1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə4/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
6594 Majmua

Nazorat uchun savollar:
1.Psixodiagnostika faning predmeti nima?
2. Psixodiagnostika faning maqsadini tahlil qiling?
3.Eksperimental psixologiya nimani o‘rgatadi?
4. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining vazifalarini tahlil qiling?
2-Mavzy: Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya faniga kirish.
Reja:
1. Psixodiagnostik va eksperimental bilimlar qo‘llanadigan sohalar.
2.Psixodiagnostik va eksperimental tekshiruv bosqichlari.
Tayanch tushunchalar:amaliy psixologiya

Amaliy psixologiya va uning sohalari
Hozirda hayotimizda mavjud bo’lgan barcha fan yo’nalishlarining ahamiyati eng avvalo ularning tadbiqiy xarakteriga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. O’zbekistonda ham fundamental hamda ijtimoiy fanlarning rivojlanishiga e’tibor beradigan bo’lsak, ularning hayotiyligi va umrboqiyligi halq turmush farovonligini oshirishga nechog’li ulush qo’sha olishi orqali baholanishini bilish qiyin emas. Masalan, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tilayotgan bugungi kunda iqtisodiyot fanining har bir yo’nalishida qo’lga kiritilgan ilmiy yangiliklar xalq xo’jaligini u yoki bu tarmog’ida o’z tasdig’ini topmas yoki iqtisodiy samara bermas ekan, uning qiymatini “nolga” teng deyish mumkin. Bu narsa hozirgi zamon psixologiyasiga ham taalluqli bo’lib, u jamiyatning kundalik talablari va buyurtmasiga qarab o’z tadqiqot yo’nalishlarini belgilamoqda.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirilishi, marketing xizmatlari yoki boshqaruv tizimini takomillashtirilishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Ta’lim to’g’risidagi qonun ijrosining barchasi inson va uning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgandir. Ikkinchi tomondan, buni bevosita amalga oshiruvchilar insonlar yoki ulardan iborat ijtimoiy guruhlar bo’lganligi bois, zamonaviy psixologiya bugungi kungi tadbiqiy sohalarini rivojlantirishni va jamiyatga o’z “mahsulotini” berishidan manfaatdordir. Alohida ta’kidlash lozimki, amaliy psixologiyadagi “samara” tushunchasi va uni o’lchash mezonlari bilan nazariy psixologiyadagi “samara mezonlari” bir-biridan tubdan farq qiladi. Ya’ni, nazariy xulosalarga bevosita olimlar, shu sohaning mutaxassislari baho bersalar, amaliy psixologiya qo’lga kiritgan yutuqlar va tavsiyalarning nechog’li foydali va samaraligiga bevosita buyurtmachi, ishlab chiqarish sohasining vakili bo’lmish amaliyotchi o’z bahosini beradi.
Psixodiagnostika” – psixologik tashxisning amaliy jihati bilan bog’liq bo’lgan psixologning maxsus faoliyatidir.
Faoliyat ko’rsatayotgan amaliyotchi psixolog ham bu jarayonga bevosita aralashsa-da, uning bahosi va bashoratlari nazariyotchinikidan tafovut hosil qiladi. Agar bugun ishlab chiqarishning barcha ustivor yo’nalishlarini malakali amaliyotchi psixologlar bilan ta’minlay olganimizda edi, mehnat unumdorligi ham, odamlarning o’z mehnatidan manfaatdorligi ham ancha yuqori bo’lgan bo’lardi.
Psixologiya fanining XXI asrdagi rivoji, uning ko’proq amaliyotga yo’naltirilganligi, jamiyatning bevosita buyurtmasiga ko’ra malakali psixolog xodimlar tayyorlash jarayonining sifat va miqdor ko’rsatgichlarini tubdan isloh qilinishi bilan tavsiflanadi. Bu uchun eng avvalo, jamiyatda boshlangan barcha ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy islohotlarni izchil amalga oshirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini bajarilishi uchun soha mutaxassislarini safarbar etishga erishish lozim. Amaliy psixologiyaning asosiy aspektlari va yo’nalishlari bir-biridan tubdan farqlanadi va unga quyidagi: psixologik diagnostika; psixologik maslahatlar; psixokorreksiya (psixologik yordam ko’rsatish) bilan bog’liq texnologiyalarni qo’llashlar kiradi.
Yuqorida qayd etilganlarning har biri amaliy psixologiya sohasini amaliyotga bog’liq jabhalari bo’lib, ularni amalga oshirilish jarayoni ishlab chiqarishni yaxshi tushunadigan mutaxassislarning bo’lishini talab qiladi. Bundan tashqari, amaliy psixologiyaning nazariy sohalari ham mavjud bhlib, ularga siyosiy psixologiya, etnopsixologiya, tashkiliy psixologiya, iqtisodiy psixologiya kabilar kiradi. Bu yo’nalishlar G’arbda ayniqsa, o’tgan asrning 60-yillarini oxiri va 70-yillarining boshida shu darajada rivojlandiki, mutaxassislar, hattoki, psixologiyaning haddan ziyod “nazariylashib ketganligini” tanqid qila boshladilar. Masalan, amerikalik va yevropalik G.Ollport, R.Terner, M.Rozenberg kabi ko’zga ko’ringan psixolog olimlarning fikricha, psixologiya tor tadqiqot laboratoriyalaridan keng amaliyotga, hayotga chiqishi va jamiyatdagi insoniy munosabatlarni takomillashtirishga o’z hissasini qo’shishi lozim bo’lib qoldi. Aynan, shu tariqa psixologik bilimlarning aslida mohiyatan ijtimoiy ekanlik g’oyasi paydo bo’ldi.
Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari: Sanoat va ishlab chiqarish sohasi. Sanoat va mahsulot ishlab chiqarish sohasidagi tadbiqiy ishlar mavjud tashkilotda xodimlar zahirasini to’g’ri va oqilona tashkillashtirishdan tortib, xodimlar ish sharoitlari hamda mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar kompleksini ilmiy ravishda o’rganishga qaratilgan harakatlar majmuidan iboratdir. Xodimlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi. Bu a’zolarni ishga jalb etish jarayonida bilish zarur bo’lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to’g’ri yo’naltirish, o’z joyiga qo’yish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazish bilan bog’liq xodimlar siyosatini olib borishga aloqador xizmatdir. Psixolog bu o’rinda, asosan, maslahatchi – konsultant va ekspert sifatida rol o’ynaydi.
Maorif sohasidagi amaliy ishlar boshqalariga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim
Ta’lim muassasalari – akademik liseylar va kasb-hunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati joriy etilgan. Shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining buyrug’iga asosan, Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini, ma’naviy muhitni ilmiyamaliy tadqiq qilish, yoshlar ijtimoiy faolligini sosiologik, psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash, muammolarni o’z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-metodik yordam ko’rsatuvchi “Ta’lim-tarbiya jarayonini sosiologik, psixologik va pedagogik qo’llab-quvvatlash xizmati” tashkil etildi. Ular aynan tadbiqiy muammolarni, ya’ni talabaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga “aralashadi”.
Yuqoridagi e’tirof etilgan amaliy psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiylik shundan iboratki, ularda faoliyat yuritganlarning, avvalo, yaxshi psixodiagnost, ya’ni psixologiya metodlarini o’z o’rnida samarali ishlatishni bilishi, yaxshigina psixoterapevt va psixokorrektor, aniqlangan muammo yoki “kasallikni” tuzatuvchi mohir professional bo’lishi kerakligini taqozo etadi.
Darhaqiqat, agar xolis baho beriladigan bo’lsa, alohida shaxs yoki u mansub bo’lgan har qanday ijtimoiy guruh – oiladan tortib, mehnat jamoasigacha ro’y beradi- gan barcha hodisalarda ijtimoiylik elementlari mavjud. Misol uchun “ijtimoiy emas” deb qaralgan birgina psixik jarayon – xotira yoki diqqatni olaylik. Biror materialni samarali esda saqlab qolish uchun eng avvalo, unga diqqatni yaxshilab yo’naltirish kerak bo’ladi.Agar bu holat auditoriyada ro’y berayotgan bo’lsa, diqqatning xususiyati nafaqat materialning qiziqarliligiga, balki uni kim va qanday uslubda onga yetkazayotganligiga, qolaversa, auditoriyaning yaxlit guruh sifatida darsga bo’lgan munosabatiga bog’liq bo’ladi. Shuningdek, agar menga o’sha o’qituvchi – voiz va shaxs sifatida yoqsa, uning gapirgan har bir so’zi beixtiyor yodimda qoladi. Tinglayotgan paytimda yonimda o’tirgan kursdoshim yoki do’stim ham ko’nglimga ma’qul bo’lsa, bu darsni o’zlashtirish mendan hyech qanday ma’naviy zo’riqishni talab etmaydi. Aksincha, bu holat meni yana va yana shu o’qituvchining darslariga, aynan shu sherigim bilan, aynan shu auditoriyaga kelishimga undaydi. Shu bois, psixologiyada alohida shaxsning faoliyatiga aloqador, deb e’tirof etilib kelgan motivasiya masalasi aslida tom ma’noda ijtimoiy motivasiyadir va u psixik jarayonlarning kechishi hamda samaradorligiga aloqadordir.
Shuning uchun ham gap o’qitish yoki o’zlashtirishning samaradorligi ustida ketganda, eng avvalo ta’limtarbiya jarayonidagi psixologik omillar va ularning ijtimoiy xarakteriga e’tibor qaratilishi kerak
Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida
Psixologik tadqiqotlarni to`g`ri tashkil etish uchun psixolog qanday bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishi kerak? Amaliy psixolog qandaytadqiqotlarni tashkil etishi mumkin?
Har qanday metoddan foydalanish jarayonida quyidagi metodologik tamoyillarga rioya qilish zarur:
- metod fanning predmetiga mos kelishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini

Aks ettirishi kerak;


psixologiyaning umumiy metodi ob`ektiv bo`lishi shart.


- genetik (evolyutsion) tamoyilni saqlash kerak.
- individual farqlar e`tiborga olingan holda ilmiy umumlashtirishdan foydalanish zarur.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin