Psixologik tadqiqot bosqichlari: 1. Tayyorgarlik bosqichi: vazifa, faraz va metodikani aniqlab olish.
2. Ma`lumot to`plash bosqichi. Metod kichik bosqich va seriyalarga bo`lib o`tkaziladi.
3. Tadqiqot natijalarini miqdoriy tahlil qilish bosqichi korrellyatsiya koeffitsienti, o`rtacha qiymat, standart og`ish va boshqalarni hisoblash, grafiklar tuzish.
4. Natijalarni interpretatsiya qilish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
YUqoridagi bosqichlar asosida tashkil etilgan psixologik tadqiqotlar ko`zlangan maqsadga olib borish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Mavzu yuzasidan test savollari: Eksperimental psixologiya psixologiya fanining qaysi sohasiga kiradi?
A) Aniq faoliyatni o`rganuvchi
V) Umumiy psixologiya
S) SHaxsning jamiyatga munosabatini o`rganuvchi
D) Taraqqiyotning psixologik tomonini o`rganuvchi
E) Amaliy psixologiya
Psixologiyada tajriba (eksperiment) metodidan qachondan foydalana boshlangan?
Dastlabki psixologiya laboratoriyasi qachon va qaysi shaharda tashkil etilgan?
A) 1870 yil, Berlin
V) 1980 yil, London
S) 1979 yil, Leyptsig
D) 1875 yil, Parij
E) 1989 yil, Moskva
Eksperimental psixologiyaning asoschisi kim?
A) e.Veber V) G.Fexner S) e.Ebbingauz
D) V.Vundt E) A.Bine
Psixologik tadqiqot necha bosqichdan iborat?
A) 3 V) 4 S) 5 D) 2 E) 6
Dastlabki psixologiya laboratoriyalar qanday atalgan?
A) Psixofizik laboratoriya
V) Psixologiya laboratoriyasi
S) Psixologik-fiziologiya laboratoriyasi
D) eksperimental laboratoriya
E) Amaliy laboratoriya
Ilk bor tashkil etilgan laboratoriyalarda qanday psixologik xususiyatlar o`rganilgan?
A) Sezgi, idrok, reaktsiya tezligi
V) Xotira, tafakkur va xayol
S) Individual psixologik xususiyatlar
D) SHaxsning motivatsion sohasi
E) Bilish jarayonlari
Psixologik tadqiqotning qaysi bosqichida tekshiriluvchi uchun ko`rsatma (instruktsiya) ishlab chiqariladi?
A) Interpretatsiya qilish
V) Ma`lumot to`plash
S) Natijalarni sifat tahlil qilish
D) Natijalarni miqdoriy qayta ishlash
E) Tayyorgarlik ko`rish
Tadqiqot bayonnomasi kim tomonidan to`ldiriladi?
A) Tekshiriluvchi
V) Tekshiruvchi
S) Assistent
D) Kuzatuvchi
E) Kotiba
«Nutq, tafakkur, iroda kabi bilish jarayonlarini tajriba orqali o`rganish mumkin emas» deb ta`riflagan olim kim edi?
A) Z.Freyd V) ebbingauz S) R.Dekart
D) V.Vundt E) e.Veber
V.Vundtning 1880-1881 yillarda nashr etilgan, eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga katta hissa bo`lib qo`shilgan asari qanday nomlanadi?