1 mavzu: eksperimental psixologiyaning predmeti


Psixodiagnostik metodlar va diagnostik yondoshish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə14/46
tarix22.12.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#189716
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
6594 Majmua

Psixodiagnostik metodlar va diagnostik yondoshish
Psixologik tashxis (diagnoz)ning rivojlanishi maxsus tadqiqot uslubi – diagnostik uslubning paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Bu psixologiyadagi mavjud boshqa uslublar tizimida qanday o’rinni egallaydi va uning o’ziga xosligi nimada? Psixologik adabiyotlarda ko’pincha “metod” va “metodika” tushunchalarini turli mazmunda uchratamiz. Biz psixologiyaning ma’lum uslubiy tamoyillari o’zining birlamchi ifodasini konkret tadqiqotlar natijalaridan olishini bilamiz. Tadqiqot uslubining eksperimental va noeksperimental (tavsiflash) turga bo’linishi barcha adabiyotlarda o’z ifodasini topgan. Noeksperimental uslub metodikaning kuzatish, suhbatlar, faoliyat mahsullarini o’rganishni o’z ichiga qamrab oladi. Tadbiqiy metod (qo’llanma) yo’naltirilgan shart-sharoit yaratishga asoslangan. Bu shart-sharoitlar o’rganilayotgan omil (o’zgaruvchi)ni ajratib olishni ta’minlab, uning ta’siriga bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni qayd qiladi. Bundan tashqari u tadqiqotchini sinalayotgan shaxsning faoliyatiga aralashish imkoniyatiga yo’l qo’yadi. Natijada, psixologiya uchun ko’p sonli va odatiy laborator va tabiiy eksperiment metodikasi yaratiladi. Diagnostik testlar ayrim hollardagina eksperimental metod chegarasida qaraladi. Shu bois, biz mutloq xususiyatli va qator metodikalarni umumlashtiruvchi psixodiagnostik metodni ajratish kerak, deb hisoblaymiz. Psixodiagnostik metodning asosiy xususiyati, uning o’lchash-sinash, baholovchi yo’nalishlari orqali ifodalanadi. Bu yo’nalishlar yordamida o’rganilayotgan hodisaning miqdor va sifat kvalifikasiyasiga erishiladi. Eng muhim talablardan biri – o’lchagich asbobning standart bo’lishi (uning asosida norma tushunchasi yotadi) hisoblanadi.
Har qanday diagnostik metodika (test) ishonchli, mustahkam talablarga javob berishi kerak. Tadqiqot jarayoning o’zi ham bir qator qat’iy talablarni (aniq instruksiyaga rioya qilish, vaqtdan chegaralanish va eksperimentchining aralashuvini cheklash) joriy etadi. Shuningdek, psixodiagnostik metodning tahlili o’ziga xos sabablarni ham ajrata olishi bilan tavsiflanadi. Bu sabablar subyekt faolligi va strategiyasini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Diagnostik metodni tavsiflayotganda, uning o’lchash-sinash yo’nalishining ko’rsatgichi bilan chegaralanib qolish yetarli emas. Aks holda tushuntirish g’olibligi eksperiment metodga beriladi. Haqiqatda esa, diagnostik tadqiqot o’ziga xos tushuntirish elementlari, sabablarni ochish, talablarga mos kelgan tavsiyalarni ishlab chiqish orqali baholashni amalga oshirish zarur.
Hozirgi zamon psixologiyasi har xil usullar bilan kishi amaliy faoliyatiga ta'sir qilish imkoniga ega. Shunday usullardan biri, bu turli toifadagi odamlarga psixologik yordam k o ‘rsatishdan iboratdir. Ammo psixologik yordam k’o’krsatish uchun, avvalo, ulardagi psixik o’garishlar sabablarini va unga ta'sir qiluvchi om illam i aniqlash zarurati tug‘iladi. Bunda biz psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda m etodikalariga murojaat qilam iz. 0’z-o‘zidan savol tug‘iladi: «psixodiagnostika» atamasi nimani anglatadi va u nimalami o'rganadi ham da uning nazariy, am aliy vazifalari nimalardan iborat? «Psixodiagnostika» atamasi psixologik tash x is q o ‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holatida to ‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so 'n g psixiatriyada qollanilgan b o 'lib , u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda om malasha boshladi.
«Diagnoz», ya’ni «tashxis» esa shaxsrivojlanishidagi har qanday o g ‘ishlarni, hattoki uning holat vaxususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.Psixodiagnostika - bu m axsus bilimlar sohasi b o lib , individ
guruhning psixologik taraqqiyot ko'rsatkichlarini, holat vaxususiyatlarim baholash uchun metodika va metodologiyalarnazariyasi ishlab chiqish bilan bogiiqdir. Psixologiya fanio’rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash
ob'ekti bo'lishi mumkin. Masalan: o ‘zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va m uloqotida yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha. Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat:
-psixik ko'rinishlar tabiati va ulami ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish;
-hozirgi paytda psixologik ko4rinishlam ing miqdorini baholash va uning ilm iy asoslanganlik holatini o'rganish;
-psixodiagnostik usul va uslublam ing asosiy m etodologik talablari nim alardan iborat;
-psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan;
-test va psixodiagnostik m etodtam ing tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat
.
Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining m axsus sohasiga taalluqli bo'lib, amaliy psixologik tashxis q o ‘yish bilan bogiiqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o*tkazíshning amaliy jabhalarini qam rab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir:
psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talabiami aniqlashtirish psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o ‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida; psixodiagnostika sohasida o‘z ishini m uvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o ‘zida m ujassam lashtirishi shart bo’lgan bilim, ko‘nikma va malakalar;
psixologning psixodiagnostika sohasida m alakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish.
Bu vazifalar majmuasi, ya'ni psixodiagnostika fanining nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan bog‘liqdir. U shbu sohada etuk mutaxassis bo‘lib etishish uchun, psixolog nazariyani va amaliy psixodiagnostikaning asoslarini yuqori darajada o‘zlashtirib oigan bo’lishi shart.
Amaliyotda individ, guruhning psixik taraqqiyot darajasi o'rganiladi hamda quyidagi vazifalardan biri am alga oshiriladi: biror-bir xususiyatga xos taraqqiyot holatini aniqlash; taraqqiyot dinamikasini va qandaydir vaqt davri mobaynidan qayta tarbiyalash imkonini aniqlash; ta'lim-tarbiya natijasida. O’tkazilgan pedagogik eksperiment natijasida individ guruh xulqi va ruhiyatidagi real o’zgarishlarni kuzatib borish; shaxs sifatlarining oldingi taraqqiyot dinam ikasi va
qonuniyatlari tahlili asosida kelajakdagi taraqqiyotini aniqlab olish sinaluvchi kishilar guruhlarni taraqqiyot darajasi natijasiga asoslanib kelajakdagi ishlar uchun toifalarga ajratish; u yoki bu topshiriqlarni bajara olishiga qarab individ guruhlarning yaroqliligini aniqlash, masalan o ‘z xizm at vazifasini bajara olishda kasbiy tayyorgarligini tekshirish; psixokorrektsion ishlar olib borish m aqsadida individ
guruhning ijtimoiy me'yorga m os yoki mos em asligini aniqlash; individ yoki guruhning kelajak hayot yo’liga yordam berish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish.
Yuqorida sanab o ‘tilgan vazifalar psixodiagnostika fani uchun umumiy hisoblanadi. Bu vazifalardan aksariyati m aktabgacha tarbiya muassasalarida va maktab ta'lim larida har xil yoshdagi bolalarga mos ravishda olib boriladigan ish jarayonlarida u bu darajada hal qilinadi. Psixodiagnostika xususiy jihatdan quyidagi vazifalami amalga
oshiradi:
bola tug’llgandan boshlab maktab ta'lim jarayoniga tayyorgarligi, yosh davrlarining psixologik taraqqiyot dinamikasini o’rganadi (bilish jarayonlari, intellektual qobiliyatlari, shaxs sifatlari hamda shaxslararo munosabatlarini). Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik kartochka to‘ldiriladi va uning rivojlanish ko'rsatkichlari har oyda yoki yilda qayd qilinib boriladi; har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini tekshirish, uning o ‘rtacha standart m e'yorlardan chetlashishlari, ya'ni ijobiy (rivojlanishda oldindami) salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tom onlarini aniqlash; bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi yutuqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat ko‘rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; bolani yanada rivojlantirish m aqsadida uning iqtidori, layoqati va individual qobiliyatlarini ham da qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik m aslahat va kasbga yo‘naltiriIish
ishlarini olib borish; bolaning psixologik holati haqida ota-onalarga, o ‘qituvchilarga
zarur b o ‘lgan har tomonlama m a'lum otlar to‘planib, bolaga mos ravishda ta ’lim va tarbiya metodlarini tanlash.
Psixodiagnostika fani psixologiya tarmoqlaridan biri bo‘lib, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini, aqliy taraqqiyotini aniqlab o’lc h a s h , ya’ni hisoblab chiqaruvchi metodlarini o'rgatuvchi fandir.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin