rinib turibdiki, oldindan tayyorlangan qo`zg`atuvchilar shunday berib boriladiki, ular bir-biridan minimal darajada farq qilishini aniqlash mumkin bo`ladi. Qo`zg`atuvchi goh ortib, goh kamayib boruvchi tartibda beriladi. Har bir turkum qo`zg`atuvchilar tartibi javoblarning o`zgarishi bilan belgilanadi. («ha», «yo`q», «ko`ryapman», «ko`rmayapman»). Odatda sezgirlikni o`lchash kamayib boruvchi qo`zg`atuvchilar berib borishdan boshlanadi. Qo`zg`atuvchining ta`siri sezilmay kolguncha davom ettiriladi. Ortib boruvchi qator uchun ham shunday tartibda o`tkaziladi. Tajribaning har bir qismi 6 martadan 15 tagacha takrorlanadi. Sezgirlikning absolyut chegarasi sifatida ularning o`rtacha arifmetik qiymati (M) olinadi.

bu erda RL - o`rtacha sezgirlikning absolyut chegarasi, L - har bir o`suvchi va kamayuvchi qo`zg`atuvchilar qatorining chegara qiymati, N - qo`zg`atuvchilar qatorining umumiy soni. Tekshiriluvchilar javoblarining variativligi o`rtacha kvadratik chetlanish( )yordamida aniqlanadi o`rtacha xatolar quyidagicha aniqlanadi.

bu erda - RL - dan o`rtacha arifmetik chetlanish, N - tanlanmalar soni.

?
Sezgirlik chegaralarini o`rganishda ko`proq qaysi metodga
asoslaniladi?
Sezgirlikning absolyut chegarasini aniqlash maqsadida doimiy qo`zg`atuvchilar yoki konstant metodidan ham foydalaniladi. Bu metodni boshlashdan avval chegara zonasining diapazonini aniqlab olish kerak. CHegara zonasi, tekshiriluvchi qo`zg`atuvchini sezadigan yoki sezmay qoladigan intensivligi zonasidir. Bu zona teng bir-xil toq bo`lgan intervallarga bo`linib olinadi. (5 dan 9 gacha). SHuning uchun ham qo`zg`atuvchilarning barcha kuchlari o`rtasidagi farq doimo bir xildir.
Sezgirlikning farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida ham minimal o`zgaruvchilar metodidan foydalaniladi. Farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida dastlab etalon qo`zg`atuvchini ajratib olish kerak. Dastlab etalon qo`zg`atuvchi, keyin o`zgaruvchi qo`zg`atuvchilar bir vaqtda beriladi. Tekshiriluvchi “katta”, “kichik” yoki «teng» deb javob berishi kerak bo`ladi. Natijalarni tahlil qilish uchun javoblar o`zgarishi “kichikdan tengga” “tengdan katta”ga o`tishining chegarasini aniqlash zarur bo`ladi. “katta” va “ kichik” degan javoblarning o`rtacha qiymati topiladi. Ular o`rtasidagi farq noaniqlik intervalini belgilaydi. Noaniqlik intervalining teng yarmi qidirilayotgan farq qilish chegarasini topish imkonini beradi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin