M etodikalarga qo‘yiladigan ta la b la r Pedagogik-psixologik eksperiment, tadqiqotning ishonchli vositasi bo’lishi hamda natijalarning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish uchun va ushbu natijalar asosida to‘g vri xulosa chiqarish uchun tadqiqotda qo’llanilgan psixodiagnostik metodika ilmiy asoslangan bo'lishi kerak, bunda m etodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: validlik, ishonchlilik, bir sifatlilik va aniqlik. Endi har bir talabni alohida ko‘rib chiqam iz.
«V alidlik» atam asi Evropa tillaridan olingan bo'lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to’laqonli», «yaroqli», «mos». Psixodiagnostik m etodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o ‘rganilayotgan psixologik xususiyatga moMjallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baholashga m osligi hamda yaroqliligini ko’rsatib beradi. M etodikaning v a lid lik tavsifi ushbu metodika orqali
haqiqatdan ham psixologik sifatni o ‘lchash mumkin, degan xulosadan tashqari uni q o ‘llash mumkin bo‘lgan sohani va uning sharoitlari haqidagi m a'lum otlam i ham o‘ziga qam rab oladi. Psixodiagnostik m etodikaning validligi haqida mulohaza qilar ekanm iz, validlikning bir necha turi borligini va ularning har birini alohida ko‘rib chiqish ham da baholash zarurligini qayd etamiz. Validlik - nazariy, am aliy, empirik, ichki va tashqi bo’lishi mumkin. N azariy validlik — qo’llanilgan metodika yordamida olingan ko’rsatkichlarni, boshqa m etodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar bilan ya'ni kokrsatkichlar orasida nazariy asoslangan bogMiqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi. Nazariy validlik bitta nazariyaga tayangan holda, aynan bir xususiyatga tegishli har xil metodikalardan foydalanish natijasida olingan ko‘rsatkichlarni korrelyatsiyasi bilan tekshiriladi.
Empirik validlik - sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko’rsatkichlarning bir-biriga m osligi bilan tekshiriladi. Agar sinaluvchining xarakterini qoMlanilgan m etodika yordamida baholasak, ushbu odam ning hayotdagi xarakter ko’rinishining qo’llanilgan kutubxonasidan olingan ko‘rsatkichlar bilan bir xilligini aniqlasak, u holda m etodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak b o ‘ladi. Em pirik validlik mezonlari b o ‘yicha m etodika odam larning amaliy faoliyat natijalari ham da haqqoniy hayotiy huquqlarining ko‘rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi. Ichki validlik - m etodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy m aqsadga m osligini anglatadi. Metodikadagi subtestlar, topshiriqlar va undagi savollar qistnan butunlay biz o'rganayotgan xususiyatni o ‘lchay olm asa, u holda ushbu m etodika ichki validli em as yoki ichki validlik etarli darajada emas, deb hisoblanadi. Tashqi vaiidlik ham xuddt em pirik validlikka o ‘xshash, undan farqli tomoni shundaki. sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‘rinishlam ing ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi k o‘rsatkichlarning o ‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. M etodikani tuzish jarayonida darhol uning validligini baholash juda murakkabdir.
Odatda m etodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodika uzoq m uddat qo'llanilgandan so‘ng u haqida
xulosa chiqarish mumkin, chunki yuqorida k o ‘rsatib o ‘tilgan validlikning to ‘rt turi ham tekshirilishi zarurdir. Validlikning turlaridan tashqari uning m ezonlarini bilish ahamiyatga molikdir:
A) Xulqiy ko‘rsatkichlar — sinaluvchining har xil hayotiy voqeliklardagi reaktsiya va xatti-harakatlari;
B) Sinaluvchining faoliyatidagi yutuqlari: o kquv, ish, ijodiv va hokazolar;
V) H ar xil nazorat sinov va topshiriqlam ing bajarilganligi haqida ma'lumotlar;
G) Boshqa metodikalar yordam ida oiingan m a'lum otlar — validlik tekshirilayotgan m etodikaning boshqa m etodika bilan bog‘liqligining etarli darajadaiigi.